• Foto: centralasia.media
Asosiy mavzular
5 mart 2020

«Vatanparvar»ning davlatga xiyonatda ayblangan muxbiri 12 yilga qamaldi

O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudi 4 mart kuni «Vatanparvar» gazetasi muxbiri 68 yashar podpolkovnik Vladimir Koloshinni 12 yilga ozodlikdan mahrum qilish haqida hukm chiqardi.  

Kaloshinning qizi Anastasiya Yepishevaning «Ozodlik»ka bildirishicha, sobiq podpolkovnik Jinoyat kodeksining 157-moddasi 1-qismi bilan «davlatga xiyonat»da aybdor deb topilgan. 

Shuningdek, O‘zbekiston harbiy sudi hukmi bilan Vladimir Koloshin barcha harbiy rutba va unvonidan mahrum qilingan. Biroq Kaloshin sudda o‘ziga qo‘yilgan ayblarni tan olmagan. 

Qariyb 7 oy davom etgan tergovdan keyin «Kaloshin ishi» bo‘yicha joriy yilning 7 fevral kuni boshlangan mahkama yopiq eshiklar ortida o‘tdi. 

Vladimir Koloshinni 2019 yil 2 iyul kuni DXX xodimlari uning uyidan olib ketishgan edi. Podpolkovnikning qarindoshlari uch kun davomida uning qaerdaligini bilishmagan. 

5 iyul kuni Vladimir Kaloshin DXXning Toshkent shahri Yunusobod tumani Gvardeyskaya ko‘chasida joylashgan tergov izolyatorida ekani hamda unga Jinoyat kodeksining 162-moddasi («Davlat sirlarini oshkor qilish»)da ko‘zda tutilgan jinoyatni sodir etganlik aybi qo‘yilgani ma'lum qilingan.

Bu haqda birinchi bo‘lib Kaloshinning Moskvada yashovchi qizi Anastasiya Yepisheva Facebookdagi sahifasi orqali xabar tarqatgan edi.

Anastasiya Yepisheva otasi bilan bog‘liq tergov ishlari ketayotgan chog‘da O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevga adolat qaror topishi uchun yordam so‘rab xat yozgan va o‘z murojaatini Feysbuk sahifasida  e'lon qilgan.

Rossiya vatanparvarlik tashkilotlarining qo‘llov xatlari

Rossiya poytaxtida faoliyat yuritayotgan Moskva o‘zbek hamdo‘stligi (Uzbekskoe sodrujestvo Moskvы) mintaqaviy jamoat tashkiloti Kaloshinning himoyasiga otlanib, tashkilot rahbari vazifasini bajaruvchi Viktor Teplyakov nomidan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevga xat yo‘llagan. Qo‘llov xatida «Kaloshin ishi»da adolat qaror topishiga yordam so‘ralgan.

«Nezavisimaya gazeta» chop qilgan «V Uzbekistane neojidanno nashli rossiyskix «shpionov» sarlavhali maqola muallifi Vladimir Muxin ham asosiy e'tiborni Vladimir Kaloshin himoyasiga qaratgan.

Toshkentda «Vatanparvar» gazetasi tashkil topgan 1992 yildan beri Vladimir Kaloshin bilan birga ishlab nafaqaga chiqqan jurnalist, podpolkovnik Igor Biryukov «Kaloshin ishi» boshdan oxirigacha uydirma ish ekanini ta'kidlaydi. 

«Men Kaloshinni jinoyatchi deb hisoblamayman. Biz u bilan «Vatanparvar» gazetasi tashkil topgandan boshlab birga ishladik. U haqida biror yomon gap  ayta olmayman. Kuchli bilimli ofitser va malakali jurnalist. Kaloshin bilan sodir bo‘lgan voqea aqlga sig‘maydigan uydirma va mutlaqo adolatsiz ish deb hisoblayman», dedi Igor Biryukov «Eltuz» muxbiriga.

Bundan oldin, 11 fevral kuni O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti sobiq direktori Rafiq Sayfullin ustidan O‘zbekiston harbiy sudi mahkama boshlagan. Sayfullin ham Rossiya foydasiga josuslik va davlat sirlarini oshkor qilishda ayblangan edi. 

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
26 fevral 2019
26 fevral kuni «O‘zbekkontsert» davlat muassasasi «litsenziya talablari va shartlari qo‘pol ravishda buzilgani, milliy urf-odatlar, odob-axloq, ma'naviy qadriyatlarga yot ...
21 yanvar 2019
Facebook shirkati 17 yanvar kuni Kreml loyihasi bo‘lgan «Sputnik» nashri tashviqotiga xizmat qilgan tarmoqdagi yuzlab sahifalar va akkauntlarni o‘chirdi. ...
20 sentyabr 2015
“Hokimiyat tomonidan yerim noqonuniy tortib olib qo‘yildi” degan shikoyat bilan o‘tgan yili Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida istiqomat qiluvchi ...
19 mart 2018
Prezident kelishi oldidan yo‘lni tozalashga olib chiqilgan samarqandlik o‘qituvchi, 23 yoshli Diana Yenikeeva 14 mart kuni «KamAZ» mashinasi tagida ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...