Asosiy mavzular
13 aprel 2024

Jahon tillari rektori hammani yoppasiga forma tiktirishga majburlamoqda

Oxirgi paytlar O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti talabalarining arzlari kanalingizda tez-tez ko‘zga chalinyapti. Hal bo‘lyaptimi-yo‘qmi, bizga qorong‘u.

Ammo bugun nafaqat talabalar, balki o‘qituvchilar nomidan ham murojaatimiz bor. Bu universitetda faqat talabalar emas, balki o‘qituvchi va hatto katta yoshdagi professorlar ham aziyat chekishmoqda.

Aslida istalgan dargohga yangi rahbar kelsa, o‘zining yangi qonun-qoidalari bilan qaytadan Amerika ochmoqchi bo‘lishi hech kimga sir emas.

Bizga ham yangi rektor Ilhomjon Tuxtasinov keldiyu, halovatimiz yo‘qoldi. Agarda o‘qituvchi yoki talabaning bilimi tekshiruvdan o‘tkazilsa, hech qanday e'tirozimiz yo‘q.

Ammo oliygohda ta'lim sifatiga e'tibor berishdan boshqa hamma narsa markazda turadi. Keraksiz yig‘ilishlar, tadbirlar o‘z yo‘liga, endi forma masalasi chiqdi.

Tag‘in o‘qing
16 fevral 2021
Qiziq, men o‘zimni «Sen kimsan?» deb taftish qilar ekanman, boshqalar ham bu savolni menga bera boshladilar: «Sen kimsan?» Tabiiy, ...
3 aprel 2016
Birinchisi, bugungi kunda Toshkentda kelin topib berishga ixtisoslashgan maklerlar paydo bo‘lgan. Ularning xizmati o‘n ming so‘mdan ming dollargacha baholanadi. ...
31 oktyabr 2016
Bu yil ham O‘zbekistonda paxta terimiga voyaga yetmagan bolalar jalb etilgani qayd etildi. Biroq har safargidek o‘zbek hukumati amaldorlari ...
9 sentyabr 2016
Mustaqil matbuotda va ijtimoiy tarmoqda Karimovning nojoiz joyga dafn etilgani, zudlik bilan maqbara qurish uchun 120 tacha mozor buzilgani ...
Bloglar
28 may 2024
Men millatchi emasman! Lekin qaytadan ta'mirlatilgan va Toshkent shahrining sobiq hokimi J. Ortiqxo‘jaev tomonidan Pasxaga ...
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...