Kundalik
19 yanvar 2016

«Jodugar»da o‘ynagan artist «O‘zbekkino» rahbari bo‘ldi

«Devona farishta», «Qo‘rg‘oshin» va «Jodugar» filmlarida o‘ynab tanilgan artist Otabek Musaev «O‘zbekkino» Milliy agentligi raisi etib tayinlandi.

Bu haqda «O‘zbekkino» Milliy agentligining axborot xizmati xabar berdi. Musaev bundan oldin O‘zbekiston Prezidenti Devonida mulozim edi. Otabek Musaev agentlikning bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi sifatida ishlab kelayotgan Ahmadjon Umarov o‘rniga keldi.

«O‘zbekkino»dagi Eltuz.com manbasiga ko‘ra, Musaev «tekshir-tekshirdan charchagan va o‘zaro adovat hukm surgan idoraga navbatdagi torpeda rahbar sifatida yuqoridan jo‘natilgan» 2014 yili «O‘zbekfilm» ochiq aktsionerlik jamiyati direktori Fayzirahmon Usmonov jiddiy taftish natijasida aniqlangan bir milliard so‘m kamomadda ayblanib ishdan olingan edi.

Bu voqeadan bir necha kun o‘tgach “O‘zbekkino” Milliy agentligi Bosh muharriri Murod Muhammad Do‘st ham lavozimidan bo‘shatilgan edi.

O‘zbekiston kino industriyasining barcha tarmoqlarida boshlangan taftish paytida «O‘zbekfilm» ochiq hissadorlik jamiyati mahsulotlarini sotish bo‘limi boshlig‘i 51 yashar To‘lagan Nazarovning jasadi «O‘zbekfilm» binosida osilgan holda topilgan edi.

Darvoqe o‘zini osgan To‘lagan Nazarov xozir «O‘zbekkino»ga rahbar qilib tushirilgan Otabek Musaev rol o‘ynagan “Qo‘rg‘oshin” filmiga prodyusserlik qilgan edi.

Prodyusser o‘limi ortidan 2015 yilning dekabrida Jahongir Qosimov agentlik rahbarligidan ketkazilgan edi. Bu idorada uzoq ishlab iste'foga chiqqan va ismi aytilmasligini ma'qul ko‘rgan yozuvchiga ko‘ra, «O‘zbekkino baxillarning ko‘karmaydigan bog‘iga aylangan».

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
22 noyabr 2017
Andijon shahri hokimi Dilmurod Rahmatullaev maktab direktorlari va o‘qituvchilarini «hayvon», «shoqol», «eshshak», «gadoy», «padaringga la'nat» deya haqoratladi. 16 oktyabrdagi ...
3 aprel 2025
Berlinda sobiq senator korruptsiya uchun shartli jazoga hukm qilindi Berlin, 2025 yil – Germaniya poytaxtidagi sud Berlindagi sog‘liqni saqlash ...
5 fevral 2019
Bir vaqtlar qadimiy Rim saltanatining targ‘ibot-tashviqotchilari sifatida voizlar va faylasuflar imperiyaning ravnaq topishida katta hissa qo‘shgan. Aristotel va Suqrotning, ...
Bloglar
18 iyun 2025
«O‘zbekcha fikrlash»ni musorga otvormasak dunyoga razil bo‘lishda davom etamiz.Nima o‘zi «O‘zbekcha fikrlash»?Masalan O‘zbekiston qonunida «jins ...
16 iyun 2025
Teatr zamon yuziga ko‘zgu tutishi kerak. Lekin o‘zbek teatri buni eplay olmayapti. Drama yozadigan birorta ...
9 iyun 2025
Qadimgi turk bitiklari qisqa va chuqur ma'noli bo‘lgan. «Tashingdan barcha kishi kabi ko‘rin. Iching go‘zal ...