Andijonda paxta uchun o‘qituvchi va talabalardan pul yig‘ilmoqda
25 sentyabr kuni «Eltuz» muxbirining Andijondan xabar berishiga ko‘ra, o‘qituvchilarning terimdan qaytarilishi ortidan paxta uchun pul yig‘ib olinmoqda.
Andijon sanoat kolleji talabasining «Eltuz» muxbiriga ko‘ra, maktab va kollej o‘qituvchilaridan tashqari, talabalardan ham yettik kunga 10 000 so‘mdan pul yig‘ib olingan. Paxtaga pul yig‘ish, raxbarlarning og‘zaki talabiga ko‘ra amalga oshirilmoqda.
«Yetmasa, yana yig‘ib olishar ekan» deydi kollej talabasi «Eltuz»ga.
Shunindek, Andijon shahridagi 29 maktab o‘qituvchilaridan ham paxtaga deb pul yig‘ib olingan. Ayni paytda viloyatda paxta terimiga tashviqot kuchaytirilgan, dam olish kunlari o‘qituvchilar yoppasiga kunlik terimga chiqishi ham aytilgan.
Bundan oldin, 22 sentyabr kuni Andijon viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov majlis o‘tkazib, maktab va kollej o‘qituvchilari, o‘quvchi va talabalari hamda tibbiyot xodimlarining dala mehnatiga jalb etilishi jinoyat ekanini bildirgan edi.
Eltuz.com