Asosiy mavzular
21 may 2019

Samarqandlik bog‘bon uylari nohaq buzilganidan arz qilmoqda

Samarqand viloyatining Tayloq tumanida yashovchi 60 yashar bog‘bon Norqul Hotamov turar joy va issiqxonalardan iborat ko‘chmas mulklarini tumanning sobiq hokimi nohaq buzib tashlatganidan shikoyat qilmoqda.

«Endi qurib bitkazib, yashamoqchi edik. Hokim yerni boshqa kishiga olib bermoqchi bo‘lgan. Avvaliga avtostoyanka quramiz deb bahona qilishgan edi. Endi esa u yerda kotlovan qazib tashlashgan», deydi Hotamov.

Uning «Eltuz»ga bergan suhbatidan ma'lum bo‘lishicha, bu mulklar Samarqand viloyatining o‘sha paytdagi sobiq hokimi Zoir Mirzaev davrida, Tayloq tumani sobiq hokimi Po‘lat Ahmedov buyrug‘i bilan 2014 yili buzib tashlangan.

«Mulklarimni uch marta kadastrdan o‘tkazgan edim. «O‘g‘lingni vahobiy deb qamatib yuboramiz», deb qo‘rqitishdi. Bir kunda ertalab soat 11.00 da uchastkani hokimlik tasarrufiga o‘tkazish haqida sud qarorini chiqarishdi. Hali bu qaror kuchga kirmay turib, ertasigayoq buzib tashlashdi. U yerda gulzorim, issiqxonalarim bor edi, farzandlarim, uchta oila shundan kun ko‘rayotgan edik», deydi Hotamov «Eltuz» muxbiriga bergan intervyusida.

U egalik huquqining nohaq buzilgani yuzasidan Prezident devoniga ham arz qilgan, biroq u yerda avval quyi sud mahkamasiga shikoyat qilishi lozimligini uqtirilgan.

«Sudga borsam, buning uchun boj ham to‘lashim kerakligini aytishdi. Ham uyimni buzisharkan, ham buning uchun pul ham to‘larkanman… Ha, endi foydasi yo‘q-da! Ular podsho-da endi, endi jallod ular, bilmayman endi nima qilishni», deya hasrat qiladi tayloqlik Norqul Hotamov.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
13 yanvar 2021
«Eltuz» O‘zbekistondagi kasalxonalarning cochiq, lungi va arra muammolarini bir minutlik «III Renessans kasalxonasida» filmida namoyish etadi. eltuz.com
18 sentyabr 2023
Qozog‘iston asta-sekin, lekin muttasil Rossiyadan uzoqlashmoqda. U yerda ruslarga qarshi kayfiyat har soatda aniqroq va yaqqolroq kuchaymoqda, deya yozdi ...
12 iyul 2017
Ijtimoiy tarmoqda Shavkat Mirziyoevning «Yoshlar» telekanalini tanqid qilib «Yoshlarning hidi ham yo‘q u yerda!» degan gaplaridan keyingi yoshlarning chiqishlari ...
26 aprel 2023
Salom qadrli muhlislar. Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Maktublar O‘zbekistonning Toshkent, Andijon, Qashqadaryo viloyatlaridan kelgan. ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...