chorshanba,
18 dekabr 2024
13 sentyabr 2018
Qodirov va Mirzaev ishining bir qismi sudga oshirilgan
«Bi Bi Si»ning O‘zbekiston Oliy sudi matbuot xizmatidan iqtibos keltirib yozishicha, sobiq bosh prokuror Rashid Qodirov ustidan sud boshlangani haqidagi xabar noto‘g‘ri.
12 centyabr kuni «Eltuz» nashri o‘z manbasi so‘zlariga tayanib, Toshkent shahrining jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tumani sudida sobiq bosh prokuror 66 yashar Rashid Qodirov va uning sherigi, Toshkent shahri prokurori o‘rinbosari bo‘lgan 68 yashar Mirag‘lam Mirzaev ishi ustidan sud jarayoni boshlangani haqida xabar bergan edi.
«Qodirov va Mirzaev ishi umumiy ish yuritishdan ajratilib, jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tumani sudiga o‘tkazilgan. Qolganlarning tergovi davom etmoqda», deya izoh berdi vaziyatga «Eltuz»ning Yunusobod tumani sudidagi manbasi.
Eltuz.com