Kundalik
5 may 2015

O‘zbekistondagi taqiqlarning to‘p o‘nligi

Bizda ko‘p narsalar taqiqlangan: har qanday mafkura, din, o‘zgacha fikrlar. 

Taqiqlar shu darajada ko‘p va xilma xilki, Masyana haqidagi multik qahramoni kabi o‘ta ehtiyot bo‘lishga to‘g‘ri keladi.

LOXMATIY: “Endi har xil ertak qahramonlarini xafa qilganlik uchun turmaga tushish mumkin”

Demak, xit-paradimizning to‘qqizinchi raqami ostida – qiynoqlar taqiqi. Joriy yilning yanvarida Oliy Majlis tomonidan “Tezkor qidiruv faoliyati haqidagi” qonunga qiynoq, zo‘rovonlik va boshqa inson shaxsini xo‘rlovchi shafqatsizliklarni taqiqlovchi o‘zgarish kiritildi. 

Haqiqatan ham, bu taqiq ertak ishqibozlari uchun o‘ylab topilganga o‘xshaydi. 

To‘qqizinchi raqam – bola tug‘ishga taqiq.  Ginekologlar, bolasi bo‘lgan, biroq uchinchi bola tug‘ishga ahd qilgan xomilador ayollarga, sabablar ko‘rsatilgan maxsus yozma “tushuntirish” yozdirish haqida O‘zbekiston hukumatining og‘zaki topshirig‘ini olishdi. 

Sakkizinchi raqam – Naqd valyuta haridiga taqiq. 1 fevraldan O‘zbekistonda valyuta amaliyolari haqidagi Qonunga o‘zgarishlar kiritildi, bunga muvofiq banklar tomonidan valyuta sotilishi faqat plastik kartaga pul o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. 

Xit paradimizdagi yettinchi o‘rinni sirka – uksus taqiqi egallaydi. O‘zbekiston hukumati qarori bilan o‘tgan yilning 18 noyabridan chakana savdoda kontsentrati 10 foizdan yuqori bo‘lgan sirka kislotasini sotish taqiqlandi.

Hech kim nimaga masalan 12 %-foizli sirka taqiqlanganini izohlamaydi, balki bu uning achchiq xidi uchundir? Sirka bug‘i o‘ta achchiq hidga ega deya tushuntiradi, hukumatparast 12.uz sayti.

Beshinchi raqam – hijobga taqiq. 2009 yildan buyon musulmon ayollarning ro‘moli O‘zbekistonda taqiqlangan. Hukumat taqvodor ayollarga xijob o‘rashni taqiqladi va buni terrorchilikka qarshi kurash iddaosi bilan izohlamoqda. 

To‘rtinchi raqam – mamlakatga diniy adabiyotlarni kiritishga taqiq. Ushbu taqiq asosida O‘zbekistonga Bibliya kiritilishi taqiqlandi.

Oson bo‘lmagan bu kurashda BRONZAni paxtada ishtirok etmaganlarning uylanishiga taqiq egallaydi. O‘tgan yili Jizzax viloyatida paxta terimida yangi majburiy chora qo‘llanildi, unga ko‘ra to‘y beruvchilar va ularning mehmonlari uylanish marosimi oldidan 10 kgdan paxta terib topshirishlari kerak. 

KUMUSh esa Turkiya haqidagi har qanday eslashga qarshi taqiq sazovor bo‘ldi. Nurchilarning qamalishi, litseylarning yopilishi va turk biznesining O‘zbekistondan siqib chiqarilishi ortidan, Toshkent hukumati Turkiya haqidagi har qanday eslashni taqiqlay boshladi.

Va nihoyat – OLTIN: taqiqlarimizning cho‘qqisi – o‘zgacha fikrlarga taqiq. 

Bu taqiq prezident imzolagan shu yilning mayida kuchga kirgan «Qonunbuzarlik profilaktikasi haqidagi» qonun bilan muhrlangan. Endilikda har qanday o‘zga fikrlovchi shaxs mumkin bo‘lgan paytda ushlanishi va uy qamog‘ida qoldirilishi, shuningdek o‘zlarining “aqlsiz” yaqinlariga huquq himoyasi faoliyatidan uzoqlashtirishda ta'sir o‘tkazish uchun qarindoshlarga “bosimlar” ham mutlaqo qonuniy bo‘ladi.

Taqiqlar reytingimiz mana shunday bo‘ldi.

Tag‘in o‘qing
23 mart 2021
Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida istiqomat qiluvchi M.R. 2020 yil 8 iyul sanasida yaqin qarindoshinikidan chiqib ketganicha 3 kun uyiga ...
21 sentyabr 2019
Sumkasidan Muhammad Solih kitoblari chiqqani uchun ustidan jinoyat ishi ochilib, tergovga chaqirilgan xorazmlik 56 yashar shoir Mahmud Rajab 20 ...
13 sentyabr 2018
«Navbatim yaqinlashgan sari tobora kuchayib borayotgan vahima butun vujudimni qoplab oldi. O‘ng oyog‘im tovoni zirqirab og‘riy boshladi…». Muhammad Bekjon ...
15 noyabr 2016
O‘zbekistonda 4 dekabrda o‘tadigan saylov har galgidek cho‘ntak partiyalarning o‘zaro kelishuvi natijasida o‘tishi aytilmoqda. Birorta partiya hokimiyat tepasiga kelishni ...
Bloglar
28 may 2024
Men millatchi emasman! Lekin qaytadan ta'mirlatilgan va Toshkent shahrining sobiq hokimi J. Ortiqxo‘jaev tomonidan Pasxaga ...
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...