O‘zbekistonga rashidovchilik mafkurasi qaytmoqdimi?
O‘zA tomonidan davlat arbobi Sharof Rashidovning 100 yillik yubileyiga bag‘ishlab tayyorlangan maqolani mamlakatning bir qancha gazetalari bosdi.
Sh.Rashidov bilan ko‘p yillar ishlagan akademik Oqil Salimov va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Mamatqul Hazratqulovning suhbati tarzidagi bu maqola yuz foiz bugungi hukmron mafkura nuqtai nazarini ifodalaydi.
Suhbat davomida Sh.Rashidovning xalqimiz, respublikamiz oldidagi «beqiyos xizmatlari» sanab o‘tiladi, biroq mamlakatni qariyb chorak asr boshqargan shaxs sobiq ittifoq tarkibidagi respublika kommunistik partiyasining birinchi kotibi bo‘lgani haqida bir og‘iz ham eslatilmaydi.
Nomi keltirilmasa-da, unga nisbatan «nonko‘rlik, munofiqlik va xoinlik qilganlarni hayotning o‘zi jazolagani» ta'kidlanadi.
Unda Sh.Rashidov nomi «birinchi prezident Islom Karimovning jasorati bilan oqlangani» alohida e'tirof etiladi va 1992 yil noyabr oyida tavalludining 75 yilligi mamlakatimizda keng miqyosda nishonlangani yodga olinadi.
Gap shundaki, mana shu yubileydan keyin qariyb 25 yil davomida Sh.Rashidovning boshqa «krugliy data»lari nega tantana qilinmagani, uning nomi yana unutilgani sabablari ochiqlanmagan.
Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com