Document UZ
31 yanvar 2024

U haqda 21 haqiqat

U

1. Sharqda mash'al bo‘lgan, kondintsionerdan tortib harbiy uchoqqacha ishlab chiqariladigan yuqori sanoatli davlatni dunyoga arzon ishchi kuchi yetkazib beradigan qoloq va xarob  o‘lkaga aylantirdi.

2. Konvertatsiyani cheklagani ortidan iqtisod muzladi va pul bosuvchi stanok yonida turgan saksonta oila milliarderga aylandi va aksar aholi qashshoq bo‘ldi.

3. Ismida bek yozilgan millat pasportiga “tilanchi”, “qashshoq” ma'nosidagi fuqaro tamg‘asini yopishtirdi.

4. Aynan u O‘zbekiston gazini o‘ris va xitoyga o‘ptim berib, mamlakatni zimistonga aylantirdi. 

5. Ilmiy tekshirish va boshqa o‘nlab ilm dargohlarini yopdi. Matematik, fizik va muhandislar mamlakatdan chiqib ketdi. Mamlakatni oltin kallalar tark etib, oltin tishli johillar egalladi. 

6. O‘zbekistonda paxta qulligi va majburiy mehnatni eng ayanch nuqtaga olib bordi. Paxta majburiy mehnatiga qarshi chiqqan faol Umida Niyozovani qamadi. 

7. Ilojsizlikdan uyidan chiqib ketib Rossiyada ko‘cha supurib tirikchilik va barqarorlikni ta'minlayotgan madirkorlardan oshkora jirkandi. Ularni kamsitdi. Elchixona va konsulliklar chetdagi o‘zbek mardikoridan aynan uning davrida yuz o‘girdi. 

8. Nepotizmga asos soldi. Qizlari, kuyovi, xotini sanoqsiz qarindoshlari mamlakatni oshkora taladi. Gangsterizm, birovningmulkini olib qo‘yish prezident qizlari uchun kundalik ishga aylandi.

9. Ëlg‘on va yolg‘on matbuot aynan uning davrida rivoj topdi. Erkin matbuotni o‘ldirdi. Mamlakatdagi ilk mustaqil Telekompaniya Ey El Sini yoptirib, jurnalistlarni mamlakatdan quvib chiqardi. Mamlakat aholisini faqat o‘ris televideniyasini ko‘radigan zombi narkomanga aylantirdi. 

10. Mamlakatdagi siyosiy erkinlikni qassob kabi bo‘g‘izladi. Erk va Birlik kabi muxolifat liderlari mamlakatdan qochdi. Faollar qamaldi. Muhammad Bekjon faqat Erk liderining ukasi bo‘lgani uchun 18  yil qamoqda o‘tirdi.

11. O‘z xaqini talab qilib chiqqan andijonlik tadbirkorlar yirik kalibrli pulemyotdan o‘qqa tutilib qirib tashlandi. Xotinlar, yosh go‘daklar Andijondagi Bobur maydonida otib tashlandi.

12. Mamlakat va davlat xafsizligi bir chetda qolib faqat talonchilik va siyosiy terror bilan shug‘ullanadigan  MXX – SNB aynan uning davrida yaratildi.

13. Turkiya¸ Tojikiston¸ Qozog‘iston¸ Turkmaniston Qirg‘iziston rahbarlari bilan arazlashib, mintaqada sovuq urush holatini yaratdi. Tojik chegarasi minalandi. Minalarda o‘lgan yuzlab odamlarning ikki qo‘li uning yoqasida.

14. 2005 yil Andijon qirg‘ini ortidan mamlakat sanoati va yer osti qazilma boyligi nazoratini qo‘sh qo‘llab Rossiyaga tutqazdi.

15. Mamlakatda sug‘urta tibbiyoti tizimiga qarshilik qilgani oqibatida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi butkul ishdan chiqdi.

16. Odamlar qalbidagi davlatga ishonch, mustaqillikka hurmat va erkinlikka oshiqlik kabi xislatlarni o‘ldirdi. 

17. Mamlakat ta'lim tizimini ishdan chiqarib, millionlab savodsizlar armiyasini yetishtirdi. 

18. Aynan uning davridagi boshqaruv elitasi va ikki qizi mamlakat oltinlarini tashqariga olib chiqib o‘marib ketdi. 

19. Aynan uning buyrug‘i bilan Toshkentdagi chinorlar kesildi. Shahrisabzdagi qadimiy binolar yiqildi. Samarqanddagi Ozodlik haykali ontarildi. 

20. Aynan  uning davrida boshqaruvning avtoritar diktatura shakli yagona ma'qul tizim o‘laroq yerlashdi. Parlament va sud hukumati falaj holatga keltirildi. Demokratiya yerga ko‘mildi. 

21. Aynan uning davrida yetishgan o‘g‘ri, qallob va ikkiyuzlamchilar bugun davlatni boshqarmoqda. U o‘ldi ammo u yaratgan virus davlatni yemirishda davom etmoqda.

Kim u?

Tag‘in o‘qing
19 aprel 2022
O‘zbekistonlik huquq faoli  69 yashar A'zam Turg‘unovning uyiga 19 aprel kuni ertalab 9.00 lar atrofida tintuv o‘tkazish qarori bilan to‘rt ...
25 sentyabr 2017
25 sentyabr kuni «Eltuz» muxbirining Andijondan xabar berishiga ko‘ra, o‘qituvchilarning terimdan qaytarilishi ortidan paxta uchun pul yig‘ib olinmoqda. Andijon ...
11 oktyabr 2016
«O‘zbekistonda chiqish vizasini bekor qilishga da'vat» deya nomlanib, o‘zbek, rus va ingliz tillarida Shange.org ijtimoiy tarmog‘ida e'lon qilingan petitsiya, ...
10 aprel 2024
Toshkentni rak o‘smasi kabi qoplagan diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi reydlar o‘tkazildi. So‘nggi 3 oy davomida diniy ekstremizm va ...
Bloglar
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...