Amerikadagi o‘zbek mulla maslahatiga muhtojmi?
Bugun AQShda o‘zbek muxojirlari soni ortmoqda. O‘zbeklar amerikaning katta-kichik shaharlarida yashab yangi hayotga moslashish jarayonini boshdan kechirmoqda. Eltuz tahlilchi eksperti Baxodir Fayz yangi yil arafasida podpolkovnik Toxir Baqoev bilan suhbatlashdi.
+++
Yangi yil arafasida ko‘plab amerikalik o‘zbeklar ko‘tarinki kayfiyat uchun uyda archa bezashadi. Yangi yil va boshqa mavsumiy bayramlarni nishonlash orqali o‘zbek muxojirlari ham shu jamiyatning a'zosi ekanligini anglab kayfiyati ko‘tariladi.
Eltuz suhbatdoshi Tohir Baqoev AQShning Pensilvaniya shtati Pitsburg shahrida yashaydi. Tohir aka oilasi bilan Amerikada bir necha yillardan beri farovon hayot kechiradi.
Amerikada inson huquqlari va erkinliklari himoya qilinganligi, bola huquqlarining qattiq muhofaza qilinishi bu davlat qonunlariga nisbatan ishonch va hurmat uyg‘otadi deydi u.
Tohir Baqoev yangi yil archasini bezatar ekan kelayotgan yil ekstremizm va diniy radializmdan holi, bag‘rikenglik yili bo‘lishini istaydi.
Axborot oqimlari, turli g‘oyalarning to‘qnashuvi davrida o‘zbek jamoatchiligi ichida “Amerika bola tarbiyasiga zararli muhit” degan fikr targ‘ib qilinmoqda. Gender tengligi masalasida sharq jamiyatida keskin va salbiy fikrlar mavjud. Ko‘pchilik ayollar huquqi tengligi degan jumlani eshitib birdan ayollarning erkakdan ustunligi deb tushuna boshlayapti. Kishilar madaniy, diniy dogmalar ta'sirida ayollarning huquqiy tengligini inkor etishadi. Biroq suhbatdoshimiz Amerika muhiti sabab ziyoli ota-onalar bola tarbiyasida bag‘rikenglik, mehr va adolat bilan yondashadi deydi.
AQShning Pitsburg shaxridagi o‘zbeklar jamiyati amerikdagi o‘zbeklarga qidiruvda bo‘lgan yoki diniy nizo chiqargani bois O‘zbekistonda qamalgan Abror Muxtor Aliy qabilidagi mullalarni o‘rnak qilib ko‘rsatishi bilan nom chiqargan. Pitsburgdagi o‘zbeklar jamiyati antismitizm¸ toqatsizlik¸ diniy tafrika bilan tanilgan radikal tiplar bilan onlayn muloqot o‘tkzib AQShdagi o‘zbekyalar miyasini ektremizm bilan kodlayotgani xavotirli xolat. Kuni kecha bu tashkilot Saudiiyada yurgan o‘zbek radikal mullani maslahatga chaqirdi. Mulla gapni “g‘ayridin kofirlar yurti”da yashashlik haqida aql o‘rgatishdan boshladi.
Insonda e'tiqod va vijdon erkinligi bor. Har qanday muqaddas din mavjud bo‘lish huquqiga ega albatta. Lekin din vakillari kishilar o‘rtasida ayirmachilik qilib, kofir va haqg‘oyga ajratishi havotirli holat. Amerika kabi ko‘p millatli va turli e'tiqodli jamiyatni bunday ayirmachilik, tarafkashlik parchalab yuborishi, kishilar orasida adovat va begonalik urug‘ini sochishi muqarrar. Tafkir kayfiyati, ayirmachilik, boshqa din vakillaridan ajralib olish, kofir deb haqoratlash muxojir o‘zbeklar orasida atrofga nisbatan ichki nafratni shakllantiradi. Muxojirlar din niqobiga qiziqib uning asosiy mohiyati tinchlikparvarlikdan uzoqlashib ketmoqda.
Bu Eltuz tahlilchisi Bahodir Fayzining Amerikadan tayyorlagan navbatdagi lavhasi edi. Kanalimizga obuna bo‘ling. Videolarimizni kuzatib boring.