Asosiy mavzular
4 avgust 2019

Aholi uylarini buzgan Urganch hokimi qamaladimi?

Prezident Mirziyoev 2 avgust kuni o‘tkazgan yig‘ilishda uylarni buzish ishlari bilan norozilik keltirib chiqargan hokimlarni uning siyosatiga xiyonat qilishda keskin aybladi.

«Mening siyosatimga eng katta dushmanlik qilganlardan biri – Xorazm viloyati hokimi janob Ermanov», dedi prezident.

Shavkat Mirziyoevning so‘zlariga ko‘ra, u Urganch shahri hokimi Shuhrat Abdullaevni jinoiy javobgarlikka tortmoqchi bo‘lganida aynan Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermonov o‘rtaga tushgan.

«San juda «advokat bo‘lib» hokimni, shahar hokimini jinoiy javobgarlikka tortamiz, desam, bosh vazirimizdan iltimos qilib olib qolding. Mana, sening menga qilgan «do‘stliging!» deya ta'na qildi Mirziyoev Xorazm viloyati hokimiga.

Prezident Mirziyoev majlisda bosh vazir Abdulla Aripovga qaysi hokimga qanday chora ko‘rilishi haqida taklif tayyorlashni topshirdi.

Shuningdek, Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermonov, Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziev, Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘anievni Internetda chiqish qilib, aybni bo‘yinlariga olib, eldan kechirim so‘rashlarini talab qildi.

«Internetga chiqib, butun elga aytsin: Mening ahmoqligim uchun O‘zbekistonni unday deb o‘ylamanglar, men ahmoqman, men xiyonat qilganman, deb. Millat emas, mamlakat emas, davlat emas, deb. Kerak bo‘lsa, o‘sha blogerlarni yig‘sin hammasini, blogerlarga o‘zlari hisobot berishsin», – deya buyurdi mulozimlariga prezident Mirziyoev.

«Eltuz» nashri shu yil 27 iyulga o‘tar kechasi Urganch shahrining Ashxobod mahallasidagi uylari buzilgan va tovon puli berilmaganidan g‘azabga to‘lgan xalq g‘alayon ko‘targani haqida xabar bergan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
17 sentyabr 2020
O‘zbekistonda 2021 yildan bojxona xodimlarining farzandlari tavsiyanoma bilan oliy o‘quv yurtlarida grant asosida o‘qishga tanlovsiz qabul qilinishi mumkin. Vazirlar ...
10 oktyabr 2018
«Cuhbatimiz g‘ayritabiiy tus olayotganga o‘xshab ketyapti mening nazarimda, ya'ni melisa xodimi va mahkum o‘rtasi­dagi savol‑javob jurnalist bilan siyosiy sharhlovchi ...
2 aprel 2016
Faqat e'tibor berib, Xalq ta'limi vazirligining 2016-2017 o‘quv yilida 1-sinfga qabul qilinadigan o‘quvchilar va kasalligi tufayli yakka tartibda uyda ...
13 aprel 2024
Oxirgi paytlar O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti talabalarining arzlari kanalingizda tez-tez ko‘zga chalinyapti. Hal bo‘lyaptimi-yo‘qmi, bizga qorong‘u. Ammo bugun ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...