Asosiy mavzular
13 noyabr 2022

Asarlari millionga sotiladigan Benksi Ukrainada rasm chizdi

Asarlari millionlab dollarga sotiladigan zamonamizning eng taniqli tirik rassomi Benksi Ukrainaning Rossiya varvar bosqinchilari vayron qilgan Borodyanka qishlog‘iga atay borib devorga rasm chizib ketdi. Britaniya ko‘cha rassomligi yulduzi o‘zining bu grafiti asari bilan jafokash ukrainlarni qo‘llashini bildirdi. Benksi Borodyanka ko‘chasida chizgan suratini Instagramdagi rasmiy sahifasiga joylashtirdi.

Asar haqida

Britaniyalik rassom Benksi urush oqibatida vayron bo‘lgan uyning devorida u xarobalarga suyangandek, qo‘llarida teskari turgan gimnastikachi qizni chizdi. Rassom bu asarni rus bosqinchilari hujumidan portlagan beton va armatura orasida tasvirladi.

Benksining Instagram sahifasida bu rasm qisqacha imzoladi:»Borodyanka, Ukraina».

Benksi ham xuddi Rassom Tuz kabi kimligini oshkor qilmaydi. Eltuzda Benksining Ukrainaga kelganligi haqida isbotlar bor. Bir xafta oldin Kievdagi Mustaqillik maydonidagi beton bloklarda Benksi chizgan graffiti asar paydo bo‘lgani edi. Asarda ikki bola, xuddi tankdan mudofaa qiladigan metall kirpi ustida tebranayotgandek turibdi. Surat Benksining muxlislar sahifasi tomonidan nashr etilgan edi.

Benksining Instagram muxlislari sahifasida Ukraina haqidagi birinchi xabar.

O‘zbekistondagi aksari o‘riqsul bo‘lgan rassom va ashulachi ministrlardan farqli dunyodagi barcha taniqli rassomlar Ukrainani qo‘llab quvvatlamoqda. Shu o‘rinda taniqli o‘zbek rassomi Vyacheslav Oxunov ham Ukrainani qo‘llab Kievda ko‘rgazma o‘tkazganini aytish joiz. Rassomlar o‘z veb sahifalari ustiga «Bu rassom Ukraina tarafida» degan yozuv yozib ukraina bayrog‘ini ilib qo‘ygan. Shulardan biri¸ balki eng mashxuri Benksidir.

Benksi urushda yaralangan Ukraina bolalariga yordam berish uchun o‘z asarlaridan tushgan katta mablag‘ni ko‘mak sifatida berdi.

Benksi (Banksy) Bristol va London ko‘chalarida chizgan stencil graffiti bois mashhur bo‘ldi. Benksi Britaniyalik ko‘cha rassomining taxallusidir. Uning asl ismini kam odam biladi.

O‘tkan yili rassomning “Shar tutgan qiz“ deb nomlangan asari 1,04 million funtga sotilgan edi.

O‘zini Benksi, deb atovchi sirli rassom Angliyaning Bristol shahrida yashaydi. U bugungi kungacha o‘z shaxsini ochiqlamay kelaayotir.

@eltuz

Tag‘in o‘qing
6 yanvar 2021
Toshkent xalqaro aeroportida ikki tomonlama shartnoma asosida O‘zbekistonga kirib kelayotganlarni koronavirusga tekshirish ishlari bilan “Tibbiyot dunyosi” MChJ shug‘ullanmoqda. Germaniya, ...
15 may 2023
«O‘zbekiston ovozi» gazetasining 1992 yil 15 may sonidan lavha «Islom Karimov ‘Ozodlik’ radiosi va ‘Amerika ovozi’ vakillari bilan uchrashdi» ...
20 iyul 2016
O‘zbekiston Xalq artisti Erkin Komilovning o‘zi bilan sodir bo‘lgan voqeani ayta turib, Toshkentga viloyatdan kelayotganlarni uyat gap bilan so‘kkanini ...
23 mart 2020
Koronavirus chiqqani ortidan tualet qog‘ozi talamon bo‘ldi. Rassom Kirpidan pandemiya mavzuiga oid yangi karikatura. Eltuz.com
Bloglar
9 may 2025
Xitoy, Turkmaniston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Belarus, Mongoliya, O‘zbekiston, Vetnam, Laos, Misr rahbarlari Moskvadagi “G‘ALABAFURUSh” paradida imperiyachi ...
30 aprel 2025
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
8 aprel 2025
Boshqirdistonning Ay Yola musiqa guruhi yaratgan Homay qo‘shig‘i turkiy xalqlar superxitiga aylandi va Shazam reytingi ...