Qozog‘istonda namoyishchilar hukumat iste'fosini talab qilmoqda
Qozog‘istonda 2 yanvar kuni yoqilg‘i narxlari ikki barobar oshishi sababli boshlangan g‘alayonlar ortidan hukumat iste'foga chiqarildi. Prezident Qosim Jomart Toqaev bu haqda 5 yanvar kuni ertalab e'lon qildi.
Toqaev, Havfsizlik kengashi raisi Nursulton Nazarboev mansabidan ketgani, uning o‘rniga o‘zi tayinlanganini bildirdi. Bundan ilgari prezidentning oilasi bilan mamlakatni tark etgani haqida gap so‘zlar tarqalgan edi.
G‘arbiy Janao‘zen shahrida yangi yil kirib kelishi ortidan suyultirilgan gaz narxlarining oshirilishiga qarshi boshlanib ketgan norozilik tezda mamlakatning boshqa shaharlariga yoyildi.
Jumladan Eltuzga yetib kelgan xabarlarga ko‘ra, Olmaotada namoyishchilar hokimiyat binosiga borayotgan o‘t o‘chirish mashinasini tortib olishgan. Shaharda internet va telefon aloqasi uzib qo‘yilgan.
Hukumat gaz narxi tushirilishini e'lon qilishiga qaramay, noroziliklar to‘xtagani yo‘q – namoyishchilar endilikda siyosiy talablarni ilgari surishmoqda, prezident Tokaev iste'fosini talab qilishmoqda.
Eltuz.com