Catira
13 iyun 2016

Sammitdan oldin “Ur to‘qmoq”

Sammitga hali ikki hafta vaqt borligiga qaramay, masjidlarga va boshqa jamoat idoralariga, odamlar maxsus metall skaneri orqali tekshirilgan holda kiritilmoqda.

16 iyundan shaharga kirib chiqadigan avtobuslar va temir yo‘l transporti harakatlari to‘xtatildi, mardikor bozorlari yopilib, viloyatdan kelgan fuqarolarni yashash joylariga qaytarish, ayrim idoralarni vaqtincha ta'tilga chiqarish harakatlari boshlab yuborildi.

Atigi ikki kun 23-24 iyun kunlari o‘tadigan Sammit tufayli, shu oy boshidan buyon barcha “huquq-tartibot tizimlari kazarma holati”ga o‘tgan.

Biroq, ayni holatni odamlar kazarmalarda emas, Toshkent ko‘chalarida kuzatishmoqda.

Shuningdek OAVda, soat kechki 10 dan keyin ko‘chada yurgan shaxslar, militsiya tomonidan to‘xtatilib olib ketilayotgani aytilmoqda. Tarmoqda shuningdek, Sammit arafasida badjahl militsionerning «ur to‘qmoq»ni ishlatib mashina onasini urib sindirgan videosi tarqaldi.

Rasmiy OAV xabarlarida «oliy darajadagi xalqaro anjumanlarni o‘tkazish borasida jahon tajribasidan kelib chiqqan holda» o‘tayotgani aytiladi.

Biroq ayni damda, ikki kunlik tadbirni deya butun bir shaharni yopadigan bunday mamlakatni dunyoda izlab topish qiyin.

Bu yangi rusumdagi o‘zbek tadbirini talqin qilar ekan rassom Elsevar, havfsizlikni yanada kuchaytirish uchun butun mamlakatni yopib qo‘yish kerakligini tavsiya etadi.

Rassom Elsevar
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
16 dekabr 2016
17 yildan buyon qamoqda qolayotgan taniqli jurnalist, 62 yoshli siyosiy mahkum Muhammad Bekjon jazo izolyatoriga tashlangan va uning muddati ...
19 oktyabr 2015
Eltuz manbalariga ko‘ra, tuman bo‘yicha hozircha uchta maktab o‘quvchilarining paxta terimiga chiqarilgani haqida aniq ma'lumotlar bor. Bular Oltinko‘l tumani, ...
14 iyun 2016
Rasmiylar «ulkan yutuqlar, mislsiz muvaffaqiyatlar, buning natijasida tobora farovonlashib borayotgan hayotimiz» haqida ertak to‘qiyotgan bir paytda oddiy o‘zbek ayolining ...
28 oktyabr 2020
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Frantsiya mollarini boykot qilishga chaqirdi. Tushundik. Xitoy mollariga boykot qilsak qandoq bo‘lar ekan, rais? ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...