Kundalik
13 oktyabr 2015

Yurgan odamgina manzilga yetadi

Bugun internet sahifalarida nik ostiga yashirinib vohay o‘ldim deb zorlanayotganlar o‘zgarish yo‘lida bir qadam tashlashga qo‘rqadilar. «Bundan ham yomon bo‘lsa nima qilamiz» deb o‘ylashadi va o‘tirishaveradi ox voh qilib.

Jek Londonning «Uch qalb» asarida harakatsiz turgan odamni yutadigan dahshatli qum sahrosining tasviri bor. O‘zbekiston rejimi ham shunday sahro . Odamlar harakatsiz bo‘lgani sayin ko‘proq yerga kirmoqda.

Kecha tizzalarigacha kirgan bo‘lsalar¸ bugun bellarigacha¸ vallahi a'lam ertaga bo‘yinlarigacha jimgina yerga kirishga tayyorlar. Ex¸ Konfutsiy¸ Konfutsiy seni o‘qigan sayin ko‘p narsani tushuna boshlayman.

«Eng muximi bir joyda turmaslik¸ ilk qadamni tashlashga jur'at topish.» deya yozganingda naqadar haq eding sen. Men Qoraqum va Qizilqum yoqasidagi Xorazmda ulg‘aydim.

Qumda yo‘ldan adashishning badali o‘lim ekanini har bir xorazmlik biladi. Lekin hadaf aniq bo‘lsa qumda ham sahroda ham uzoq manzilga yetish mumkin.

Xuddi ingliz maqoli kabi » A journey of a thousand miles begins with a single step» Ming mayl masofa ham ilk qadamdan boshlanadi deb tarjima qilsak bu maqolni.

Yana ne deyin. Nega jim bu xalq. Nog‘orani urmaguncha ovozi chiqmaydi desak to‘g‘ri emas. Urish so‘kish¸ kamsitish bo‘lsa shunchalik bo‘lar.

Bundan atigi 23 yil burun bu millatning o‘zgarish ishtiyoqi Boltiqbo‘yi ellari bilan bellashgan ediku. 1989 yilning avgust oyida taqdir taqozosi bilan Urganchdagi Spartak stadionida ilk mustaqil miting tashkilotchilaridan biri edim.

» Erk va mustaqillik » degan shior ostidagi bu mitingda nutq so‘zlamog‘im kerak edi. Ammo tashkiliy ishlar bilan bo‘lib nutq yozishga ulgurmadim. Rassom o‘laroq nutq yozishga no‘noq edim. Bu nutqni do‘stimiz¸ xozirda taniqli islomshunos olim Abdurashid Zohidov yozib berganligini minnatdorlik bilan eslayman. Nutq «YuRAYLIK» deb atalgan edi. Bu nutq nima haqda ekani aniq esimda yo‘q¸ lekin so‘nggi jumla esimda.

Bu so‘z «yuraylik «degan so‘z edi. Biz bu so‘z qanotida maydonlarni to‘ldirdik. Farg‘ona vodiysi¸ Toshkent va Qashqadaryo maydonlarida yurishlar boshlandi.

Millat yura boshlagan edi. Ammo sal o‘tmay harakat sardorlari TV ga chiqib «yurishni to‘xtatinglar» deb amr qilishdi. Balki taktik jihatdan to‘g‘ri bo‘lgan bu qarorning strategik hato bo‘lganiga so‘nggi 23 yil guvohlik beradi. Yurmay qo‘ygan odamni yer yutgani kabi bizni ham yer yutdi. Mana 23 yildirki karimovlar ustimizni tepkilashadi. Balkim yetar. Balkim o‘rnimizdan g‘oz turib ilk qadamni qo‘yarmiz. Balki biz ham yurib yo‘qotgan yo‘limizni topib olarmiz.

Bormi shunday istak?

Shuhrat Bobojon,
eltuz.com

Tag‘in o‘qing
25 iyun 2018
O‘zbekiston xalq rassomi Bahodir Jalolovning Qo‘qon teatri devoriga ishlangan «G‘arb va Sharq uchrashuvi» deya nomlangan freskasi Qo‘qon shahri amaldorlari ...
21 fevral 2019
Qachonlardir, Hamza teatrini vayron qilishganida, meni ortiq hech narsa bunchalik yaralamaydi, deb o‘ylagandim. Keyin xiyobon voqeasi yuz berdi, o‘shanda ...
18 sentyabr 2019
Shu kunlarda O‘zA jurnalisti Anora Sodiqova o‘zbek tilining O‘zbekistonda rivojlanishini qo‘llab chiqishlar qildi. Taniqli o‘zbek shoiri Mirzo Kenjabek esa ...
4 may 2021
(Shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobining 24-qismi. Matnning audioversiyasini muallifning o‘zi o‘qigan. Audiokitobning boshi va oldingi qismlari “Eltuz”ning ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...