Kundalik
19 avgust 2015

Qora to‘nli bobo kasofati…

Urganch ko‘li fojiasi haqidagi xabarni o‘qib o‘tirib, unga qoldirilgan g‘alati izohni ko‘rib qoldim: “8-oy, 8-kun 8-kanal! 888-satanik raqam”.

Boshqa bir raqam mash'um fojia qurbonlarining rasmiylar aytayotgan soni – 13 nafar.
Fojiaga ko‘pchilik, sobiq prokuror, endilikda Urganchdagi 8-TV kanal raxbari Ulug‘bek Sobirovning xarakatlari sabab bo‘lganini aytmoqda.

«Buyruqni Ulug‘bek Sobirov bergan! U endi hammasini bosti bosti qilishga urinmoqda!» deya yozadi o‘zini Ali deb atagan yana bir urganchlik.

Unga ko‘ra, xonanda Navro‘z Sobirovni ko‘prikdagi odamlar orasidan olib o‘tish uchun koridor ochishganida, tor joyda «davka» sodir bo‘lgan, chekkaga tisarilishga majbur qilingan tomoshabinlar ko‘prik panjaralarini sindirib suvga qulashgan.

«Ulug‘bek mening dushmanim emas lekin haqiqat bor! U “Ey El Si”ni yo‘q qilgan, keyin bu kanalga ega chiqqan» deya yozadi u.

Aslida xammasi sal boshqacha bo‘lgan. Ulug‘bek Urganchdagi mustaqil televidenie – «Oqbo‘ri Lider Kompaniyasi» (TV ALC) ga qarshi tish qayraganlarning biri bo‘lgan. Ammo bu kanalni yopganlarning ro‘yxati xam ancha uzun. Ularning ko‘plari bugungi kunda “rahmatlik” bo‘lib ketishgan…

“Oqbo‘ri” kasofati

1994 yili 12 aprel kuni akam Shuxrat bilan 8-kanalda ochganimiz, mustaqil televideniega «Oqbo‘ri» ramzini kiritgan men edim.

Akbara, Oqbo‘ri yoki Ona bo‘ri timsoli aslida o‘sha yillari o‘zim uchun kashf qilganim Urganch shaxri ramzi edi.
Afsonaga ko‘ra, eski Xorazm tilida Urganch – Ona bo‘ri, urg‘ochi bo‘ri ma'nosini bildirgan (ya'ni “Urga” – bo‘ri, “-anch” – jenskiy rod, ayollik suffiksi).

Qadim devlar bilan tengsiz jangda urganchliklar qirib tashlanadi. Ularning naslidan bo‘lgan ikki go‘dak, – bir qiz, bir er bolani oqbo‘ri olib qochib emizib katta qiladi.
Shuning uchun menga yangi kanalni Urganch shaxar televideniesi degan nomlashdan Oqbo‘ri, yoki yanada jozibaliroq, elning yetakchisi ma'nosida Oqbo‘ri Lider Kompaniyasi deya atash ma'qul ko‘ringandi.

Ammo shu paytdan boshlab Oqbo‘rining boshi balolardan chiqqani yo‘q.

Maxalliy xukumat, militsiya va prokuratura idoralari tomonidan bir necha bor bu kanalni yopishga urinishgan.

Ikki marta yopishgan, uch marta sudlashganmiz. Ikki martasida g‘olib chiqqanmiz.

Barchasidan esimda qolgani, Urganchda prokuror bo‘lgan, nashavandligi bilan tanilgan Ulug‘bek Sobirovning gapi bo‘ldi:

  • Oq bo‘ri eding, qora bo‘ri bo‘lding!

«Qora to‘nli buva» g‘azabi

Aslida unchalik chuqur ham bo‘lmagan bu sun'iy ko‘l, bir vaqtlar «Qora to‘nli bobo» deb nomlangan eski qabriston ustiga qurilgan. Sovet davrida u «Komsomol ko‘li» deya atalgan.

Balki bu bid'atdir, biroq xar yili cho‘milish mavsumida odamlarning cho‘kish hodisalarini ayrimlar “Qora to‘nli” g‘azabiga yo‘yishadi. Boshqalar ko‘lda suv parisi borligini, har yili ko‘lga kelgan odamlarni tortib ketishini aytishadi.

Bolaligimizda oyim, Polvon ismli bir tuppa tuzuk traktorchi yigit ko‘lni kovlayotganida, aqldan ozib qolganini aytib bergan.

“Suv parisiga yo‘liqqan” derdi u. O‘sha paytda menga yertak qahramoni kabi, ko‘lda cochlarini yoyib o‘tirgan «suv parisi»dan ko‘ra, «Qora to‘nli buva» timsoli ancha qo‘rqinchli tuyulgandi.

Xuddi «Titanik» filmidagi kabi

«Shom payti edi. Hammasi huddi “Titanik” filmidagi kabi bo‘ldi. – deya eslaydi yana bir voqea shohidi bo‘lgan ayol. – Minglab odamlar panjaralari sinib ketgan ko‘prikdan muzday suvga qulardi» Ayni paytda esa olomonning dahshatli qiy-chuvini musiqa tovushlari bosib turardi…

MChS vakillari kechikib kelgani, odamlarning o‘zlari voqea qurbonlarini qutqarishga kirishganini aytadi u.
Bir ayol o‘z bolasini bag‘riga bosganicha o‘lgan, boshqasini bo‘g‘ziga suv tagidagi temir armatura sanchilgan xolda topishgan, qaysidir jasadlar qutqaruvchilar uylariga qaytganlaridan keyin suv yuziga qalqib chiqqan.
Shuningdek, bir maxalladan yetti tobut chiqqani, aksariyat o‘lganlarning bolalar ekani, marosimlarda xatto erkaklarning yig‘isi tinmayotganini aytishadi.

“Buning xammasiga Ulug‘bek javob berishi kerak, u javobgarlikka tortilishdan qochishga urinadi. Bu birinchi marta emas. Agar biz uni muxokama qilmasak, u jazosiz qolib ketadi. Uning Toshkentda tanish-bilishlari ko‘p” – deydi Ali.

Boshqa gap so‘zlarga ko‘ra, Ulug‘bek Sobirov allaqachon, (yoki vaqtincha) Rossiyaga qochib ketgan.

Qudrat Bobojon,
«Ey El Si» (8 kanal) sobiq bosh muxarriri

Tag‘in o‘qing
30 dekabr 2016
O‘zbekistonga Shavkat Mirziyoev prezident bo‘lganidan keyin ochiq sahnaga qaytgan Yulduz Usmonova, shuningdek uning qaytishi bilan katta sahnadan «sal chekkaga ...
27 aprel 2023
O‘lmasni xudoy, sinmasni kulol yaratmas. Odam ham qariydi. Shu bois pensiya yoshi belgilangan. Ëshi bir joyga borgan odam davlatni ...
31 dekabr 2022
2018 yilning 28 iyunida Xitoyning Shindau shahrida bo‘lib o‘tgan Shanxay Xalqaro Tashkiloti sammitida mamlakatimiz rahbari tashabbusi bilan “Ipak yo‘li” ...
12 aprel 2021
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi 134-maktabning ingliz tili o‘qituvchisi Shohnur Oqqo‘ziev o‘quvchiga 2 baho qo‘ygani uchun shogirdining qarindoshlari tomonidan kaltaklandi. ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...