chorshanba,
13 noyabr 2024
13 fevral 2018
Bojxona qo‘mitasiga yangi boshliq tayinlandi
Prezident Mirziyoev 13 fevral kuni Davlat bojxona qo‘mitasi raisi general Muidjon Tohiriyni ishdan olib, o‘rniga Murodjon Azimovni tayinladi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti farmoniga asosan, Davlat bojxona qo‘mitasi rahbari qilib tayinlangan Murodjon Azimov Bosh prokuror o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Murodjon Azimov 1976 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, 1998 yil Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
Faoliyatini 1998 yili Qarshi shahri prokuraturasi ish o‘rganuvchisi vazifasidan boshlagan.
Koson tumani va Qarshi shahri prokuraturalarida tergovchi, viloyat prokurori yordamchisi, bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
Eltuz.com