Asosiy mavzular
28 yanvar 2018

Taniqli o‘zbek qo‘shiqchisi masjidga imom bo‘ldi

Mashhur xonanda 49 yashar Doniyor Toshmuhammedov 26 yanvardan Toshkentning Uchtepa tumanidagi «Istiroxat» ko‘chasida joylashgan, Abdulhamid Hoji masjidida imomlik qila boshladi.

O‘zbekiston Vazirlar mahkamasi huzuridagi Din ishlari qo‘mitasi mulozimining «Eltuz»ga bildirishicha, Doniyor Toshmuhammedov masjid shtat ro‘yhatida muazzin sifatida qayd qilingan.

Ayni paytda mulozim Toshmuhammedovning jamoat namozlarida imomlikka o‘tib turishini tasdiqladi.

Doniyor Toshmuhammedov, 90-yillarda «Seni sevdim», «Jonon bo‘laman deb…» «Feruzabonu», «Nozanin» kushiklari bilan tanilgan edi.

Xonandaning muxlislariga ko‘ra u 2002 yili qo‘shiq aytishdan voz kechib, qur'on tilovat qilib qorilik qila boshlagan.

Shuningdek, «Eltuz» bilan suhbatlashgan sobiq maxbusning bildirishicha, Toshmuhammedov 90-yillarning oxirlarida u qora ro‘yhatga tushgan va bir muddat qamoqda bo‘lgan.

Uchtepa masjidi namozxonlaridan biri “Eltuz”ga, bir vaqtlar dunyoviy qo‘shiqlar kuylagan xonandaning imom bo‘lishini olqishlashini bildirdi:

“Qo‘shiq ayta oladigan odam agar haqiqiy ovoz egasi bo‘lsa, Qur'onni ham chiroyli o‘qiydi. Uning imom bo‘lgani yaxshi” dedi u.

«Tinchlik» masjidi imomi Shermurod Tog‘ay ham «Eltuz» nashriga bu yuzadan bergan sharhida xonandaning qarorini olqishladi

«Nafs ustidan g‘olib kelish osonmas, atrofingda turli jononlar, maishatbozlik, ko‘tar-ko‘tar, shuhrat… bundan kechgan Doniyor ukamizga ming rahmat!» dedi u.

Ayni paytda, dindorlar orasida, xonandaning diniy ilmiga shubha bildiruvchilar ham bor.

“Masjidga imomlik qilish uchun xushovoz bo‘lishning o‘zi kamlik qiladi, bugungi kunda qur'onni hifz qilib murattab qori bo‘layotganlar, ilmsiz imomlar ko‘p”, dedi “Eltuz”ning yana bir suhbatdoshi.

O‘tgan jumadan boshlab Toshmuhammedov imomlik qila boshlagan Uchtepa masjidi 1998 yili “Istirohat” mahallasi faollari, jumladan Abdulhamid hoji tashabbusi bilan barpo etilgan edi.

Doniyor Toshmuhammedovgacha Uchtepa masjidiga Azimov Jamoliddin imomlik qilgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
20 aprel 2018
Kollej o‘quvchisini urgan urganchlik o‘qituvchi Zebo Nafasova 14 aprel kuni ishdan bo‘shatildi. Uning ishdan ketishiga oyoq kiyimi bilan o‘quvchini ...
2 noyabr 2023
Mazkur sana jurnalistlarga qarshi jinoyatlar uchun jazosizlikni to‘xtatish muhimligiga jamoatchilik e'tiborini qaratish imkoniyatini beradi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti jazosizlikning og‘ir ...
5 may 2017
Shavkat Mirziyoev Qozog‘istonga 29 aprel tashrifi chog‘ida Qozog‘iston prezidenti Nazarboev bilan birga Caspian Food vinochilik xo‘jaligida bo‘ldi. Xususan uning ...
13 oktyabr 2016
Operatsiya stolida qolayotgan sho‘rlik bemorning paxta tugashini kutishdan boshqa chorasi yo‘q. Chunki tibbiyot xodimlari uchun inson sog‘lig‘idan ko‘ra, paxta ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...