Asosiy mavzular
24 noyabr 2020

Nyu-Yorkdan nazar: Xalqni elektr va gaz bilan ta'minlash yechib bo‘lmas muammomi?

Qishloq xo‘jaligi mutaxassisi, 70 yoshli Ismoil Ospanov «Eltuz» orqali o‘z turkum chiqishlarini davom ettirib, navbatdagi videosida O‘zbekistonda qish mavsumi, elektr va gaz tanqisligi haqida gapiradi. Buni u hukumatning e'tiborsizligi oqibati, deya ataydi.

«Nima uchun aholisi zich, shaharlari bir-biriga yaqin, infratuzilmasi yaxshi rivojlangan davlat qashshoqlik darajasigacha olib kelindi? Nima keragi bor edi prezident iqtidorga kelishi bilan o‘ziga uchta qarorgoh qurishining? Bor edi-ku qarorgoh – uni muzey qilish shartmidi? Yoki anovi «siti-miti»lar? Dunyoda eng qimmat samolyot! Kerakmidi», deya savollar qo‘yadi Ismoil Ospanov.

Ospanov o‘z chiqishida hukumatning tabiiy gaz konlarini o‘zlashtirishdagi siyosatini ham tanqid qildi. Tabiiy gaz eksportini kamaytirish, aholiga yetkazib berish hajmini ko‘paytirish kerakligini aytdi.

Uning fikricha, Rossiya bilan AES qurish shartnomasi ham iqtisodiy zararli g‘oya.

Buning o‘rniga mamlakatni elektr energiyasi bilan ta'minlash uchun shamol va quyosh energiyasi bilan ishlaydigan zamonaviy elektrostantsiyalar qurilishi kerak.

Bundan ilgari “Eltuz” kanalida chop etilgan bir qancha videochiqishlarida sobiq hokim Ismoil Ospanov prezidentning kadrlar siyosati, dehqonlar huquqlarining kamsitilishi, klaster tizimidagi korruptsiya holatlarini tanqid ostiga olgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
17 sentyabr 2019
«Farhod to‘nqayib tomosha qilayotganlardan birining dumbasiga zarb bilan tepdi. Tepki yegan “tomoshabin” “voy!” deb baqirdi. Baqiriqdan so‘ng uch soniya ...
13 dekabr 2016
2006 yilning aprelida uni hibsga olishgan payti A'zam Farmonov 27 yoshda edi, bugun u 38 yoshga to‘ldi. Yangi prezidentning ...
9 may 2022
(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 48-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan. Davomi bor.) «Sof san'at» fidoiylarining ...
1 may 2015
Islom Karimov O‘zbekistonga 1989 yildan rahbarlikni boshlagan. 24 yil avval. Juda ham qadimdan. Bu vaqt ichida u ancha qartayib ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...