Asosiy mavzular
22 iyun 2017

Farg‘onalik o‘qituvchi: «Prezident kelib ketsa, ishimiz yengillashsa kerak»

Prezident Mirziyoev 22 iyun kuni Farg‘ona viloyatiga keldi. Byudjet tashkiloti xodimlari ham yengil tin olishdi.

“Shukur” – dedi Eltuz muxbiri bilan suhbatlashgan uchko‘priklik o‘qituvchi. Uning so‘zlariga ko‘ra, deyarli besh oydan buyon prezident keladi deb, ularni ko‘cha tozalashga chiqarishayotgandi.

«Bundan tashqari ipak qurti boqish, g‘o‘zalarni chopiq va yagana qilish ham bizning zimmamizda edi. Endi prezident kelib ketsa ancha ishimiz yengillasa kerak», deydi u.

Eltuz muxbiri, ayni tashvishlar yuzasidan bir qancha xalq ta'limi vakillarini suhbatga tortdi.

Ikki yil – ta'tilsiz

Aprel oyidagi chiqishlaridan birida Mirziyoev davlat amaldorlari uchun o‘ziga hos «favqulodda vaziyat» e'lon qilgan, ikki yil davomida ulardan sutkasiga 18 soatdan ishlab berishni talab qilgandi.

Uning gaplaridan keyin Farg‘onada ham byudjet tashkiloti xodimlarining ishi ancha ko‘payib qolganligini kuzatish mumkin.

«Odatda har yili 6 iyundan 18 iyungacha barcha o‘qituvchilar mehnat ta'tiliga chiqib bo‘lardi. Ammo bu yil o‘qituvchilarga ta'til yo‘q ekan. Bugun dalaga paxta chopig‘iga bordik», deydi eltuz muxbiri suhbatlashgan farg‘onalik o‘qituvchi.

Chopiqdan tashqari, paxta zararkunandalariga qarshi kurashish ham o‘qituvchilar zimmasida.

Shu kunlarda ular qishloq biolabaratoriyalarida yetishtirilgan, zararkunandalarga qarshi hashorotlarni paxta dalasiga tarqatish bilan ham ovora bo‘lishmoqda.

«Ertaga dalaga chiqib, paxtaga qurt qo‘yishga boradigan o‘qituvchilar ro‘yxatida ham borman», deydi yana bir o‘qituvchi ayol.

Ta'mir ham, harajat ham o‘qituvchilar hisobidan

Prezidentning kelishiga Uchko‘prik tumanidagi Kenagas qishlog‘ida joylashgan Haziniy shoirning hilxonasi atrofidagi besh-oltita hovlining tashqi devorlarini suvash, bo‘yash majburiyati ham o‘qituvchilar zimmasiga tushgan.

«O‘qituvchilardan pul yig‘ib, kraska oldik, usta topib o‘sha xonadonlarni ta'mirlab berdik. Endi Prezident kelib-ketgandan keyin dam olsak kerak. Ungacha paxtani chopig‘ini qilib, qurtini ham qo‘yib bo‘lamiz» deydi Uchko‘priklik o‘qituvchi.

Bu holat viloyatning barcha tumanlarida kuzatilmoqda. Masalan Buvayda tumanidagi Poshshopirim nomli ziyoratgoh ham prezident tashrifiga obodonlashtirilmoqda.

Mablag‘ esa tag‘in o‘qituvchilarning cho‘ntagidan chiqmoqda.

Nasima Davron qizi
Farg‘onalik muallif tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
11 aprel 2024
Transokean kemalari birdan yo‘q bo‘lib ketadigan Bermud uchburchagi bor bahri muhitda. O‘zbekistondagi aksar vazirliklar, xossatan, Madaniyat vazirligi ana shunday ...
5 avgust 2020
Marhum prezident Islom Karimovning kenja kizi Lola Karimova (Tillaeva) Amerikadagi uchta villasini sotuvga qo‘ydi Rassom Tuz
4 iyun 2018
O‘zbekistonning 90 foiz bozorini egallagan qo‘shma korxona shaklidagi “O‘zBAT” aktsiyadorlik jamiyati 2017 yil yakunlari bo‘yicha 1 trillion so‘mdan ortiq ...
1 aprel 2021
(Rassom Tuz audiohikoyasi matnining davomi) O‘quvchida Qo‘yliga xiyonat qilgan Ullibiyining keyingi hayoti nima bo‘ldi, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Bu ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...