Asosiy mavzular
27 may 2020

Boy berilgan imkoniyat: Frantsiya Gulnora Karimovaning o‘g‘irlangan aktivlarini qaytardi

2020 yil 14 mayda O‘zbekiston hukumati mamlakat sobiq prezidentining qizi Gulnora Karimova tomonidan “noqonuniy xarid qilingan” aktivlarni sotishdan tushgan 10 million AQSh dollari Frantsiya tomonidan qaytarilganini e'lon qildi.

Bu xabar Frantsiya sudining Karimovaning korruptsiya orqasidan topilgan mablag‘lariga xarid qilingan mulkni musodara qilish to‘g‘risida 2019 yil 9 iyulda chiqargan hukmi ijrosi o‘laroq yangradi.

Sud O‘zbekiston tomonidan berilgan fuqarolik da'vosi asosida mablag‘ni mazkur davlatga qaytarish qaroriga keldi. Ayni paytda qamoq jazosini o‘tayotgan Gulnora Karimova uchta telekommunikatsiya kompaniyasidan taxminan 1 milliard dollar pora olishda ayblangan bo‘lib, tergov jarayonlari hali ham davom etayotir.

Aktivlarni qaytarish bo‘yicha fuqarolik forumi, Davlat jinoyatlariga qarshi xalqaro tashabbus, inson huquqlari forumi kabi tashkilotlar Gulnora Karimovaning noqonuniy aktivlarini qaytarish bo‘yicha o‘zbek-frantsuz muzokaralarinig noshaffof ekanidan jiddiy xavotir bildirmoqda.

Frantsiya tomonidan noqonuniy aktivlarning korruptsiya qurbonlariga ilk qaytarilishi O‘zbekistonga bu mablag‘larni qaytarishning trasparentlik va hisobdorlikka asoslangan mexanizmini yaratishi, oxir-oqibatda o‘zbek xalqiga foyda keltirish imkoniyati bo‘lishi mumkin edi. Afsuski, bu imkoniyat boy berildi.

Sud Gulnora Karimova nomidan Frantsiyadagi uchta ob'ektni xarid qilgan rieltorlik kompaniyalari bilan yopiq muzokaralar o‘tkazish shaklida bo‘lib o‘tdi. Bundan tashqari, Karimova ishi bo‘yicha fuqarolik tomoni hisoblanadigan “Sherpa” nodavlat notijorat tashkiloti muzokaralarda ishtirok etish huquqidan mahrum qilindi.

“Ushbu jarayonda shaffoflikning yo‘qligi halokatli va g‘ayritabiiydir. Bu zarar keltiradi, chunki mablag‘ aynan jabrdiyda xalq manfaati yo‘lida sarflanishiga hech qanday kafolat yo‘q”, deydi “Transperensi interneshnl Frantsiya” tashkiloti prezidenti Mark-Andre Feffer.

Bu holat Frantsiyaning aktivlarni qaytarish masalasida yaqinda e'lon qilingan tashabbusiga zid bo‘lib, mamlakat global korruptsiya va pul yuvishga qarshi kurashishda namuna bo‘lish imkoniyatini boy berganini anglatadi.

Bir necha yil muqaddam hokimiyat almashganiga qaramay, O‘zbekiston “Transperensi interneshnl”ning korruptsiya bo‘yicha indeksida 180 ta mamlakat o‘rtasida 153-o‘rinda turibdi.

Shuning uchun O‘zbekiston va Frantsiya fuqarolik jamiyati tashkilotlari qaytarilgan mablag‘lar yana korruptsion sxemalarda foydalanilishining oldini olish uchun ularni qaytarishda shaffoflik, hisobdorlik va halollikka rioya etilishini talab qilmoqda.

Zero, aktivlarni qaytarish jarayoni haqida Frantsiya hech qanday ma'lumot taqdim etmadi, O‘zbekiston hukumati esa faqat 10 million dollar qaytarilgani va “u davlat byudjetiga o‘tkazilgani” to‘g‘risida xabar berish bilan kifoyalandi.

Ayni paytda xorijiy davlatlarda Gulnora Karimova O‘zbekistondan noqonuniy ravishda olib chiqib ketgan va investitsiya qilgan qariyb 1,3 milliard dollar mablag‘ aniqlangan.

Frantsiya yaratgan pretsedent bu mablag‘larning ham shaffoflik va transparentlik asosida qaytarilishi borasidagi xavotirlarni yanada kuchaytiradi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
16 yanvar 2021
Taniqli shoira Gulchehra Nurullaeva uzoq xastalikdan so‘ng 83 yoshida olamdan o‘tdi. 16 yanvar kuni u Toshkentdagi Do‘mbirobod qabristoniga dafn ...
7 sentyabr 2020
Bizda bugundan sovuqroq kuzak shamoli boshlandi. Men kabi sovuqqa yupqa odamlar yengi uzun ko‘ylak kiyib oldik. Bir boshdan hosillarni ...
28 may 2018
Toshkentdagi “Malika” maishiy texnika bozori o‘tgan oyda 15 kunga yopib qo‘yilgan paytda oshkora norozilik bildirgan tadbirkorlardan do‘konlari olib qo‘yilayotgani ...
30 sentyabr 2016
Moskvadagi “Fuqaroviy ko‘mak” tashkiloti rahbari Bahrom Hamroevning Moskvadagi uyiga qo‘ng‘iroq qilgan eltuz.com nashri muxbiri, uning turmush o‘rtog‘i bilan gaplashib, ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...