Toshkentda Kinochilar uyidagi san'at asarlari vayron qilinishini suratga olgan jurnalist hibsga olindi
12 dekabr kuni taniqli mustaqil jurnalist, 45 yoshli Sid Yanishev Toshkent shahridagi 61-militsiya tayanch punkti xodimlari tomonidan hibsga olindi. Uni militsiya xodimlari Kinochilar uyidagi san'at asarlari vayron qilinishini suratga olayotgan payti ushlashgan.
Toshkent vaqti bilan soat 15:50 da «Eltuz» nashri muxbiri Sid Yanishev bilan bir lahza bog‘lanishga muvaffaq bo‘ldi:
«UVDga olib ketishyapti! Tamom, gapirish mumkin emas!», deyishga ulgurdi u «Eltuz» muxbiri qo‘ng‘irog‘iga javoban.
Sid Yanishevning feysbuk orqali keyinchalik xabar qilishicha, uni 6 soatgacha ushlab, kechqurun qo‘yib yuborishgan.
Sid Yanishev ilgari rus tilidagi «Biznes-Vestnik Vostoka», «Zerkalo XXI» ro‘znomalari muxbiri bo‘lgan. «Gazeta.ru», «Ferghana.ru», IWPR nashrlari bilan hamkorlik qilgan. U Markaziy Osiyo PYeN-klubi a'zosi hamdir.
Eltuz.com