Catira
5 may 2020

IIV o‘z xodimlarini haqorat qilgan Yulduz Usmonovaga chora ko‘rilishini bildirdi

Xalq artisti Yulduz Usmonovaning xatti-harakatlari va ichki ishlar xodimlarini haqoratlagani yuzasidan ma'muriy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumani sudi shug‘ullanmoqda.

Yulduz Usmonovaga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasi (haqorat qilish) yoki 183-modda (mayda bezorilik) bilan ish ochilgan.

4 may kuni Ichki ishlar vazirligi Yulduz Usmonova ishtirokidagi videotasvir yuzasidan bayonot berib, «jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimagan» xonandaga qonuniy chora ko‘rilishi haqida bildirgan edi.

«Yu.Usmonova barcha ichki ishlar organlari xodimlarini uyatli so‘zlar, obro‘sizlantiruvchi uydirmalar va beodoblik bilan qasddan haqorat qilgan», deyiladi IIV bayonotida.

Yulduz Usmonovaning ichki ishlar xodimlariga malomatlari 2 may kuni Toshkentda Sardoba to‘g‘oni yorilishi jabrdiydalariga gumanitar yordam yetkazib berish ishlariga bosh-qosh bo‘layotgan paytda videoga yozib olinib, xonandaga tegishli kanallar orqali tarqalgan.

Ko‘p o‘tmay xonanda kechirim so‘ragani aks etgan videosini e'lon qildi, biroq bu Ichki ishlar vazirligining unga chora ko‘rilishi haqidagi qat'iy bayonoti chiqishiga monelik qilmadi.

«Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahri IIBB tomonidan madaniyat xodimi nomiga dog‘ tushirgan, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimagan, ichki ishlar organlari xodimlari sha'ni va qadr-qimmatini kamsitishga harakat qilgan fuqaro Yu.Usmonovaning xatti-harakatlariga huquqiy baho berish maqsadida surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.

Ish yakuni bo‘yicha holatga oydinlik kiritilib, aybdorlarga qonuniy tartibda chora belgilanadi», deyiladi IIV bayonotida.

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova instagramdagi “jonli yoyin”da ichki ishlar xodimlari xalqning qiyin kunida asqotmayotganidan nolirkan, ularga qarata: “hozir Karimovning davrida yashamayapsizlar har kuni klizma olgani”, deya o‘shqirgan edi.

O‘zbekiston Madaniyat vazirligi “jonli yoyin”da militsiyani keskin tanqid qilgan xonanda Yulduz Usmonovaga e'tiroz bildirdi.

“Yurtimizga kelgan sinovlar paytida Yulduz Usmonova tomonidan bildirilgan fikrlar noo‘rindir, shuningdek, san'atkorning xabari bo‘lmasa kerak, ikki oy davomida o‘z oilasi va uyiga hattoki bormayotgan ichki ishlar xodimlari ijtimoiy tarmoqlarda nolishayotgani yo‘q”, deyilgan vazirlik xabarnomasida.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
26 aprel 2017
Stokgolm hujumchisi Oqilovning sherigi deya hibsga olingan 26 yoshli chechen yigiti ikki kunlik so‘roqdan keyin 25 aprel kuni qo‘yib ...
31 yanvar 2024
U 1. Sharqda mash'al bo‘lgan, kondintsionerdan tortib harbiy uchoqqacha ishlab chiqariladigan yuqori sanoatli davlatni dunyoga arzon ishchi kuchi yetkazib ...
1 aprel 2019
Bugun xoh smartfon, kompyuter yoki planshet bo‘lsin, ularning eng mukammali va ishonchlisi sanalgan Apple sohiblari 40 yil muqaddam unga ...
23 oktyabr 2017
Sovet O‘zbekistonini uzoq yillar boshqargan Sharof Rashidov shaxsiga har xil baho berish mumkin. Kimdir uni respublikani ruslashtirish, paxta monopoliyasini ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...