Kundalik
9 sentyabr 2015

Paxtaga majburlashsa, nima qilish kerak?

  • Sizni chopiq yoki paxta terimiga majburlayotgan davlat muassasasi ma'muriyatiga murojaat qilib, yuqorida
    keltirilgan qonunlarga tayangan holda paxta terimida ishtirok etmasligingizni yoki buning uchun mardikorga pul to‘lamasligingizni ayting.
  • Agar boshlig‘ingiz sizga chopiq yoki paxta terimiga chiqish talabi bilan tahdid qilsa, uni bu harakatlari qonunga zid ekani va bu holatda yuqori turuvchi organga yoki prokurturaga shikoyat qilishga majbur bo‘lishingiz to‘g‘risida ogohlantiring.
  • Agar boshlig‘ingiz baribir siz mardikor topishingizni va uning xizmati uchun o‘z hisobingizdan haq to‘lashni talab qilaversa, sizga tashkilotingizning yuqori turuvchi organiga shikoyat arizasi yozishingizni maslahat beramiz.
  • Agar davlat tashkiloti shikoyatingizni qabul qilishni rad etsa yoki o‘z muddatida ko‘rib chiqmasa, siz tuman
    prokuraturasiga murojaat etish huquqiga egasiz. Paxta ishlariga jalb qilinish “qonunda nazarda tutilgan boshqa holatlarda” deb talqin qilinishi mumkin emas.
    Chunki O‘zbekistonning amaldagi qonunchiligida mehnatga majburlash mumkin bo‘lgan holatlarni tushuntirib
    beradigan birorta qonun yo‘q.
  • Agar yuqoridagi sanab o‘tilgan xatti-harakatlar yordam bermasa yoki ular foydasiz deb hisoblasangiz, Sizda o‘z huquq va erkinliklaringizni himoya qilish uchun sudga murojaat etish huquqi mavjud.
    Shikoyat arizasini:
    — Yashash joyingizdagi sudga — Xatti-harakatlari (qarori) ustidan shikoyat qilinayotgan davlat
    tashkiloti joylashgan hududdagi yoki — Xatti-harakatlari (qarori) ustidan shikoyat qilinayotgan mansabdor
    shaxsning joylashgan joyidagi sudga berishingiz mumkin.
  • Agar sizga paxta ishlariga jalb etish to‘g‘risida hokimning, kollej/maktab direktorining rasmiy qarori yoki buyrug‘i borligini aytishsa, nima qilish kerak?
    — O‘sha hujjatni ko‘rsatishni so‘rang! Bunday hujjat yo‘qligi haqiqatga yaqinroq.
    — Agar uni sizga ko‘rsatishsa, albatta, bunday hujjatdan nusxa oling.
    U O‘zbekiston Konstitutsiyasi va qonunlariga ziddir, demak unga rioya qilish shart emas.
    — Siz Konstitutsiya va qonunlar har qanday qonunosti hujjatlaridan ustun turishini aytishingiz kerak.
    O‘zbekistonda majburiy mehnatdan himoyalanish Konstitutsiya va qonunlar bilan kafolatlanadi, demak mansabdorlarning mehnatga majburlashga oid buyruqlari hech qanday kuchga ega emas.

UGF

Tag‘in o‘qing
26 oktyabr 2024
11-dekabrdan 15-dekabrgacha Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik Katta teatrida Jorj Friderik Handelning “Tamerlano” operasi mashhur rejissyor Stefano Podaning zamonaviy ...
8 oktyabr 2024
Ipak tolasi o‘ta nozik bo‘lsa ham nihoyatda pishiq bo‘ladi. Uncha-munchaga uzilavermaydi. Ammo ipak hali tolasi olinmay pilla holatida ichidan ...
8 aprel 2019
6 aprel kuni Londonda O‘zbekiston yangi tarixining turli davrlarida siyosatga turlicha munosabatda bo‘lgan ziddiyatli olima Shirin Akiner 76 yoshida ...
5 may 2015
«Rossiya bizni bosib oladimi¸bayrog‘imizni yulib olib yerga tashlab ¸bizni qul qiladimi bizga baribir. Qorin to‘q cho‘ntak but bo‘lsa bo‘lgani» ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...