Asosiy mavzular
22 sentyabr 2017

Talabalar, o‘qituvchi va mediklar terimdan qaytishmoqda, biroq yetarli «fidoyilar» topiladimi?

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Bosh vazir ishtirokidagi majlisda berilgan ko‘rsatmadan so‘ng, paxta terimida qolayotgan Oliy o‘quv yurti talabalari uylariga qaytarilmoqda.

«22-sentyabrga o‘tar kechasi pedinistitut studentlarining yarmi uylariga qaytishdi, Politexnika instituti talabalari kolonnasi ham shu kuni qaytib keldi», deya xabar berdi «Eltuz» ning Farg‘ona viloyatidagi muxbiri.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligida 21 sentyabr kuni kechki soat 23:00 da bu yuzadan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazgani haqida Kun.uz nashri xabar berdi.

Maqolaning audio versiyasi

Talabalar, shifokorlar va o‘qituvchilar terimdan qaytarilsin!

Ma'lum bo‘lishicha, shoshilinch videoselektor davomida bu yilgi paxta terimi masalasi muhokama qilingan. Yig‘ilishda terimda bo‘lgan talabalar, o‘qituvchi va tibbiyot xodimlarini dars jarayoni hamda ish faoliyatiga qaytarish masalasi ko‘rib chiqilgan.

Bosh vazir Aripov tomonidan 22 sentyabr kuni soat 17:00 ga qadar paxtaga jalb qilingan talabalar, o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarini ortga qaytarish bo‘yicha topshiriq berilgan.

Jumladan, hukumat raxbari o‘tkazgan selektor yig‘ilishida, endilikda, fermer xo‘jaliklarida yetishtirilgan hosilni yig‘ib-terib olish uchun aniq belgilangan chora-dasturlar va kontseptsiya asosida aholi va «Fidoyi yoshlar otryadlari» jalb qilinishi aytiladi.

Biroq, yoshlar kam pul to‘lanadigan ishga faqat tashabbuskorlik va vatanga muhabbat tuyg‘usi bilangina ko‘nishga tayyormi, degan savol javobsiz.

Shuningdek, Farg‘ona shahrida ko‘rpa to‘shak ko‘targan talabalar bilan suhbatlashgan «Eltuz» muxbiri, o‘qituvchi va tibbiyot xodimlarining qaytarilayotgani haqida hozircha xabar yo‘qligini aytadi.

Monitoring o‘tkazayotgan huquq himoyachilari ushlangan

Majburiy terimchilarning daladan qaytarilishiga, bir tomondan vaziyatni o‘rganish uchun paxta dalalarida bo‘lgan va aslida nimalar yuz berayotgani haqida xabar qilgan huquq himoyachilarining ko‘p yillik mehnatisiz erishilmagan bo‘lardi.

Farg‘ona vodiysida majburiy mehnat yuzasidan monitoring o‘tkazayogan huquq himoyachilari Yelena Urlaeva va Maloxat Eshonqulovalar 21 sentyabr kuni dalada paxta terayotgan ko‘plab o‘qituvchi va shifokorlarni uchratishganini «Eltuz» nashriga bildirishdi.

Ma'lum bo‘lishicha, ular 22 sentyabrga o‘tar tunda Farg‘ona viloyatida o‘tgan selektor majlisida ishtirok etayotgan payti militsiya tomonidan olib ketilgan, to‘rt soat davomida ushlanib ertalabga yaqin qo‘yib yuborilgan.

«Eltuz» nashri tahririyati bugun ertalab ular bilan bog‘lanishga muvaffaq bo‘ldi.

Jumladan, huquq himoyachisi Yelena Urlaeva «Eltuz» muxbiriga militsiya xodimlari ularga turlicha munosabatda bo‘lganini aytdi.

«Dam qo‘pol, dam yumshoq ohangga o‘tishdi. Keyin esa ularning gapini diktofonda yozib olayotganimni sezib, qattiq darg‘azab bo‘lishdi va barcha telefon va uskunalarimni tortib olib, yozuvlarni o‘chirishdi», dedi Yelena Urlaeva «Eltuz» muxbiriga.

«Paxta qulligi» birgina taqiq bilan yo‘q bo‘ladimi?

O‘zbek tahlilchisi, Londonda yashayotgan Alisher Ilhomov, «paxta qulligi»ni birgina taqiq bilan o‘zgartirish mumkinligina shubha bildiradi.

«Axir butun paxta terimi davrida yollanma ishchi kuchini jalb etishga ehtiyoj bo‘ladiku, chunki paxta terish mashinalari deyarli yo‘q. Yoki o‘zlari zo‘rg‘a amal-taqal qilayotgan fermerlarning mashinaga qurbi yetmaydi.

Majbur qilmasdan, ishchi kuchini jalb etishi uchun, fermer terimchilarga munosib haq to‘lash imkoniga ega bo‘lishi kerak. Davlat buyurtmasi va paxta xomashyosi narxi yuqoridan majburiy tartibda tushirilar ekan u qaerdan olib to‘laydi buni? Demak davlat buyurtmasi bekor qilinishi kerak.

Hulosa: majburiy davlat buyurtmasini bekor qilish bilan birga, (urug‘, o‘g‘it, tex.xizmati, kreditlar) yetkazib berish va harid qilish (paxta zavodlari) sohalari ham monopoliyadan chiqarilishi kerak. Hozircha bu yo‘nalishda qadam va qarorlar ko‘rinmayapti» deya yozadi u o‘zining Feysbukdagi sahifasida.

Foto: Paxtadan qaytayotgan Farg‘ona politexnika instituti talabasi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
7 fevral 2018
Mustaqillikning ilk yillarida O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov sho‘rolar davrida respublikani uzoq yillar boshqargan Sharof Rashidovning nomini go‘yoki oqlashga qaratilgan ...
13 may 2016
Andijon voqealaridan 11 yil o‘tib, Amerika Qo‘shma shtatlari, Yevropa Ittifoqi va boshqa xalqaro tashkilotlar O‘zbekiston hukumatini javobgarlikka tortish talablarini ...
21 oktyabr 2015
O‘zbekistonda aholi ikki toifaga bo‘linadi. (Hukumat nazarida) Birinchisi: Ayblanuvchilar. (Bularga qo‘lga olingandan boshlab to mahbus bo‘lib, qamoqda o‘tiruvchilar kiradi.) ...
12 oktyabr 2020
Moskvada yangi tug‘ilgan chaqaloqni metroning kirish joyida qoldirgani uchun o‘zbekistonlik fuqaro sud qilinmoqda. U 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...