Asosiy mavzular
9 yanvar 2025

O‘ldirilgan rus qo‘mondonlari va yollangan o‘zbek – 600’84

Xijobli ayolning masjiddagi fitnasi, rus qo‘mondonlari hayotiga suiqasd, Suriya maktablaridan olib tashlangan darslar, O‘zbekistonda gaz fojiasi va bu 600 sekund.

+++

 Belgiyalik model Marisa Papen Turkiyadagi Ayasofiya masjidida bahsli fotosessiya uyushtirdi. U xijob kiyib, etaklarini ko‘tarib, provokatsion holatda tushgan suratlarini e'lon qildi. Mazkur fotolar ommaviy axborot vositalarida tarqalganishi ortidan, Turkiya maxsus kuchlari modelning Istanbulda ijaraga olgan kvartirasiga reyd uyushtirishdi. Ammo Marisa Papen allaqachon Belgiyaga qaytib ketishga ulgurgan edi. Ma'lumotlarga ko‘ra, u huquq-tartibot organlarini chalg‘itish uchun uy ijarasini rasmiy ravishda tugatmagan.

+++

Rossiyaning Ivanovsk viloyati Shuya shahrida 3 yanvar kuni portlash yuz berdi. Portlashda Rossiya mudofaa kuchlarining komandiri Nagayko Konstantin Vladimirovich og‘ir jarohatlandi. Bosh miyyasida jarrohlik amaliyoti bajarilgan 29 yashar komandirning hayoti xavf ostida qolmoqda.

+++

Portlashning yana bir qurboni Oleg Timoshin bo‘ldi. Rossiya mudofaasi podpolkovnik bo‘lgan Oleg Timoshin 2023 yilning 14 yanvar kuni Dneprda tinch aholi yashab turgan ko‘p qavatli uyni portlatish buyrug‘ini bergan edi.

+++

Shuningdek Donetskdagi dron hujumi natijasida “Izvestie” nashri muhbiri halok bo‘ldi. Jurnalistlar mashinasi Donetsk-Gorlovka yo‘lida Ukrainaning dron hujumiga uchragan. Natijada muhbirlardan biri, Aleksandr Martemyanov o‘lgan, yana to‘rt journalist jarohatlangan.

+++

3-4-yanvar kunlari Kursk viloyatida bo‘lgan to‘qnashuvda Rossiya bir batalyon piyoda askarlari va desantchilarini yo‘qotdi. Tarkibda Shimoliy Koreya askarlari ham xizmat qilgan. Bu haqida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ma'lum qildi. Batalyondagi askarlar soni 500 nafarga yetishi mumkin.

+++

AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Financial Times nashriga bergan intervyusida Rossiyaning yadro qurolini qo‘llashi oldi olinganini ma'lum qili. «Vladimir Putin chindan ham yadro qurolidan foydalanish rejasini ko‘zdan kechirgan” dedi u. AQSh davlat kotibining so‘zlariga qaraganda, Xitoy Rossiya hukumatini yadro qurolini qo‘llash fikridan qaytargan. AQSh ushbu xavf borligini Xitoy hukumatiga ma'lum qilgach, rasmiy Pekin Moskva bilan aloqaga chiqib Rossiya mudofaasi yadro qurolini qo‘llashiga qarshiligini bildirgan.

+++

Rossiya mudofaasi yana bir bor Ukrainadagi tinch aholiga hujum uyushtirdi. Suma viloyatidagi ko‘p qavatli uy portlashi natijasida 10 kishi tan jarohati olgan.

+++

Daniyaning Kopengagen porti osmonida 20 ta noma'lum dronlar uchib yurgani aniqlandi. Daniya politsiyasi holat yuzasidan surishtiruv boshladi.

+++

Frantsiyaning «Miraj 2000-u 5 rusumli qiruvchi uchoqlari 20 yanvar kuni Ukrainaga yetkazib beriladi. Umumiy hisobda 6 dona uchoq keltiririshi ko‘zda tutilgan.

+++

Avstriya kantsleri Karl Nexammer iste'foga chiqishini e'lon qildi. Sentyabr oyida o‘tkazilgan saylov natijalari asosida u hukumatni shakllantirishga urindi. Biroq bu masala yuzasidan muzokaralar muvaffaqiyatsiz tugadi. Natijada kantsler Xalq partiyasi yetakchiligidan ketishini e'lon qildi. Xalq partiyasi NEOS nomli liberal partiya va sotsial demokratik partiya bilan birlashib hukumatni shakllantirmoqchi edi. NEOS bu taklifga rozi bo‘lmagach, Xalq partiyasi ham sotsial-demokratik partiya bilan kaolitsiya tuzishdan bosh tortdi. Mamlakat ikki yildan beri iqtisodiy retsessiyani boshdan kechirmoqda. Byudjet xarajatlari keskin kamaytirilishi kutilmoqda.

+++

2025 yil boshida Xitoy insoniyatga yangi virus taqdim etdi. Yangi virus metapnevmavirus alomatlariga ega. HMPV deb shtamlangan ushbu kasallik COVID-19dan bir necha barobar xavfliroq. Uzluksiz yo‘tal, tomoq og‘rig‘i, holsizlik va bosh aylanishi barcha kasallanganlarda kuzatilayotgan simptomlardan. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, yangi virus bolalar uchun yuqori darajada xavf tug‘diradi. Xitoy, Buyuk Britaniya va Qozog‘istonda kasallanganlar aniqlangan. Biroq Xitoy o‘z odatiga ko‘ra kasallik ko‘lami va tarqalishi haqidagi ma'lumotlarni sir saqlamoqda.

+++

Suriyadagi to‘ntarish ortidan iqtidorga kelgan salafiylar Suriya maktab ta'limidan evolyutsiya nazariyasi va «Katta portlash» nazariyasi haqidagi bilimlarni va qadimgi malika Palmira Zenobiya davriga oid barcha eslatmalarni olib tashladi. Ammo bu harakat qayta tiklanayotgan fuqarolik jamiyati faollari orasida xavotir uyg‘otdi. Faollar o‘tish davri hukumatining Suriya jamiyatining barcha qatlamlari ishtirokisiz ta'lim tizimiga yoki boshqa davlat muassasasiga o‘zgartirishlar kiritishga qaratilgan har qanday harakatlariga qarshi ekanini ochiq bildirmoqchi. Suriyada islomchilar yangi hukumatlar maktab o‘quv dasturini jamiyatning qolgan qismi ishtirokisiz o‘zgartirishga qaror qilganidan xavotir kuchaymoqda.

+++

Tojikistonda terrorchilik va xorijiy urush ishtirokchisi sifatida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan Sayfiddin Tojiboev Suriyaning yangi armiyasida yuqori lavozimga tayinlandi. 41 yoshli Tojiboev So‘g‘d viloyatining Spitamen tumanida tug‘ilgan. U «Tavhid va Jihod Jamoati»ning qo‘mondoni bo‘lib, Hay'ati Tahrir ash-Shom bilan birgalikda Bashar Asad hukumatiga qarshi kurashgan. Ushbu guruhning ko‘plab a'zolari Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolaridir. 3 yanvar kuni Hayati Tahrir ash-Shomga yaqin blogerlarning xabar berishicha, Sayfiddin Tojiboev Suriyaning yangi hukumatida mudofaa vazirligiga qarashli “Qoid amaliyat fil-Livo” (Amaliyotlar shtabi rahbari) lavozimiga tayinlangan.

+++

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo hali iste'foga chiqmadi, bu haqda faqat e'lon qildi. Biroq Donald Tramp Kanadaga bosh vazirning rasmiy iste'fosidan keyin AQShga 51-chi shtat sifatida qo‘shilishni taklif qildi va bu ko‘p muammolarni hal qilishi mumkinligini aytdi. Agar Kanada AQSh tarkibiga kirsa Bojxona to‘lovlari bo‘lmaydi va Xitoy ham, Rossiya ham «Kanada» dengizlariga o‘z kemalari bilan tahdid qilmaydi deydi Tramp.

+++

Leningrad viloyatining Novosele posyolkasida 25 yoshli qizni zo‘rlaganlikda gumon qilingan 21 yoshli o‘zbekistonlik hibsga olindi. Rossiya ommaviy axborot vositalari bergan ma'lumotlarga ko‘ra, 1 yanvar kuni jabrlanuvchi huquqni muhofaza qilish idoralariga murojaat qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, noma'lum erkak uning zaif holatidan foydalanib, kvartirasida zo‘rlagan. O‘zbekeistonlik yigit Rossiyada noqonuniy yashab kelgani aytilmoqda.

+++

Andijon viloyat sudi Rossiya Ukraina urushida Rossiya tomonida qatnashgan O‘zbekiston furaqosini sudladi. 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro chet el armiyasi tarkibida xizmat qilish, askarlikka yollanish va ukrainalik 10 nafar shaxsni o‘ldirishda ayblandi. Bosqinchi armiyada xizmat qilgan O‘zbekiston fuqarosiga 4 yil ikki oy davomida ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Andijonlik fuqaro 2023 yilda Rossiyada mavsumiy ishlar uchun ketib, keyinchalik Rossiya mudofaa kuchlari bilan yollanma askar sifatida shartnoma tuzgani ma'lum bo‘ldi.

+++

Toshkentda Lacetti va Honda mashinalari ishtirokida jiddiy avtohalokat yuz berdi. 3-yanvar kuni soat 13:00 da ikki avtomashina to‘qnashib ketgan, natijada Lacetti mashinasi ontarilgan. Ikki mashinaning egasi ham halokat haqida dalolat qilmagan. Voqea guvohlarining ta'kidlashicha, Lacetti haydovchisi psixotrop modda ta'sirida bo‘lgan.

+++

Marhamat tumani, “Shomat” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi erkak uyining yotoqxonasidagi qo‘lbola isitish pechini yoqishga urinib, gugurt chaqqan paytida xonaga to‘plangan tabiiy gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lib, fojia yuz berdi. Natijada: Erkak tanasining 90 foizi kuyish jarohatlarini oldi. Uning turmush o‘rtog‘i tanasining 35-40 foizi kuydi. O‘g‘li tanasining 20-30 foizi kuyish tashxisi bilan kasalxonaga yotqizildi. Qiz farzand tanasining 70 foizi kuygan bo‘lib, uning hayotini saqlab qolish imkoni bo‘lmadi. U 4 yanvar kuni vafot etdi. Hodisa joyiga tuman prokurori, tergovchi, IIB boshlig‘i, Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, hamda gaz ta'minoti filiali mas'ul xodimlari chiqib, protsessual hujjatlar rasmiylashtirildi.

…va bu 600 sekund edi.  Ayni paytga kelib Eltuzning yutub kanalidagi obunachilari soni 712 mingdan oshdi. Yonginangizda yuz bergan ammo siz bilmagan voqealardan xabar topmoqchi bo‘lsangiz Eltuzga obuna bo‘ling. Agar kanalimizni qo‘llab quvvatlamoqchi bo‘lsangiz, sponsorlik tugmalarini bosing. Sog‘ bo‘ling!

Tag‘in o‘qing
20 fevral 2017
O‘zbekiston chorak asr marhum Islom Karimovning besh tamoyili asosida yashab keldi. Bu besh tamoyil aslida bir tiyinga qimmatligi, qog‘ozdagi ...
22 fevral 2023
Xorazm viloyati Xonqa tumani hokimi Davlatov Muradbek Saparboevich «sud hokimiyati» degan tushunchadan mutlaqo xabarsiz.   45 yoshga kirib qo‘ygan, ...
14 noyabr 2023
Xorazm bir vaqtlar zardushtiylik poytaxti bo‘lgan. Zardushtiylar muqaddas kitobi – “Avasto”da bayon qilingan voqealar asosan, “Arianam Vayja” mamlakatida, ya'ni ...
27 aprel 2023
Xivada 1920 yilning 27 aprelida Xorazm Respublikasini tuzish bo‘yicha ta'sis qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Qurultoyda ko‘p yillardan buyon «Xiva» shaklida ishlatilib ...
Bloglar
7 yanvar 2025
Ijtimoiy tarmoqlarda “1000kitob” loyihasi bo‘yicha turli gap-so‘zlar aylanib yuribdi. Mansab talashuvi, ziyolilarning guruh-guruh bo‘lib, bir-biri ...
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...