Surxondaryoda samosud qilingan ayol videosi tarqalgani ortidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Eltuz kanaliga yetib kelgan videoda ikki nafar hijobli qiz 1 million sӯm qarzi bӯlgan boshqa bir qizning ustidagi kiyimini yirtib tashlashgani. Sӯngra uning qoshi va qoshini ustara bilan qirtishlashgani aks etgan.
Surxondaryo viloyat IIB bir guruh ayollar qarzini bermagani uchun ayolni do‘pposlab, qosh va sochlarini kesib, kiyimlarini yirtib tashlashgani aytilayotgan holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borgan va chora ko‘rgan.
Ma'lum bo‘lishicha, xolat 2022 yilning noyabr oyi oxirlarida, Denov tumani «Bog‘ishamol» mahallasi hududida sodir bo‘lgan.
Sariosiyo tumanida yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan D.S. Denov tumanida yashovchilar 2003 yilda tug‘ilgan R.G. va X.N. ismli ayollar o‘rtalarida avvaldan mavjud bo‘lgan nizolari yuzasidan, o‘zaro janjallashib, D.S.ni mahalla hududida urib tan jarohati yetkazgan.
Viloyat prokuraturasi holat yuzasidan 23 aprel kuni jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma'lum qildi.
To‘plangan hujjatlarga ko‘ra, Denov tumanida yashovchi ayol G.R. o‘ziga ilgaridan tanish bo‘lgan, shu tumanda yashovchi N.X. ismli ayol va Z.Yu. ismli erkak bir guruhga birlashib, o‘ziga ilgaridan tanish bo‘lgan ayol S.D.ni Z.Yu. boshqaruvidagi Nexia da Denov tumani «Bog‘ishamol» MFY hududiga olib kelib, go‘yoki 1 million so‘m qarzi borligini vaj qilib, S.D.ni urib-do‘pposlagan.
Bundan tashqari, o‘zlari bilan olib kelgan qaychi bilan sochlarini kesib, ustara bilan qoshlarini qirib, egnida bo‘lgan kiyimlarini yechib yalang‘ochlab, o‘zlarining bu harakatlarini videotasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yuborgan.
«Mazkur holat yuzasidan 23 aprel kuni Denov tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan G.R. va N.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 2-qismi «b,v,g» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov harakatlari tuman prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan», deyiladi xabarda.
@eltuz