«Abu Saxiy» egasi yaqinlarini garovdan kim qutqardi?
10 million dollarlik keys! Kuppa kunduzi toshkentlik boy otaning qizi va nevarasi o‘g‘irlab ketilib, ularning kallasi 10 million dollarga baholangani haqida kinstsenariy yozsam, kino kattasi Shuhrat Rizaev: «Bunday voqealar bizda bo‘lmaydi. Chikago bilan Toshkentni solishtirma» deb, o‘tkazmagan bo‘lardi.
Ammo yuz bergan voqealar¸ Eltuz tasarrufidagi video va audiyozuvlar bu kriminal voqea aynan Toshkentda bo‘lgani, London va Istanbuldagi o‘zbek boy ota va krimavtoritetlar ishtirokida yakun topkanini ko‘ramiz.
Avvaliga eng so‘nggi yangilik.
Toshkent mahkamasi marhum prezident Karimovning kuyovi Temur Tillaevning tijoriy hamkori Davronbek Alimbekov oila a'zolarini garovga olib, 10 million dollar talab qilgan 9 kishini aybdor deb topdi.
Sud hukmiga ko‘ra, ish bo‘yicha 9 kishi bir qancha moddalar bilan aybli deb topilib, ularga nisbatan 8 yildan 18 yilgacha muddatda uzoq yillik ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Nima bo‘lgan edi?
2023 yil. Mart. Turkiyada istiqomat qiladigan krim avtoritet Ravshan Zolotoyga O‘zbekiston IIV tergovchilari chiqib, garov evaziga odam o‘g‘irlash hodisasi yuzasidan yordam so‘rashadi.
Voqea jinoyat olami “ponyatka”lari doirasidan chetga chiqqan edi.
Abu Sahiy bozorining sobiq egasi Davron Alimbekov Abu Sahiyning joriy egasi uyg‘ur hojini o‘ldirishni chechen banditlariga “zakaz” kiladi. Hamma narsa kelishilgan. Banditlarning o‘qlangan miltiqlari uyg‘ur hojini nishonga olib, amr kutayotgtan paytda Davronbek “zadniy”ga uradi.
Buyurtmani bekor qilib, suiqasdni to‘xtatadi. Vaholanki qotillik uchun juda katta summa va'da qilingan edi. Puldan quruq qolganidan jahli chiqqan chechen kallakesarlari Amerikada qochib yurgan, “Roxa” laqabli asli toshkentlik Ravshan ismli bolaga chikishadi.
«Neporyadok. Davrondan 5 million doillar olish kerak kamida. Xolostoy shuncha odamni ovora kildi. Pust za bazar otvechaet!» deyishadi.
“Roxa” Toshkentdagi bandit bolalarga telefon qilib Davronbek Alimbekovning qizi va nevarasini o‘g‘irlashni buyuradi.
“Roxa” bu ish qulay bo‘lishi uchun Davronning Toshkendagi odamlarini sotib oladi. Eltuzda mavjud videoda Alimbekov oilasining shofyori ham jinoyatga sherik ekani ko‘rinadi.
Tergov materiallari va sudda oshkor bo‘lgan ma'lumotlarga ko‘ra, «Abu Sahiy» bozorining sobiq rahbari, hozirda Buyuk Britaniyada yashab kelayotgan Davronbek Alimbekovdan pul undirish maqsadida bir nechta shaxslar uning O‘zbekistondagi oila a'zolarini o‘g‘irlab, evaziga pul talab qilishadi.
2023 yilning 9 mart kuni ertalab uning qizi M.O farzandini bog‘chaga olib ketayotganida ularning yo‘lini to‘sib, soxta qurol bilan qo‘rqitib olib qochishgan.
Ushbu shaxslar ijaraga olingan mashinadan o‘g‘irlangan raqam taqib foydalanishgan. Shuningdek, jabrlanuvchilarning qimmatbaho, xususan, 250 million so‘mga yaqin buyumlari olib qo‘yilgan. Jabrlanuvchilarning manzillari va boshqa ma'lumotlar ularning shaxsiy haydovchisi J.M tomonidan berilgani aniqlangan. M.O va uning farzandi I.M saqlab turish uchun oldindan band qilingan ijara uyiga olib ketilgan va ularning mashinasi izlardan tozalanib, Yashnobod tumanidagi 145-sonli avtosaroy hududida qoldirib ketilgan.
Shundan so‘ng, ushbu shaxslar Davronbek Alimbekovning yordamchisiga bog‘lanib, jabrlanuvchilarning O‘zbekistondan olib chiqib ketilganini bildirib, ko‘rsatilgan kriptohamyonga ma'lum vaqt ichida 10 million dollar miqdoridagi pullarni o‘tkazishini talab qiladi.
Voqea jiddiy.
Shunchalar jiddiyki, O‘zbekiston prezidenti xabardor qilingan.
Bu besprededelga chek qo‘yish talab qilinadi.
Asnoda IIV tergovchilari Istanbulda istiqomat qiladigan jinoyat olamida «Zolotoy» laqabi bilan tanilgan Ravshan Muhiddinovga chiqishadi.
35 yoshli Ravshan «Zolotoy»Roxa AQShda istiqomat qiluvchi vatandoshi va adashi Roxaga bilan gaplashib Davronninig qizi bilan nevarasini qaytarishda yordam berishni so‘raydi.
«Ravshan Zolotoy» AQShdagi Roxa bilan jiddiy gaplashadi. Roxa Amerikada o‘zbekistonlik boshqa bir krim avtoritet Akmal Stivison bilan birga edi. O‘sha 90 yillar boshida Dendraparkdagi otishmadan omon qolgan Akmal Stivenson.
Ravshan Roxaga ichki razborkalarni deb yosh qizaloq va ayol kishini garovga olish noto‘g‘ri ekanini aytadi.
Ravshan Zolotoy aynan yosh qizaloq va ayolni qutqarish uchun bu ishga aralashayotganini ta'kidlaydi.
Roxa Ravshanning gapini yerda qoldirmay, Toshkendagi bandit bolalarga telefon qilib, garovga olinganlarni qaytarishga amr beradi.
Shu tariqa Davron Alimbekovning qizi bilan nevarasini taksiga o‘tkazib uyiga qaytarishadi.
Roxa taksining nomeri va soat nechchida uyiga borishini Ravshanga oldindan aytadi.
Garovga olinganlar sog‘ salomat qaytariladi. Ko‘p o‘tmay banditlar qo‘lga olinadi.
Rasmiy xabarda olib borilgan tergov-tezkor harakatlar natijasida ushbu shaxslar qo‘lga olinib, jabrlanuvchilar uyiga qaytarilgani aytiladi. Ammo rasmiy xabarlarda Ravshan Zolotoy ko‘rsatgan beg‘araz yordam haqida lom mim deyilmaydi.
Rasmiy xabarnomada aytilishicha, Alimbekovning qizini o‘g‘irlashda to‘qqiz kishi qatnashgan. Aniqlanishicha, mazkur jinoyat harakatlarini amalga oshirishda ishtirok etgan O‘zbekistondagi uyushgan jinoiy guruh a'zolarining har biriga ma'lum vazifalar yuklatilgan bo‘lib, bir nechtasiga o‘g‘irlanishi lozim bo‘lgan shaxslar haqida, xususan, manzil va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumotlarni yig‘ish yuklatilgan bo‘lsa, boshqalar kerakli jihoz, avtomobil, avto raqam va ijara uylarni topgan.
Xullas, banditlar jazolandi.
Bu natija prezidentning doimiy nazorati samarasi ekani haqida Eltuzga aytishdi.
O‘zbekistonda 2023 yil 2 dekabrdan boshlab “jinoiy guruhlarni aniqlash va qo‘lga olish bo‘yicha keng ko‘lamli reydlar o‘tayotgani” rasman ma'lum qilingan edi.
So‘nggi xabarlarga qaraganda, shu kungacha mazkur tadbir doirasida yuzdan ortiq kishi protsessual tartibda ushlangan, ulardan 52 nafari hibsga olingan. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 22 dekabrda o‘tgan Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashi yig‘ilishida: “O‘zini „ko‘cha“ deb ataydigan jinoiy guruhlar bo‘ladimi, korruptsiyaga berilgan mansabdor shaxslar bo‘ladimi, kim qonunga bepisand qarab, davlat va jamiyatga zarar yetkazadigan bo‘lsa, biz bunga hech qachon jim qarab turolmaymiz”, — deb ta'kidlagan edi.
Eltuz.com