Document UZ
19 fevral 2024

Suv xo‘jaligi idorasining 20 milliardlik tanlovsiz qurilish shartnomasi

Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi «Suv xo‘jaligida kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligi»ning «Toshkent suv qurilish invest» davlat muassasasi hech qanday tender va tanlovlar o‘tkazmay, Ohangaron tumanida 2 ta ko‘tarmali nasos agregati o‘rnatish hamda lotok tarmoqlarini rekonstruktsiya qilish bo‘yicha «GOLD PRINT MASTER» MChJ bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzgan.

Shartnomaning umumiy qiymati qariyb 20 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Ochiq ma'lumotlarga ko‘ra, «GOLD PRINT MASTER» MChJning sohaviy qurilish-pudrat tashkilotlari (umumqurilish-ijtimoiy ob'ektlar) bo‘yicha reyting bahosi — DDD, ya'ni 1-quyi daraja. Korxonaning ustav fondi 3,5 mln so‘m deb ko‘rsatilgan.

Shuningdek, mazkur korxona to‘g‘risidagi ma'lumotlar Melioratsiya va irrigatsiya reytingida topilmadi. Aftidan bunday qurilish ishlari bo‘yicha avval hech qanday buyurtma olmagan va bajarmagan. Qurilish ishlarini amalga oshirish uchun korxonada hech qanday maxsus transport vositalariga ega emas.

PS. Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi davlat muassasi qanday mezon va o‘lchovlar asosida mazkur korxonaga yirik qurilish ob'ektini ishonib topshirganligi haqida ochiq manbalarda birorta ma'lumot yo‘q.

Tag‘in o‘qing
28 aprel 2021
Davlat soliq qo‘mitasi va uning tarkibiy bo‘linmalari xodimlari birlashgan kasaba uyushmasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboevni sudga ...
9 may 2017
9 may kuni Shomahmudovlar haykali qayta ochildi. Toshkentlik taxlilchi Anvar Nazir fikriga ko‘ra, bu haykal sovet davrini qo‘msagan o‘zbekistonliklar ...
24 yanvar 2016
Taniqli qo‘shiqchi, 45 yashar Nargiz Zokirova shanba kuni Moskvaning Backstage restoranida bergan kontserti chog‘ida ikki ksenofob ayolning tajovuziga uchradi. ...
3 oktyabr 2016
Kasb bayramlarini o‘zbek tibbiyot xodimlari har yili paxta dalalarida o‘tkazishga majbur. Shugina emas, ularni o‘zbek hukumati «qora ishchi kuchi» ...
Bloglar
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...