Kundalik
4 yanvar 2020

Tadbirkor G‘afur Rahimovga qarshi informatsion urush boshlandimi?

Dengizda shamol ko‘tarilarkan, bu shamol kimningdir elkanini shishirib manziliga eltadi. Kimningdir kemasi esa shamolga chiday olmay g‘arq bo‘ladi. 

Keyingi bir oy ichida 68 yashar biznesmen, jinoiy dunyoga yaqin bo‘lgan G‘afur Raximov xakida internetda negativ shaklda tilga olingan bir nechta maqola paydo bo‘ldi. 

Eslatib o‘tamiz, G‘afur Rahimov 2012 yildan buyon “jinoiy avtoritetlar tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlagani” uchun AQSh moliya vazirligi sanktsiyalari ro‘yxatida turibdi. Uning AQSh yurisdiktsiyasidagi mulklari muzlatilgan. Kriminal dunyoda G‘afur Rahimov “G‘ofir qora” va “Graf” laqablari bilan tanilgan.

Bratvadan tavqi la'nat

11 dekabr kuni ijtimoiy tarmoq orqali G‘afur Rahimovga qarshi “progon” – jinoiy olamga chaqiriq (Progon – vikipediyaga ko‘ra, turma avtoritetlarining  ultimativ va bajarilishi shart hisoblangan topshirig‘i) tarqaldi. 

Qonundagi o‘g‘rilarning G‘afur Rahimovga qarshi yo‘llagan «chaqirig‘i» nushasi

Bu chaqiriqda qonundagi o‘g‘rilar Zaxariy Kalashev («Shakro Molodoy») va Badri Koguashvili («Badri Kutaisskiy») sobiq do‘stlari, G‘ofir Raximovni uning Dubaydagi uyida boshqa bir rossiyalik kriminal avtoritet “Arman Dikiy”ni mehmon qilgani uchun “blyadina” deya e'lon qildilar.

Ma'lumot uchun: Rossiyalik biznesmen va kriminal avtoritet Zaxari Kalashov postsovet hududidagi jinoiy doiralarda «Shakro Molodoy» laqabi bilan keng tanilgan. U «pul yuvish», «jinoiy to‘da tuzish», «tovlamachilik» ayblovlari bilan uch marta sudlangan. Zaxari Kalashovning jinoiy faoliyati Rossiyaning uyushgan jinoyati bilan chambarchas bog‘liq. 2018 yilning mart oyida Moskvaning Nikulinskiy tuman sudi Kalashovni «juda katta miqdordagi tovlamachilik» da ayblab, 9 yilu 10 oyga qattiq tartibdagi koloniyaga hukm qilgan edi. Manba:  Meduza.io 

Qonundagi o‘g‘ri Badri Koguashvili
Qonundagi o‘g‘ri Badri Koguashvili,
Praym kraym

Rossiya matbuoti yozgani kabi Badri Koguashvili Rossiya jinoiy dunyosidagi Qonundagi o‘g‘ri Zaxariy Kalashovning vorisi hisoblanadi. Manba: lenta.ru

Oldinroq boshqa bir Qozog‘istonlik kriminal avtoritet “Arman Dikiy” laqabli Arman Jumageldiev o‘zining Instagram sahifasida G‘ofir Rahimov bilan quchoqlashib, qor yo‘lbarsi pozasida tushgan suratni joylashtirgan edi.

Arman Jumageldiev Qozog‘istonda muxolif fikrdagi insonlarni diskriditatsiya qilish bilan nom chiqargan. U faol tarzda ijtimoiy tarmoqlarni yuritib keladi, instagram sahifasida mashhur shaxslar, jumladan kriminal avtoritetlarning fotosuratlarini ham e'lon qiladi.  

«Shakro» va «Badri»larning bunday “chaqirig‘i” (progoni) “Eltuz” ma'lumotiga ko‘ra, o‘zbekistonlik Qonundagi o‘g‘ri Baxtiyor Kudratullaev (laqabi Baxtiy Yangiabadskiy, Tashkentskiy) tomonidan qo‘llab quvvatlangan. 

G‘afur Rahimov va Arman jumageldiev. Intstagram sahifasidan

«Ozodlik» radiosi yozganidek, Baxtiy Tashkentskiy O‘zbekistondagi yagona kriminal avtoritet hisoblanadi, u 26 yoshida Qonundagi o‘g‘ri tojini kiyishga muvaffaq bo‘lgan. 

31 dekabr kuni internetdagi Uzleaks.com sahifasida G‘afur Rahimov O‘zbekiston prezidenti Mirziyoev uchun maktablar va sport majmualari qurilishlariga pul ta'magirligi qilayotgani haqida matn paydo bo‘ldi.  Rus tilida yozilgan bu matn Baxtiyor Qudratillaevning yangi yil arafasidagi banketda G‘afur Raximovga tavqi la'nat yog‘dirgani haqidagi gaplar bilan boshlanadi.

“Baxtiyor Qudratillaev banketga yig‘ilgan jinoyat olami vakillariga eshittirib, “G‘afur axlat edi – axlatligicha qoldi!” deydi. Qudratillaev o‘z gapiga misol sifatida G‘afur Raximovning hamkori Oybek Tuxum laqabi bilan tanilgan o‘zbekistonlik tadbirkor Oybek Miraliev qamalganiga e'tibor qaratadi.”

Lolaning qasosi

Oybek Miraliev ishi yuzasidan sud ajrimi nusxasi

Dekabrning 25-chisida Jahon.uz nashri Oybek Miraliev Bosh prokuraturaning Iqtisodiy jinoyatchilik va korruptsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan G‘afur Raximovning xotini Lola Raximova arizasiga ko‘ra, qamoqqa olingani haqida yozdi.

26 dekabr kuni zsa “Ozodlik” radiosi 42 yashar Oybek Miraliev va uning ukasi Eldor 23 dekabr kuni qayta hibsga olinib, ularga 2 oy qamoq belgilangani haqida yozdi. 

Maqolada Oybek Miralievga tegishli bo‘lgan narxi taxminan 170 ming AQSh dollari turadigan, 2016 yili ishlab chiqarilgan “Mercedes Maybach” avtomobiliga jinoyat ishi doirasida vaqtincha band solingani haqida ham gap boradi. G‘afur Rahimovning xotini Lola Rahimova va uning singlisi Go‘zal Kamolxo‘jaevalarning ismlari jinoyat ishida da'vogar sifatida zikr qilingani yoziladi.

Bu maqolalardan “Mirziyoev oila biznesiga yaqinlashgan G‘afur Rahimov jinoyat olami tarafidan istalmagan shaxsga aylanmoqda” degan hulosa kelib chiqadi.

Hatto konundagi o‘g‘rilar «Shakro Molodoy» va «Badri Kutaisskiy»lar G‘afur Raximovga oshkora tahdid qilib, o‘g‘rilar dunyosini “Raximovdan qasos olishga” chaqiradi.

AQSh Moliya vazirligi rasmiy saytida e'lon qilgan hujjat matnida “Postsovet fuqarolaridan tashkil topgan “Birodarlik xalqasi” (Bratva) dagi belgilovchi shaxs ekanligi” urg‘ulangan G‘afur Rahimov 2020 yilga kelib uyushgan jinoyat olami tahdidi ostida qoldimi?

Bu savolga javob berishdan oldin “Rahimov nega o‘z tijoriy sherigini hibsga olinishiga bilvosita sababchi bo‘ldi, degan savol javobini qidirsak.

“Eltuz” nashri tasarrufida 42 yashar Oybek Miralievni ikki oyga qamash haqidagi Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi sudyasi T. Tursunov raislik qilgan 23 dekabrdagi mahkama chiqargan ajrim nusxasi bor.

Shuningdek “Eltuz” muxbirlari Uzleaks.com sahifasi vakili bilan ham aloqaga chiqdi. 

Prezidentga berilgan va'da 

Bu rasmning bo'sh alternativ attributi bor; uning fayl nomi 1577291426_img_20191225_212459_601-1.jpg
Prezident Shavkat Mirziyoev va tadbirkor Oybek Miraliev; Jahon.uz

“Eltuz”ga taqdim qilingan hujjatlarga asoslanilsa, “G‘afur Rahimov O‘zbekiston prezidenti Mirziyoevga bergan va'dasini uddalay olmagani uchun o‘z hamkorini qurbon qildi” degan iddao kelib chiqadi.

Hujjatlarga ko‘ra, 15 sentyabr kuni G‘afur Rahimov O‘zbekiston Interpoli qidiruvidagi shaxslar ro‘yxatidan cirli tarzda olib tashlangan.

“Eltuz” manbalarining ishonishicha, Rahimov 2016 yili Toshkentga kelgan va Mirziyoev oila biznesiga yaqin shaxslar bilan aloqada bo‘lgan.

O‘sha paytda Raximov Toshkentda “Sport arenasi va maktab qurib berishni, uni qutqargan Mirziyoev oilasiga va'da bergan”

“Eltuz” suhbatlashgan manbalarning ishonishicha, G‘afur Rahimov “nomi ulug‘ suprasi quruq” xolatga kelgan. 

«Hozir uning puli yo‘q. Xotini Lola Rahimova biznesidan keladigan mablaqqa suyanib qolgan. Prezidentning yaqin do‘stlaridan biri, O‘zbekiston Kasaba ittifoqlari raisi Qudratulla Rafiqov G‘afur Raximovdan “Sport arenasi va maktab qurish va'dasi qachon amalga oshadi» deb so‘raydi. Rahimov esa bu pullarni o‘z biznes partneri Oybek Miraliev o‘margani borasida shikoyat qiladi». 

“Eltuz” manbasining iddaosiga ko‘ra, Qudratilla Rafiqov Oybek Miraliev va uning Eldor ismli ukasining qamoqqa olinishini “tashkil qilgan”. 

Sud ajrimida yozilishicha, aka-uka Miralievlarga qarshi Bosh prokuraturaning iqtisodiy jinoyatchilik va korruptsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi jinoyat ishi ochgan. Ajrimga ko‘ra, Miraliev ustidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 168-moddasida (Firibgarlik) ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlik aybi bilan jinoyat ishi ochilgan.

Bundan oldin aka-ukalarga nisbatan ochilgan jinoyat ishi Toshkent shahar Yashnobod tuman sudining joriy yilning 19 dekabr kungi qarori bilan bekor qilingan. 

Oybek va Eldor Miralievlar tadbirkor Lola Raximovaga tegishli 7 million AQSh dollarini o‘zlashtirishda ayblangan, ammo Yashnobod sudi ayblov dalillar bilan isbotlanmagani uchun ishni yopgan edi.

Uzleaks.com sahifasi

Uzleaks.com sahifasida iddao qilinishicha, «Bu – G‘afur Rahimovga Toshkent sh. va Sirdaryo viloyatida, Shavkat Mirziyoev «iltimosi»ga ko‘ra sport majmualari va shuningdek prezident maktablari qurilishi uchun  kerak bo‘lgan (ayni) mablag‘ edi».

“Eltuz”da nusxasi bo‘lgan jinoyat ishi hujjatlarida jabrlanuvchilar ro‘yxati bor. Bu ro‘yxat boshida G‘afur Rahimovning xotini Lola Rahimova turibdi.

«Shuningdek, G‘afurga yaqin bo‘lgan odamlar Vladimir Pavlyuk va Qahramon G‘ulomovlar nomlari ketadi. Lola Rahimovaning so‘zlariga ko‘ra, Oybek Miraliev Yakkasaroy tumani, Muqimiy ko‘chasi, 71/1 uyda joylashgan «Sanoat qurilish  industriya» MChJni qayta sotish orqali 2,8 million dollarni o‘zlashtirgan. Agar siz Lola Rahimovaning «zayavasi» (suddagi arizasi. tahr.)ga ishonsangiz, u holda Oybek Faberje, shuningdek, 2016 yilda ishlab chiqarilgan «Mercedes-Benz Maybash»  rusumli avtomashinasini ham o‘zlashtirgan.»

Oybek Miraliev yaqinlarining “Eltuz”ga bildirishicha, Bosh prokuratura Lola Rahimova aytganidek, 2016 yilda ishlab chiqarilgan avtomobilni emas, balki bu ishga aloqasi bo‘lmagan shaxsga tegishli 2019 yilda ishlab chiqarilgan «Mercedes-Benz Maybash» mashinasini musodara qilishgan.

“Oybek tuxum”ning bizga ko‘rinmagan tomoni

Sud tergov hujjatlarida yana bir jabrlanuvchi Gulchehra Shofayzievaning ko‘rsatmasi bor:

«Gulchehra Shofayzievaning ta'kidlashicha, Oybek Miraliev go‘yo unga tegishli 550 ming dollar narxdagi Mirzo-Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasi, 415B-dagi uyini qayta sotib olish yo‘li bilan o‘zlashtirib olgan. Qolgan arizachilar – Vladimir Pavlyuk va Qaxramon G‘ulomovlar, shuningdek, aka-uka Miralievlar o‘zlarining minglagan va millionlagan mablag‘larini qaytarib berishni talab qilishmoqda».

Shofayzievaning ko‘rsatmasidan uzleaks.com ham ko‘chirma keltirilgan. 

uzleaks.com iddaolarni e'lon qilinganidan bir kun o‘tib, unda ismi zikr qilingan Qaxramon G‘ulomov matn ostiga izoh qoldirib Oybek Miralievni “Tovlamachi-firibgar” deya ataydi:

«Allaqaydagi «Tuxumchi» – Miraliev Oybek va uning qo‘li ostidagi birodarlari haqida, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shuni ayta olamanki – ular FIRIBGARLAR. Bu mubolag‘a emas, bu haqiqat.

Men, siz o‘z opusingizda eslab o‘tgan Qahramon G‘ulomov, shuni ochiq va to‘g‘ri aytamanki, meni noqonuniy ravishda 14 yilga ozodlikdan mahrum qilishdi, jazoni Jasliqda o‘tash uchun yuborishdi va meni qiynoqqa solib 8 million dollar undirishdi. Meni (umumiy tartibdagi qamoq rejimi o‘rniga) umrbod qamoqni o‘tash uchun jazo izolyatoriga tashlashdi. Aynan o‘sha paytda Miraliev-tuxumchi firibgarlik bilan mening barcha ko‘chmas mulkimni, shuningdek, kompaniyalarimning ustav fondidagi ulushlarni sotishdan olingan pullarni o‘zlashtirdi.

«Hamma biladiki, Miraliev-Tuxumchining o‘zi Oleg Busigin (O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik kengashining navbatdagi bo‘limi boshlig‘i) bilan juda yaqin hamkorlik qilganini hech qachon yashirmagan.  Mening jinoiy ishim bo‘yicha tergovni Oleg Busigin hamda tergovchi Jalov Laziz birgalikda olib borishgan. Ayni shu Busigin orqali, firibgar Miraliev-tuxumchiga, mening hibsga olinganimdan so‘ng, mol-mulkimni o‘zlashtirish imkoniyati ochilgani ma'lum bo‘lgan. Miraliev shundan foydalandi. 

Shveytsariyadagi Frewar Investments Ltd., kompaniyasining direktoridan aldov yo‘li bilan ishonchnoma olib, Miraliev mening binolarimni sotishdan tushgan pullarni o‘zlashtirdi: diskoteka va supermarket (Yunusobod tumani, Qodiriy ko‘chasi, 1), «Marvel Agro Invest» (Tip-top ichimliklari)dagi ulushlarim, mening «Hermes Petrol Systems» kompaniyamdagi 23 ta yoqilg‘i quyish stantsiyalarini sotishdan tushgan pullarimni o‘zlashtirdi, «159-Qurilish tresti»ni bankrot qildi, menda uning 34 foiz ulushim bor edi va hokazo. Agar kerak bo‘lsa, men Miralievning barcha jinoyatlarini batafsil tasvirlab bera olaman. Ammo, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini hurmat qilib, men buni Miralievga qarshi sud hukmi qonuniy kuchga kirgandan keyingina amalga oshira olaman.

Firibgar Miraliev o‘ziga munosib bo‘lgan narsani olishiga shubha qilmayman. Konun ustivor, jazo – muqarrar! Ushbu asosiy tamoyilni hech kim bekor qilmagan.» deb yozdi G‘afur Rahimovning yaqin hamkori va yurist-konsultanti Qaxramon G‘ulomov.

Kalamushlar jangi

Qahramon G‘ulomovning bu izohiga 2 yanvar, kuni e'tiroz yozgan Rovshan Hakimov “Bandit va MHKchilar ohuridan yem yeyish oqibati shu bo‘ladi deya malomat qiladi:

«Huddi o‘sha tuxum G‘R (G‘afur Rahimov – tahr.)ning yaqinida yurar edi va G‘Rni AIBA (AIBA – Xalqaro boks assotsiatsiyasi,  Association Internationale de Boxe Amateur. Tahr.) raisi etib saylangani bilan tabriklash marosimida ham uning yonida edi, Qahramon ayyorlik qilishning keragi yo‘q, shaharda hamma biladi, “Tip-top”ga (Ichimlik sharbatlar ishlab chiqarish shirkati. Tahr.) pul qaerdan kelgani, u qanday qurilgani va boshqa aktivlar osmondan tushmaganini. Sizni qamoqqa tashlashgani achinarli, lekin siz o‘zingiz banditlar va “snbshnik”lar bilan ishlash yo‘lini tanladingiz va endi o‘zingizni oppoq va yumshoq qilib ko‘rsatishingiz juda qiyin. Bizning mamlakatimizdagi o‘yin qoidalarini hamma biladi va xuddi shu Oybek ham siz kabi banditlar va snblarga yaqin edi. Hozir vaziyat o‘zgarishi bilan sizda, hozirgi mentlar orqali ularni qamatish va talatish imkoniyati bor va siz shunday qilasiz. 

Lola (Lola Rahimova – tahr.) pulni qaerdan oldi? O‘ylamang, barchani ahmoq deb, G‘R Toshkentda  o‘z kapitalini qanday shakllantirganini bilishadi, qanday o‘marishgan, qamashgan, hech bo‘lmaganda Parijyorni va uning lak bo‘yoqlarini eslaylik, nega bu haqda yoki Gaba haqida yozmaysizlar? Sizning pozitsiyangiz avvalidan yutqazilgan, bahsga kirishishning hojati yo‘q. G‘R kim bo‘lgan va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi. Uni o‘zgartirib bo‘lmaydi» 

«Oybek tuxum» ishi nima bo‘ldi?

«Eltuz» suhbatlashgan manbalar iddaosiga ko‘ra, bu ish “Prezident administratsiyasi boshlig‘i Zaynilobiddin Nizomiddinov, Bosh prokuratura va senator sobiq SNBning sobiq raisi Rustam Inoyatovlar nazoratida ushlab turilibdi”

Qahramon G‘ulomov ishongan “huquqiy davlatni” senator Rustam Inoyatov qurishi eng hayolparast fantast yozuvchi uchun ham xomhayollikdir.

Uzleaks.com G‘afur Rahimovni “sog‘ish” jarayonida Rustam Inoyatov ishtirok etgani haqida yozadi.

«Shavkat Mirziyoevning prezidentlik maktablari va sport majmualarini qurish «talabi»ni G‘afur Qoraga O‘zbekiston prezidentining eng yaqin odamlaridan biri, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi Qudratilla Rafiqov yetkazgan va ilgari u «Jizzax akkumulyator zavodi» OAJ direktori bo‘lib ishlagan edi. Oybek Miraliev nafaqat G‘afur oldidagi qarzlarini, balki Oybek Faberjening qolgan mol-mulkini ham o‘zlashtirib berishni va'da qilgan. Yana ham aniqrog‘i, Qudratilla Rafiqov toshkentlik tadbirkorning qolgan mol-mulkini G‘ofur Rahimov bilan bo‘lishmoqchi.

Buyurtma tarzidagi jinoiy ishning muvaffaqiyatli amalga oshirilishidan ayrim hukumat amaldorlari manfaatdor. Bu – birinchi navbatda, senator va maslahatchi Rustam Inoyatov.»

Maqola so‘ngida “kriminal avtoritet hokimiyat xizmatida hokimiyat esa kriminal avtoritet xizmatida, yo Oybek Faberje va uning ukasi Mirziyoev hukumatining kriminal dunyo bilan ko‘rpa ostidagi o‘yinlari qurboni bo‘ldi”, deya xulosa chiqaradi.

G‘afur Rahimovni oqlashga urinishlar

«Eltuz» da bosilgan karikatura

AQShning Around the Rings nashriga bergan intervyusida Rahimov uning jinoyat olamiga aloqadorligi haqidagi “noto‘g‘ri ayblovlarni Gulnora Karimova va uning guruhi” 2010 yili tarqatishga kirishgani haqida bildirdi.

2018 yilning sentyabrida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Ochilboy Ramatov imzosi ostida AIBA ijroqo‘miga xat jo‘natildi. 

Unda “G‘afur Rahimovning jinoiy o‘tmishi haqidagi har qanday iddao asossiz ekani” bildirildi.

“Biz bu zaif chiranishlarga ancha batafsilroq izoh bergan bo‘lardik, ammo ba'zan bitta fotosurat mingta so‘zdan ko‘ra ko‘proq ifoda beradi”, deya bildirdi G‘afur Rahimov jinoyat olamining o‘nta yetakchisi bilan tushgan rasmni e'lon qilgan Asiaterra-info mustaqil nashri.

Curatda: Qonundagi o‘g‘rilar Vladimir Tyurin (Tyurik), Aslan Usoyan (Ded Xasan), G‘afur Rahimov, «Sochi smotryashiysi» Guseyn Guseynov (Kolya Guseyn), qonundagi o‘g‘ri Emil Sarkisyan, qonundagi o‘g‘ri Giya Dangadze; pastda: qonundagi o‘g‘ri Vaxtang Kardava (Vaxo Suxumskiy), qonundagi o‘g‘ri Alik Minalyan (Alik Sochinskiy), “Leninskiy” guruhi atalmish to‘da ishtirokchisi Sergey Kozubenko (Serega Omich), qonundagi o‘g‘ri Artyom Demurov (Artyusha)lar aks etgan.

Fotosurat dastlab, Rossiya o‘g‘rilari dunyosiga bag‘ishlangan «Praym Kraym» saytida chop etilgandi.

Tag‘in o‘qing
21 yanvar 2019
16 yanvar kuni Shveytsariyaning «Tages-Anzeiger» gazetasi amerikalik biznesmen va Gulnora Karimovaning sobiq eri Mansur Maqsudiy Karimovaning Shveytsariyada muzlatilgan aktivlaridan ...
18 iyul 2016
«Adolat» gazetasini varaqlab, O‘zbekiston siyosiy hayotidagi navbatdagi o‘xshamagan parodiya, o‘zbekcha aytganda, o‘xshamagan taqlidga ko‘zingiz tushadi. Taqlidki, kulishni ham, yig‘lashni ...
3 sentyabr 2020
Ramzan Qodirovning 22 yoshli qizi vazir o‘rinbosari bo‘lgani haqida deyarli barcha o‘zbek internet saytlari yozdi. Lekin bu xabarning o‘zbek ...
5 sentyabr 2023
Ellikqal'alik 44 yashar erkakning yosh bir qizaloqni to‘rtinchi sinfdan boshlab 13 yoshiga qadar zo‘rlab kelgani haqida eltuz va polis ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...