Asosiy mavzular
21 may 2019

Samarqandlik bog‘bon uylari nohaq buzilganidan arz qilmoqda

Samarqand viloyatining Tayloq tumanida yashovchi 60 yashar bog‘bon Norqul Hotamov turar joy va issiqxonalardan iborat ko‘chmas mulklarini tumanning sobiq hokimi nohaq buzib tashlatganidan shikoyat qilmoqda.

«Endi qurib bitkazib, yashamoqchi edik. Hokim yerni boshqa kishiga olib bermoqchi bo‘lgan. Avvaliga avtostoyanka quramiz deb bahona qilishgan edi. Endi esa u yerda kotlovan qazib tashlashgan», deydi Hotamov.

Uning «Eltuz»ga bergan suhbatidan ma'lum bo‘lishicha, bu mulklar Samarqand viloyatining o‘sha paytdagi sobiq hokimi Zoir Mirzaev davrida, Tayloq tumani sobiq hokimi Po‘lat Ahmedov buyrug‘i bilan 2014 yili buzib tashlangan.

«Mulklarimni uch marta kadastrdan o‘tkazgan edim. «O‘g‘lingni vahobiy deb qamatib yuboramiz», deb qo‘rqitishdi. Bir kunda ertalab soat 11.00 da uchastkani hokimlik tasarrufiga o‘tkazish haqida sud qarorini chiqarishdi. Hali bu qaror kuchga kirmay turib, ertasigayoq buzib tashlashdi. U yerda gulzorim, issiqxonalarim bor edi, farzandlarim, uchta oila shundan kun ko‘rayotgan edik», deydi Hotamov «Eltuz» muxbiriga bergan intervyusida.

U egalik huquqining nohaq buzilgani yuzasidan Prezident devoniga ham arz qilgan, biroq u yerda avval quyi sud mahkamasiga shikoyat qilishi lozimligini uqtirilgan.

«Sudga borsam, buning uchun boj ham to‘lashim kerakligini aytishdi. Ham uyimni buzisharkan, ham buning uchun pul ham to‘larkanman… Ha, endi foydasi yo‘q-da! Ular podsho-da endi, endi jallod ular, bilmayman endi nima qilishni», deya hasrat qiladi tayloqlik Norqul Hotamov.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
5 may 2017
Shavkat Mirziyoev Qozog‘istonga 29 aprel tashrifi chog‘ida Qozog‘iston prezidenti Nazarboev bilan birga Caspian Food vinochilik xo‘jaligida bo‘ldi. Xususan uning ...
6 may 2016
Umida Ahmedova o‘zining bir qator dolzarb fotosuratlari va o‘zbek ayollarining bugungi muammolarini aks ettirgan «Bokiralik yuki» filmi muallifi sifatida ...
15 sentyabr 2017
So‘zsiz surat. Rassom Tuz Eltuz.com
18 oktyabr 2021
(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 36-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan. Davomi bor.) L.A.N Meni yengolmadi ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...