Asosiy mavzular
22 fevral 2023

Xonqa hokimi maqomi Oliy suddan ham balandmi?

Xorazm viloyati Xonqa tumani hokimi Davlatov Muradbek Saparboevich «sud hokimiyati» degan tushunchadan mutlaqo xabarsiz.  

45 yoshga kirib qo‘ygan, Urganch davlat universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti¸ O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini xatm qilgan bo‘lsa ham O‘zbekiston Respublikasida sud qarorini ijro qilish hokimlik uchun mutlaq majburiyat ekanligini bilmaydi. 

Bu savodi g‘ovlagan hokim Hazoraspdagi boy otasi jo‘natgan pulga koridorda o‘qigan deyishdi.     

Menga qara, Muradbek Saparboevich, sud qarorini, bo‘libam Oliy sudni hurmat qilish va yugurib borib ijro qilishga majbursan.  

Shuni yaxshilab ikki qulog‘ingga quyib ol.  Davlat – bu o‘yinchoq emas. Oliy sud o‘z qarorlarini shunchaki ermakka chiqarmaydi.  

Qolaversa, sen Xonqaning xoni ham emassaan. Davlat xizmatkorisan.  Martaba jihatdan Oliy sud sendan ancha ustun. Sen qorinja bo‘lsang, Oliy sud fil! Tushundingmi? 

Mana bu esa Oliy sud ajrimi. Aniq yozib qo‘yibdi. Ajrimda Mastura Doniyor Doston fermer xo‘jaligi iltimosi qondirilsin, deyilgan.  

Ya'ni bu fermerning yerini boshqaga berish muzlatib qo‘yildi deganidir.  

Hokim to‘ra bo‘lsa «Oliy sudinga palonimni qo‘ydim» deya oliy sud karorini mensimay fermer yerini auktsionga qo‘ydi.  

Xonqa tuman hokimi Davlatov Muradbek Saparboevich  alohida olingan territoriyada o‘zini yakkayu yagona hukmdor deb sanayotgan bo‘lsa qattiq yanglishadi. 

O‘zbekiston hali butkul qaroqchilar davlatiga aylanib sud hokimiyatini oyog‘iga tosh bog‘lab daryoga cho‘ktirilgani yo‘q¸  

Xonqa tumani hokimi Davlatov Muradbek Saparboevichning davlatning oliy organi bo‘lgan sud hokimiyatiga qarshiligi mohiyatan davlatga xiyonatdir. 

Agar u o‘qigan institutlarda buni o‘rgatishmagan bo‘lsa, bu qovoq kalla hokimga aql o‘rtagish yana Rassom Tuz zimmasiga tushdi. @eltuz

Tag‘in o‘qing
22 mart 2016
Navro‘z bayrami munosabati bilan qo‘shimcha texnika va harbiylar keltirilgan O‘zbekistonning Qirg‘iziston chegarasida “siyosiy harorat” tusha boshlagani kuzatildi. Tomonlar Kerben-Ola ...
24 iyul 2017
«Yashnobod demokratiyasi» aks etgan realiti shouda tuman hokimi Dilmurod Turdiev o‘zidan oldingi mulozimlarga xos bo‘lmagan fazilatni namoyish qildi. «Mahalla» ...
14 dekabr 2016
O‘zbekiston Oliy Majlisi senati va Qonunchilik palatasining qo‘shma majlisida Abdulla Oripov nomzodi Bosh vazirlikka tasdiqlandi. Telekommunikatsiya sohasidagi korruptsiyalar bois ...
7 dekabr 2017
1 dekabr kuni O‘zbekiston fuqarolik jamiyati tashkilotlari – Markaziy Osiyoda inson huquqlari uyushmasi va O‘zbek-german inson huquqlari forumi Vashingtonda ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...