Turkiyada o‘zbek talonchi va firibgarlari qo‘lga olindi
O‘zbek vatandoshlarining Turkiyada qamoqqa olinganiga oid rasmiy bilgi:
O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasining huquqni muhofaza qiluvchi organlari hamkorligida 2024 yil boshidan uyushgan jinoiy guruhlar, giyohvand moddalar kontrabandasi, talonchilik va firibgarlik jinoyatlarini sodir etib, xalqaro qidiruvda bo‘lgan 8 nafar O‘zbekiston fuqarolari qo‘lga olindi.
Bular ichida OAV va ijtimoiy tarmoqlarda xabar qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi N.M. ham bo‘lib, u “Xalqaro odam savdosi” jinoyati doirasida Turkiyaning Chanaqala viloyati hududida qo‘lga olingan.
Hozirda har bir holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Bosh Konsulxona jinoyatchilarga jazo muqarrar ekanligini, fuqarolarimizdan esa qonunlarga amal qilishni, firibgarlarga aldanmaslikni va o‘zlarini ehtiyot qilishlarini so‘rab qoladi. Bosqinchi va firibgarlar qamoqda.
Eltuz o‘zbekistondagi jinoyat olamiga oid xabarlarni yoritishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘ling. Videolarimizga layk qoldiring.