Asosiy mavzular
18 aprel 2017

Qirg‘izlarni vasvasaga solgan prezident qizining sahifasi g‘oyib bo‘ldi

Aliya Shagievaning Instagramdagi sahifasi ham yopilgan

18 aprel kuni Qirg‘iziston prezidenti Almaz Atambaevning 20 yashar kenja qizi Aliya Shagievaga tegishli «Feysbuk» va «Instagram» ijtimoiy tarmoqlaridagi akkauntlar yopib qo‘yildi.

Har ikkala ijtimoiy tarmoqda u muttasil gender tengligi, feminizm g‘oyalarini qo‘llashi va ayollarning ob'ektga aylantirilishiga qarshi fikrlarini aytib kelgan edi.

Garchi Shagievaning akkauntlari yopilishi ortidan hozircha biror izoh berilmagan, biroq u qo‘ygan ochiq-sochiq fotosuratlar konservativ yurtdoshlarining keskin tanqidiga duch kelgan edi.

«Ko‘krakni ochib yurish yarashmaydi»

Prezident Atamboev qizining ochiq ko‘kragi qirg‘izlarni vasvasaga solgan edi. 

«Ko‘krakni bunday ochib yurish yarashmaydi, har holda siz prezidentning qizisiz!» – mening farzandimni emizayotganim tasvirlangan suratga eng ko‘p bildirilgan munosabat ana shunday bo‘ldi, deb yozdi rassom Aliya Shagieva 11 aprel kuni o‘z FBsida yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini emizayotgani aks etgan fotosuratini e'lon qilar ekan.

«Men savdo markazida bo‘ladimi, mashina saloni yoki jamoat joyidagi o‘rindiqda bo‘ladimi, bolam ochiqqanida xohlaganim joyimda bemalol emchagimni tutishdan og‘rinmayman»deya qat'iy ta'kidlaydi Aliya Shagieva bu dashnomlarga javoban.

Qirg‘iziston prezidentining 20 yoshli qizi, rassomlik bo‘yicha taxsil olayotgan Aliya Shagieva doimo xotin-qizlar huquqini himoya qilib keladi va o‘zining feministik qarashlari bilan tanilgan.

Ko‘kragi ochiq holda tushgan fotosuratini chop etganidan so‘ng yog‘ilib kelgan tanqidlar munosabati bilan u o‘z fikrlarini yozdi:

“Ayolning emchagi qandaydir shahvoniy ob'ekt emas, balki tananing (bolani oziqlantirish uchun) juda muhim bo‘lgan qismidir. Ayolning ko‘kragi – bu, ko‘pchiligingiz o‘ylaganingizdek, orsizlik va beadablik predmeti emas. Uzoq zamonlardan beri kishilar uning haqiqiy vazifasini unutdi va erkaklar ko‘nglini ovlaydigan predmetga aylantirib qo‘ydi. Ayol ko‘kragi odob doirasidan tashqarida ekani va shahvoniylik bilan bog‘liqligi haqida bizni ko‘p davrlardan beri muntazam ishontirib kelishadi. Bu g‘oya kinematografiyada ham, adabiyotda ham ko‘zga tashlanadi, OAV, reklama sanoati shu g‘oya bilan to‘lgan.

Aliya Shagieva, Feysbukdagi sahifasidan

Jamiyat ayol ko‘kragini shahvoniylik va iftixor predmetiga aylantirmoqda, keyin esa ko‘krakning bolani emizish vazifasi ham borligidan ung‘aysizlik sezadiganlarni miyasi yo‘q tovuqlar, deb atamoqda. Jamiyat onalik qanchalik ajoyib ekanini ta'kidlasa-da, go‘dagini emizayotgan onani ko‘rganda «qarang, unda uyat qolmabdi», deb gapiradi. G‘alati-ya, shunday emasmi?»

«Jim bo‘l, ayol, sening kuning – 8 mart»

8 martda Aliya xotin-qizlar bayramiga o‘zining munosabati bildirilgan katta post e'lon qildi.

«Bu bayram xotin-qizlarga nisbatan hurmat g‘oyasini ommalashtirish, har yili ularning jamiyatdagi muammolari yechimini qidirish maqsadida o‘ylab topilgan.

Agar 70-yillargacha SSSRda 8 mart inqilob va kurash bilan hamohang ko‘rilgan bo‘lsa, keyinchilik bu bayram, shu kunlarda ham kuzatilayotganidek, gender stereotiplarni qo‘llab-quvvatlash ramziga aylandi. Masalaning mohiyati eng ko‘p tarqalgan va, afsuski, aksariyat erkaklar xush ko‘radigan «Jim bo‘l, ayol, sening kuning – 8 mart» kabi «hazil»dan yaqqol anglashiladi.

Boshqalarga o‘xshamaydi

So‘nggi bir necha oylar mobaynida Aliya Shagievaning omma uchun media personasiga aylanishiga, uning ijtimoiy tarmoqdagi faolligi, nostandart fikrlashi va eng muhimi prezidentning qizi ekani sabab qilib ko‘rsatiladi.

Aliya o‘z hayot tarzi va fitrati bilan boshqa “oltin yoshlar” masalan o‘tgan yili o‘lgan O‘zbekiston prezidentining qizlari Gulnora va Loladan yaxshi tarafi bilan farqlanadi.

Otasining soyasida diplomatik lavozimlarga yerlashgan bu qizaloqlar kattagini boylikni faqat prezident avlodi bo‘lgani uchun orsizlarcha qo‘lga kiritishdi. Aliya bo‘lsa tasviriy san'at¸ hususan grafika hunarini mashaqqat bilan o‘rganar ekan yuqori lavozimli otasidan masofada turishga intiladi.
O‘tgan yili Aliya lavozimdor ota ko‘lankasida bo‘lish uqubatlari haqida yozgan edi:

“Men butun umrim onamning familiyasi bilan atadim o‘zimni. Hozir pasportimga ham otamni familiyasini yozdirmadim. Odamlar otasini soyasida falon narsaga erishibdi, deya aytmasligi uchun shu ishni qildim. Tanishlarimdan so‘rab ko‘rishingiz mumkin. Prezident qizi bo‘lish menga qancha ruhiy larza berganligini. Maktabda savol javobini bilsam ham qo‘limni ko‘tarmas edim. O‘zini ko‘rsatmoqchi deya o‘ylamasliklari uchun», deydi shu kunlarda Qirg‘iziston tasviriy san'at akademiyasi rangtasvir bo‘limida taxsil olib namoyishkorona bola emizayotgan prezident qizi Aliya Shagieva.

Fotosuratlar: Aliya Shagievaning feysbukdagi sahifasidan

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
6 oktyabr 2022
«Eltuz portali»ga kelgan beshta shikoyat maktubi va talabalar e'tirozi yuzasidan rasmiy munosabatni o‘qib eshittiramiz dastlabki shikoyat Farg‘ona viloyatidan: «Majburiy ...
1 mart 2023
Havaskor boks korruptsiyaga botgan sport turlaridan biri sifatida ko‘riladi. Yaqin-yaqingacha AIBA prezidenti AQSh qora ro‘yxatida bo‘lgan mafiozi G‘ofur Rahimov ...
11 noyabr 2016
Ayni kunlarda O‘zbekistondagi barcha bosma nashrlarning butun diqqat-e'tibori 4 dekabrda bo‘lib o‘tadigan prezident sayloviga qaratilgan. Qaysi gazetani olib qaramang, ...
19 iyun 2020
Azizlarim, sizlar bilan hafta aylanib, yana bir bora yuzlashib turibman. Bu juda aziz uchrashuv. Bir paytlar Toshkentda metroda yurganimda, ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...