Asosiy mavzular
10 oktyabr 2017

Terim bois Andijonda «Damas»lar kira haqi oshdi, bozorlar yopiq

10 oktyabr kuni Andijonda paxta kampaniyasi bois, shahar qatnovidagi «Damas»larning kira haqi 2000 so‘mga chiqdi, deya xabar beradi «Eltuz» muxbiri.

Andijon. IIB va DAN xodimlari majburiy terimchilarni jo‘natish uchun, majburiy haydovchi izlamoqda. «Eltuz» fotosi

Unga ko‘ra, DAN xodimlari hususiy qatnovdagi «Damas» mashinalarini to‘xtatib, ularning hujjatlarini olib qo‘yib, ularni paxtaga odam tashishga majbur qilmoqda.

Paxta terimiga o‘qituvchi va mediklardan tashqari bozorlardagi tadbirkorlar ham jalb qilingan. Andijon «Jahon bozori» oziq-ovqat rastalari ham paxta terimi bois berkilgan.

Ayni paytda «Yangi bozor» tadbirkorlari shahar markazidan 12 kilometr uzoqda joylashgan Izboskan tumani, Poytug‘ shaharchasi hududida paxta terishmoqda.

 

Andijon «Jahon bozori»dagi oziq-ovqat do‘konlari yopilgan. «Eltuz» fotosi

Shu kungacha tabdirkorlardan bozor ma'murlari yordamida faqat yollanma terimchilar uchun pul undirilib kelinayotgan edi, o‘tgan payshanbadan boshlab endi ular ham terimga olib chiqilmoqda.

Qatnovdagi «Damas» mashinalarining sezilarli kamaygani, yo‘lkiraning qimmatlagani bois, yo‘lovchilarning g‘azabi ortmoqda.

«Lafzi bormi hokimning! Paxta terimiga majbur qilish jinoyat, degan gapi qaerda qoldi?» deydi bozordan harajat qila olmagani ustiga, uyiga qaytishga mashina topa olmayotgan andijonlik «Eltuz» muxbiriga.

22 sentyabr kuni Andijon viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov majlis o‘tkazib, maktab va kollej o‘qituvchilari, o‘quvchi va talabalari hamda tibbiyot xodimlarining dala mehnatiga jalb etilishi jinoyat ekanini bildirgan edi.

«Eltuz»ning Andijondagi muxbiri ayni paxta terimi bilan bog‘liq voqealarni o‘rganishda davom etmoqda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 dekabr 2023
Shunday qilib X Factor ning eng kuchli uchligi ma'lum bo‘ldi. 17 dekabr kuni finalistlar Hayriniso Akbarova, Javlon Safaev va Shoxruhxon Halimxonovlar g‘oliblik ...
20 sentyabr 2017
Sirdaryo viloyatidagi yagona Oliy o‘quv yurti Guliston Davlat Universiteti talaba va o‘qituvchilari 15 sentyabr kuni paxta terimiga jo‘nab ketishdi. ...
28 dekabr 2019
«Internetda muxolifat masalasi muhokama qilinyapti. U qanday foyda keltirgan?» — dedi Shavkat Mirziyoev Al-Xorazmiy nomidagi maktabda 27 dekabr kuni ...
9 aprel 2021
Bundan 9 kun oldin muttasil kaltaklash ortidan molxonada osilgan holda topilgan homilador kelin Muxlisa Qadamboeva mavzusi 9 aprel kuni ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...