Asosiy mavzular
5 sentyabr 2023

Ellikqal'alik pedofil hibsga olindi

Ellikqal'alik 44 yashar erkakning yosh bir qizaloqni to‘rtinchi sinfdan boshlab 13 yoshiga qadar zo‘rlab kelgani haqida eltuz va polis uz telegram kanallari video chop etgani ortidan pedofil hibsga olindi.

Bu haqda bugun Qoraqalpog‘iston Ichki ishlar idoralari rasman bildirdi.

Ellikkal'a tumani “Amirobod” Ovul Fuqarolar Yig‘inida yashovchi fuqaro M.Z. 30.08.2023 yilda tuman IIBga murojaat qilib, 2010 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan nevarasi T.S.ni Ellikkal'a tumani “Amirobod” OFYda yashovchi qo‘shnisi Z.Sh. qo‘rqitish va zo‘rlik ishlatish orqali nomusiga tekkanligi sababli, Z.Sh.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur holat Respublika prokurori tomonidan joyida o‘rganilib,  sud tibbiyot ekspertizasining 2023 yil 5 sentyabrda chiqarilgan hulosasi, tergovga qadar tekshiruvda to‘plangan ish xujjatlari inobatga olinib, gumon qilinuvchi Z.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 118-moddasi 4-qismi, 119-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlandi.

Rasmiy munosabatda bildirilishicha tergovning har tomonlama to‘la va xolisona o‘tkazilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori tomonidan nazoratga olindi. 

Xabardan ma'lum bo‘ladiki, Ichki ishlar idoralari Eltuz va Police_Uz da xabar chiqmaguncha jinoyat ishi ochishni istashmagan. Jabrdiydalar tuman Ichki ishlar bo‘limiga avgust oyida murojaat qilishgan, sud tibbiy ekpertiza va hibsga olish 5 sentyabr kuni ya'ni bugun amalga oshirilgan.

Eltuz oldin xabar qilganidek, 13 yashar qizni ikki yil davomida zo‘rlagani iddao qilinayotgan erkakning uch qizi bir o‘g‘li bor.

Eltuz voqealar jarayonini kuzatishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘lishni unutmang.

Tag‘in o‘qing
21 may 2021
Oshiqlaring poyingga gul otib ham bo‘ldi, Xilvatlarda labingdan bol totib ham bo‘ldi Va bu haqda kimlargadir sotib ham bo‘ldi ...
22 mart 2019
«Boy ila xizmatchi» – Hamzaga nisbat beriladigan drama. Originali saqlanmagan. Komil Yashin uni mafkuraga moslab qayta yozgan. Suflyor varianti ...
19 avgust 2020
Belarusdagi norozilik namoyishlari o‘n birinchi kun davom etmoqda. Namoyishchilar iqtidordagi prezident Aleksandr Lukashenko saylovlarda yutqazdi, deya hisoblashmoqda va tinch ...
13 sentyabr 2018
«Navbatim yaqinlashgan sari tobora kuchayib borayotgan vahima butun vujudimni qoplab oldi. O‘ng oyog‘im tovoni zirqirab og‘riy boshladi…». Muhammad Bekjon ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...