Asosiy mavzular
11 iyul 2017

Vohid Amonov: Vaqtida operatsiya qilinganida xotinim tirik bo‘lar edi

3 iyul kuni Beshariq markaziy shifoxonasiga keltirilgan 25 yoshli ayol vafot etdi.

Bu haqda Eltuz nashriga murojat etgan ayolning eri Vohid Amonovga ko‘ra, fojea xotiniga birinchi tibbiy yordam kechiktirilgani, shifokorlarning loqaydligi tufayli yuz bergan.

U xotinini avval ginekologga, keyin soat uchlarda tug‘uruqxonaga keltirishganini aytadi.

«Dardim ichimda shuning uchun birinchi bor sizga murojaat qildim. Agar vaqtida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishganida xotinim tirik qolgan bo‘lardi», deydi u.

UZI tekshiruvidan so‘ng uni zudlik bilan operatsiyaga yotqizilishi kerakligini aytishgan. Biroq analizlari chiqmagach, operatsiya yana orqaga surilgan.

Marhumaning eriga ko‘ra, uning analizlarini chiqarmay, Oliy majlisdan tekshiruv keldi, deb laborotoriyani yopib ketib qolishgan.

«Dadam operatsiya xonasi eshigi oldida kelinining ovozini eshitib, haliyam operatsiya boshlamadinglarmi deb to‘polon ko‘tarib, u yoq bu yoqlarga qo‘ng‘iroq qila boshladi…» deya davom etadi Amonov.

Bu orada ayolning bachadon trubkasi yorilib ketgan, 18.30 yaqin operatsiya boshlangan.

«Alam qilarkanda. Hech bo‘lmasa birortasi til uchida bo‘sa ham ta'ziya bildirmadi. operatsiya tugashi bilanoq ikki yordamchisi kelib, biz charchadik operatsiyada kechasi bilan uxlamadik, rozi qilarsiz, hech bo‘masa qo‘l haqi bering deyishdi. Men hozircha pulim yo‘q ayolim tuzalib ketsa beraman desam, ular to‘ng‘illab ketishdi» deydi Vohid Amonov.

Uning xotini ikki soat ichida bir yarim litr qon yo‘qotib vafot etdi, besh va uch yashar ikkita qizi esa onasiz qoldi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
7 iyul 2016
«O‘zbekiston ovozi» gazetasi Xalq demokratik partiyasi yetakchisi, partiyaning parlament quyi palatasidagi fraktsiyasi rahbari Hotamjon Ketmonovning Bo‘z tumanidagi saylovchilar bilan ...
25 aprel 2020
So‘nggi yillarda O‘zbekiston matbuotda keng aks sado berayotgan, mamlakatga milliardlab dollar xorijiy investitsiyani jalb etayotgan islohotlar o‘tkazish yo‘liga kirdi. ...
2 avgust 2023
Salom qadrli muhlislar. Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Maktublar O‘zbekistonning Navoiy, Surxondaryo, Xorazm, Samarqand va Buxoro viloyatlaridan kelgan. Sizga o‘qib ...
15 yanvar 2021
Salom, azizlarim. O‘tgan galgidan ko‘ra davramiz yana kengayganini ko‘rib sevindim. Yaqindagina 200 ming edik. Mana, yana 4000 qo‘shilibdi. To‘yda ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...