chorshanba,
18 dekabr 2024
10 yanvar 2018
Mega palov ortidan mega sho‘rva…
14 yanvar kuni denovliklar o‘tgan yili Ginnesga kirgan mega palov rekordini yangilashmoqchi. Rassom Tuz esa rekord kontseptini yanada ulkanroq ko‘lamda davom ettirdi.
Uning qahramonlari Ginnesga kirish uchun ko‘lni kipyatilnik bilan qaynatib, baliq sho‘rva pishirishni niyat qilishmoqda.
Ijtimoiy tarmoqda o‘zbek oshxo‘rlarining navbatdagi rekordi kinoya qilinmoqda. Masalan, rishtonlik pechka sotuvchi bloger Dima Qayum «dunyodagi eng katta tappi» aks etgan fotoni e'lon qildi.
2017 yilning sentyabrida Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan o‘zbek palovi 7360 kilo bo‘lgan edi.
Rassom Tuz
Eltuz.com