Kundalik
30 sentyabr 2016

Baxrom Hamroev ozod etildi!

Moskvadagi “Fuqaroviy ko‘mak” tashkiloti rahbari Bahrom Hamroevning Moskvadagi uyiga qo‘ng‘iroq qilgan eltuz.com nashri muxbiri, uning turmush o‘rtog‘i bilan gaplashib, FSB Boshqarmasi tergovxonasidan qo‘yib yuborilgani tasdig‘ini oldi.

«Uni qo‘yib yuborishdi, hozirgina tashqariga chiqqan edilar», dedi huquq faolining ayoli.

Ertalab FSB xodimlari tomonidan olib ketilgan Baxrom Hamroevning hozircha, ekstraditsiya qilinganlarni ozod etish harakatlari bo‘yicha guvoh sifatida so‘roqqa tutilgani va ish hali yopilmagani ma'lum.

Bugun tong saharda Rossiya huquq-tartibot organlari xodimlari kelib uning uyida tintuv o‘tkazishgan va uni olib ketishgan edi. Shuningdek, Eltuz.com nashriga ma'lum bo‘lishicha, tintuv payti olib ketilgan materiallar va kompyuter jihozlari hali Hamroevga qaytarib berilmagan.

Turli diniy ayblovlar bilan ta'qibga olingan shaxslar himoyasi bilan tanilgan Bahrom Hamroev 1992 yildan buyon Rossiyada inson huquqlari himoyasi bilan shug‘ullanib keladi.

Keyingi yillarda unga va uning maslakdoshlari bo‘lgan Rossiyadagi boshqa huquq faollariga hurujlar kuchaygani kuzatilmoqda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
16 yanvar 2021
Taniqli shoira Gulchehra Nurullaeva uzoq xastalikdan so‘ng 83 yoshida olamdan o‘tdi. 16 yanvar kuni u Toshkentdagi Do‘mbirobod qabristoniga dafn ...
10 yanvar 2020
Dunyoni kim boshqaradi? Dunyoni siyosat boshqaradi. Siyosat birlamchi va qolgan hamma narsa o‘ninchi. Yurmaydigan mashinaning o‘rindig‘iga yangi charm qoplash bilan ...
9 noyabr 2023
Kuzda ketib kuzda qaytdim sovet armiyasi safidan. Bizni armiya safiga oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limidan chaqirishgandi. Bu esa noodatiy ...
20 avgust 2021
Hindikush tog‘ida gulxan yonmoqda,  Hirot tepasida olov jolasi.  Holing nima kechdi? Jabhang qayoqda?  Jayhun ortidagi yurtning bolasi?  Bu she'rni ...
Bloglar
28 may 2024
Men millatchi emasman! Lekin qaytadan ta'mirlatilgan va Toshkent shahrining sobiq hokimi J. Ortiqxo‘jaev tomonidan Pasxaga ...
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...