Kundalik
17 dekabr 2019

Toshkentlik blogerni feysbukda izoh qoldirgani uchun o‘g‘irlashdi va urishdi

10 dekabr kuni toshkentlik 35 yoshli Amir Sharifullin ikki noma'lum shaxs tomonidan mashinada o‘g‘irlab ketilgan va qandaydir qo‘riqlanadigan joyga olib borilgan. Bu yerda uni  feycbukda qoldirgan matnlari va sharhlari uchun kamera oldida «uzr» so‘rashga majburlashgan, keyin allaqaysi buyurtmachi amri bilan kaltaklashgan. Ular buyurtmachining kimligini ochiqlashmagan, ayni kaltaklash sahnasini ham tasvirga olishgan.

«Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaevning bo‘ysunmaydigan jurnalistlar va blogerlarni «shessekund» ichida taksiga o‘tirg‘izishi, uni gey bilan quchoqlashgan holda suratga olib tahqirlashi yoki hatto cho‘kib ketishi mumkinligi haqidagi tahdidlarini hamma eslaydi, – deydi Amir. – Bularning hammasi shunchaki gaplar emas edi, chunki meni o‘zlarini esgebeshniklar  (Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari – tahr) deb tanishtirgan odamlar olib ketishdi. Keyin esa taxminan Ortiqxo‘jaev va'da qilgan voqea sodir bo‘ldi».

9 dekabr kuni Bishkekdan keldim va 10-kuni ertalab ishga bordim. Taxminan 9-9:30 da pod'ezddan chiqdim. Pod'ezd ro‘parasida qora “Spark” turar edi, yoni bilan turgani uchun men uning raqamlarni ko‘rolmadim. U yerdan qora rangli kiyim kiygan ikki kishi chiqdi va ular Davlat xavfsizlik xizmatidan ekanliklarini aytishdi va men Internetda nimalar yozganim haqida gaplashish uchun ular bilan birga borishim kerakligini aytishdi. Ular hech qanday guvohnoma ko‘rsatishmadi, qochib ketmasligim bilan qo‘rqitishdi. Men mashinaga o‘tirdim, ular darhol qo‘llarimni bog‘lashdi, boshimdan qop kiygizib, orqa o‘rindiqqa o‘tqazishdi va biz jo‘nadik.

Amir Sharifullin

Ancha yurdik. Yo‘lda ular mendan qaerda o‘tirganim, nima uchun qamalganim haqida so‘rashni boshlashdi. Men 276-modda («Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni marketing maqsadisiz noqonuniy tayyorlash, egallab olish, saqlash va boshqa harakatlar») bo‘yicha uchta ayblov, bang chekkani uchun ikki marta 9 oydan (2009 va 2016 yillarda) qamoqqa olishgani va bir marta jarimaga tortishgani haqida aytdim.

Keyin mashina sekinladi va qandaydir yopiq hududga kirdik. Kirish joyida ular kamida yana ikki kishi bilan suhbatlashishdi. Bu ehtimol dala hovli edi. Yoki biron bir muassasa ham bo‘lishi mumkin. Biz kirgan joyimizdan piyodalab ketdik. To‘g‘riga qarab 50 qadamcha yurdim. Qaerdadir tuproq, qaerdadir qum, qaerdadir shag‘al tosh.  Shuning uchun, chamamda, bu qandaydir bir muassasa edi. Chunki bunday katta hududni xususiy shaxslarga kamdan kam berishadi. Meni bir qavatli bostirmaga o‘xshash, shlakoblokdan qurilgan ikki xonali binoga olib kirishdi. U yerda na stol, na stul – hech narsa yo‘q edi. Ular qaerdadir ko‘rib qolsam tanimasligim uchun allaqachon niqob kiyib olishgan, faqat ko‘zlari  ochiq qolgan edi.

Ular Internetda nimalar yozganimni so‘ray boshlashdi. Men juda ko‘p turli narsalarni yozganimni aytdim. «Kim haqida yozgansan?» Men nima haqida gap borayotganiga aniqlik kiritishlarini so‘radim. Ular: «Nima, sen juda aqllimisan?» Men: «Mana mening telefonim, ochiq, Feysbukdagi har bir postga men javob beraman». Ular biroz tarbiyaviy ish olib borgan bo‘lishdi, keyin yana kimga nima yozganimni so‘ray boshlashdi. Biri esa men kechirim so‘rashim kerakligini aytadi. «Kimdan kechirim so‘rayman?» dedim. U gapirmoqchi edi, ikkinchisi uni yengil turtib qo‘ydi: «Gapirma».

Keyin ular telefon «kamerasi» oldida yechinishim va Internetda yozgan barcha gaplarim uchun kechirim so‘rashim kerakligini aytirdi. Ular yalang‘och holda butunlay yechinishga meni majburlashdi. Odatdagi, Toshturmada muntazam ravishda ro‘yxatdan o‘tish chog‘idagi kabi. Shmon paytida «Vokzal»ga olib kelinganda, 50 ga yaqin erkakdan iborat olomon yalang‘och holda o‘tirishardi. Men uchun bu «Toshturmani unutmaslik»ligim uchun qo‘shimcha qo‘ng‘iroq edi.

Amira Sharifullinning yaqinda tarmoqda qoldirgan izohlaridan

«Kechirim»ni oddiy telefonga yozib olishdi. Matn eng umumiy so‘zlardan iborat edi, hech kimning aniq ismi yo‘q edi. Ular aytib turishdi: «Men, falonchi pismadonchi, Internetda yozganlarim uchun uzr so‘rayman, endi Internetga boshqa kirmaslikka va hech narsa yozmaslikka va'da beraman. Agar so‘zimni buzsam, meni jazolashsin». Meni bir necha bor urishdi, lekin unchalik qattiqmas.

Oxirida ulardan biri diktovka qila boshla aytadi: «Men – x … la, men fag … s, men gan … n, siz – g … n.» Men esa takrorladim «sen g… n.» Avvaliga u tushunmadi, keyin yozuvni o‘chirdi: «A, b ..! Sen kimni g…n deb atading dedi. Men: «uzr so‘rayman, siz takrorlashni aytdingiz, «men g…n» dedingiz –  men takrorladim» dedim. «Sen nima,  ahmoqmisan, buni takrorlamaslik kerak edi!».

Shundan so‘ng ular yana bir oz urishdi. Materialni mustahkamlash uchun ikkinchi marta yozishni boshladik. Bularning barchasini aytdim, u tag‘in so‘radi: «Yana qanday so‘zlarni bilasan?».

Vaziyatning bema'niligidan, har gaplarni aytaman, ular esa meni ezishadi, xo‘rlashga harakat qilishadi, lekin o‘zlarini ko‘rsatishga qo‘rqishadi, buyurtmachilari ismini aytishga qo‘rqishadi, qahqaha otib kula boshlayman.

Bu ularning yuz baravar kuchli g‘azablantirdi. Hatto telefon orqali narigi tomonda kimningdir g‘azablanayotganini sezish mumkin edi.

«U hali kulyaptimi!». «Qoniga belanglar uni! Basharasini ezib tashlanglar». Ular endi yuzimni qonga belashga urinishadi. Bittasi yetti-sakkiz marta musht tushiradi, bo‘lmaydi. Ikkinchisi esa: «Qanday ahmoqsan, urib burnini ezolmaysan,  mana bunday qilinadi.» U ham uchinchi va to‘rtinchi urinishdan so‘nggina burnimni sindirishga muvaffaq bo‘ladi. Yo mo‘ljalni aniq olisholmagan yoki buning uddasidan chiqa olishmagandi. Shundan keyin u tag‘in telefon qilib: «Bo‘ladimi?» deya maslahatlashadi.

Uchinchi videoda, uchinchi versiya, mening allaqachon qonga belanganim aks etgan edi.

Amira Sharifullinning yaqinda tarmoqda qoldirgan izohlaridan

Shundan keyin ular tinchlanishdi. Suv olib kelishdi, men yuvindim, kiyinib oldim. Ular uzr so‘rashdi.»Biz seni urishni xohlamagandik. O‘zing eshitding, agar kulmaganingda, kattamizni xafa qilmaganingda, biz seni bunday kaltaklamas edik.»

Ularning bo‘yi metr yetmish besh kelardi. Sportchi ekani aniq. O‘zbeklar. Maxsus xizmat xodimlari deya o‘zlarini tanishtirishdi va turli alomatlarga ko‘ra, men ularning militsiya xodimlari emasligini angladim. Meni u yerga olib kelishganda, bittasi oshqozonim ustiga ikki marta zarba berdi, men odatimga ko‘ra «rahmat» dedim. Bu uni qattiq g‘azablantirdi, ko‘zlari chaqnab ketdi: “Nima? Rahmat? Qanaqasiga?» (U kalaka qilayapti, deya o‘yladi – tahr.) U pichoqqa qo‘l yugurtira boshladi: «Bu nima ekanligini bilasanmi?» Men darhol shunday xulosaga keldimki,  bular politsiya emas. Barcha «emvedeshnik»lar, nafas yo‘liga urishganidan, aniqrog‘i, nafas olish trubasiga zarba bergani uchun «rahmat» aytishi kerak, deb ishonishadi. Agar siz boshqa savollar bera boshlasangiz, yanada yomon kaltak yeysiz. Ammo bu odamlar buni bilishmas edi. Men esa oyoqlarimni bir-biridan katta qilib kerib turardim va bu hech bir militsioner toqat qila olmaydigan tajovuzkor poza edi.

Keyin yana boshimga qop kiygizib, mashinaga o‘tqazishdi va Chilonzorning 23-kvartalida tushirib ketishdi. Ammo biz u yerga ancha tez yetib keldik. Men u yerda bildimki, o‘sha yopiq hudud taxminan betonkaning O‘rikzor hududida edi.

Bunga qadar menga telefon orqali hech qanday ogohlantirish kelmadi: men notanish raqamlardan keladigan qo‘ng‘iroqlarga umuman javob bermayman. Feysbukda ular «soxta» akkauntlar orqali ko‘p narsalarni yozishdi. «Qaerda yashaysan, yuzingizni ko‘rsatmaysan, manzilni aytmaysan, shunchalik jasurmisan?» Yaqinlarda shunga o‘xshash bir-ikkita tahdid bo‘ldi va men ularni to‘sib qo‘ydim.

Amir Sharifullinning yaqinda tarmoqda qoldirgan izohlaridan

Ehtimol, «sazoyi»ning buyurtmachilari menga yana pand berishni istashar, mening sudlanganim, buning barchasi narkotik «saqlash va foydalanish» moddalari bilan bog‘liqligidan kelib chiqib. «Men ularga bunday bahona (povod) berish niyatim yo‘qligini oldindan bildiraman va agar ushbu moddalarga binoan menga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atiladigan bo‘lsa, ular albatta uydirilgan bo‘ladi».

Amir Sharifullin 15 dekabr kuni, ya'ni voqeadan besh kun o‘tgach, ShIIBga murojaat qildi. Politsiya unga zudlik bilan kelishi kerakligi, shundagina izlar bosilmay turib qo‘shnilar bilan suhbatlashish, boshqa tergov harakatlarini o‘tkazish mumkin bo‘lishini va endi qidirish qiyin ekanligini bildirdi. Shunga qaramay, uchta tezkor xodim Amir yashaydigan hovliga borishdi, keyin kaltaklanganidan so‘ng tashlab ketilgan Chilonzordagi joyga borishdi. Har ikkala joyda ham ular qandaydir videokameralarni topishdi; taxminan belgilangan vaqtda qora «Spark» ko‘rinadi. Ular videokameralardagi yozuvlarni o‘rganish natijalari haqida ma'lumot berishga va'da berishdi. Biroq ular uning arizasini qabul qilishmadi va ekspertizaga yuborishmadi, ehtimol bu ishni uddalay olmasliklari mumkinligidan qo‘rqishdi.

Amirning o‘zi uning o‘g‘irlanishiga nima sabab bo‘lganini bilmaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Feysbukda u turli mavzularda izohlar qoldirgan, ehtimol ularning eng jiddiylari Toshkentda hokim Jahongir Ortiqxo‘jaevv va uning orqasida turgan prezident Shavkat Mirziyoev boshchiligidagi uylarni noqonuniy buzish bo‘lgan.

Ehtimol, uning o‘g‘irlanishi onasi Farida Sharifullinaga, bugungi kunda yigirma mingdan ortiq odamni birlashtirgan «Toshkent-SNOS» Feycbuk guruhining ma'muriga bosim o‘tkazish bo‘lgan. Guruhning maqsadi uylarni buzish muammolarini yoritish va ularning huquqlari va mulklarini qanday himoya qilishlari mumkinligi to‘g‘risida ma'lumot tarqatish, turar joy va tijoriy ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk huquqini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini birgalikda o‘rganishdir.

Bu «qonuniylashtirilgan» darajada turar joylarni tortib olishga va  shu joyda yashaydigan egalarini haydab chiqarishga qarshi bo‘lgan o‘zbekistonlik fuqarolarining yagona yirik birlashmasidir. Adolat nuqtai nazaridan aytish joiz, Telegramda ham ushbu mavzuga bag‘ishlangan bir nechta kanallar mavjud bo‘lib, ularni uylari buzilgan odamlar yangiliklar almashish va himoya strategiyasini ishlab chiqish maqsadida boshqaradi. «SOS uylar buzilmoqda» (SOS Doma pod snos – 1043 ishtirokchi) va «Toshkent SNOS» (Farida Sharifullina tomonidan tashkil etilmagan; 2100 ishtirokchi) shular jumlasidandir.

Eslatib o‘tamiz, 2017-2018 yillarda fuqarolarning xususiy uylarini buzish bugungi O‘zbekistonning asosiy muammosiga aylandi va odatiy jinoiy sxema bo‘yicha olib borilmoqda. Prezident Mirziyoev tomonidan tayinlangan shahar va viloyat ma'muriyatlari rahbarlari rasmiy davlat yerlarini ma'lum- noma'lum quruvchilarga «elita» uylar qurish maqsadida davlat va jamoatchilik ehtiyoji uchun degan bahona bilan qaror chiqarishadi. U yerda yashayotgan odamlar, jumladan, sudning yordami bilan haydab chiqariladi (Mirziyoevning o‘zi mamlakatdagi barcha sudyalarni ham tayinlaydi). Qurilish esa kelajakda uylardagi kvartiralarni sotish evaziga  emas, balki byudjetdan va Milliy taraqqiyot va tiklanish jamg‘armasidan nazoratsiz olib qo‘yilishi bilan moliyalashtiriladi. Bu muassasalar ham hech kim bilan hisoblashmasdan, nazoratsiz, tag‘in xuddi o‘sha Mirziyoev tomonidan boshqariladi. (Bu haqida bu yerda, bu yerda, bu yerda va shu yerda). Natijada byudjet va jamg‘arma mablag‘lari «to‘g‘ri» cho‘ntaklarga tushadi, «davlat» yerida qurilgan uylar esa taxminan hukmron oilaga aloqador bo‘lgan ba'zi qurilish shirkatlari mulki bo‘lib qoladi.

PS: 16 dekabr kuni (maqola e'lon qilinganidan so‘ng) Toshkent ShIIB vakillari podpolkovnik Umid Qurbonov va leytenant Dmitriy Medvedskiy voqea yuzasidan Amir Sharifullinning uyiga kelishgan. Hozir ular Farida Sharifullina bilan odam o‘g‘irlash voqeasi tafsilotlariga aniqlik kiritish va ariza qabul qilish yuzasidan ShIIBga ketishmoqda. Nima uchun bu arizani jabrlanuvchi borgan paytdayoq olishmadi, degan savol tug‘iladi.

Aleksey Volosevich

asiaterra.info nashridan «Eltuz» tarjimasi

Tag‘in o‘qing
22 may 2020
Ramazonning beshinchi jumasida siz bilan gurunglashish nasib etganidan ichimga sig‘may sevinib o‘tiribman. Bormisiz, og‘am, inim, singlim, opam, onam. Siz ...
4 sentyabr 2022
16 avgustda O‘zbekiston Adliya vazirligi Gulnora Karimovaning 131 million dollar puli Shveytsariya hukumati bilan kelishuv doirasida “darhol” respublikaga qaytarilishini ...
13 sentyabr 2018
«Bi Bi Si»ning O‘zbekiston Oliy sudi matbuot xizmatidan iqtibos keltirib yozishicha, sobiq bosh prokuror Rashid Qodirov ustidan sud boshlangani ...
21 yanvar 2021
Andijonlik 31 yoshli tadbirkor Alisher Ne'matullaev tortib olingan mulkini himoya qilib, sudga 1089 marta murojaat qildi. 252 ta sud ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...