Kundalik
20 oktyabr 2015

«Paxtalik» maqollar

Paxta qo‘yguncha paxta ter.


Beva xotinning tushiga er kirar,
Xasharchining tushiga — paxta.


Xasharchining go‘shti harom,
Mehnati — halol.


Aqllik paxta terar,
Aqlsiz pul topar.


Bulbul chamanni sevar,
O‘zbek — paxtani.


Kursdoshingni paxtasi bilan boy bo‘lguncha,
G‘o‘zapoya terib gadoy bo‘l.


Eringan qiz erdan qolar,
Eringan terimchi terimdan.


Beli og‘rimaganni non yeyishini ko‘r, paxtaga chiqmanganni internetda o‘tirishini ko‘r.


O‘ldirsa ham, paxta o‘ldirsin.


Paxtadan kelsa boylik, turmush bo‘larmish chiroylik.


Topgan paxta keltirar, topmagan bir piyoz


Otang paxta, onang paxta.


Talaba yotsa soyada,
paxta qolar poyada.


Yeringdan bir parcha qolsa ham paxta ek, umringdan bir kun qolsa ham paxta ek. (Bu maqol fermerlarga qarata hokim tomonidan aytilgan)


Yordan ayrilsang ham, paxtadan ayrilma.


Zar qadrini zargar bilar, paxta qadrini tergan bilar.


Izlagan olim bo‘lar,
Olim bo‘lgan — paxta terar.


Birovning yurtida bek bo‘lguncha,
O‘zingning yurtingda paxta ter.


Otangni bog‘u-rog‘i bilan qolguncha onangni paxtazori bilan qol.


Chopiqda yo‘q, terimda yo‘q, imtihonda hozir. (Paxtaga chiqmagan talabaga o‘qituvchi tomonidan piching)


Kelinni kelganda ko‘r, paxtani terganda ko‘r.


Yoridan ayrilgan yetti yil yig‘lar,
paxtasidan ayrilgan o‘lguncha yig‘lar.


Ozonda sho‘rva, kechda sho‘rva,
terimchining bo‘ynida to‘rva.


Holvani hokim yeydi, makaronni talaba.


Teshik idish suvda bilinar,
Teshik etak — paxtada.


Paxtazorda makaron yegan talaba yanagi yil qaytib keladi.


Ish biluncha gap bil, «kamolot»chi bo‘lsang paxta ter.


Talabalik paxtasi bilan go‘zal.


Er ko‘rki soqol, yer ko‘rki paxta.


Baliq suv bilan tirik,
O‘zbek — paxta bilan.


Ko‘rpang qaerda bo‘lsa, paxtang o‘sha yerda.


Akmal Nabiev,
eltuz.com

Tag‘in o‘qing
15 may 2017
May oyi boshida O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalari faoliyatiga daxldor «Oltin qalam» mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimi ortidan ijtimoiy tarmoqlar va ...
15 iyun 2024
“Katta yettilik”ka a'zo davlatlar Italiyadagi sammit chog‘ida muzlatilgan Rossiya aktivlaridan Ukrainaga yordam ko‘rsatish uchun foydalanish mexanizmini kelishib oldi,  dedi ...
24 mart 2020
Koronavirus karantini bois hukumat 24 martdan boshlab Toshkentga kirish va chiqishni noma'lum muddatga taqiqladi. «O‘zbekiston temir yo‘llari» va Uzbekistan ...
29 yanvar 2021
Mana, yana siz bilan betma-bet, yuzma-yuzman. Qarshingizda gapirib o‘tiribman. Rahmatli katta bobom Latif qori odamlar to‘g‘ri so‘zdan qo‘rqadigan zamonda ...
Bloglar
9 sentyabr 2024
Yaqinda miyani o‘rganish bo‘yicha yirik mutaxassis Tatyana Chernigovskaya ma'ruzasida ayollar bir paytning o‘zida hamma narsaga ...
10 avgust 2024
O‘zbekistonda bir arvoh kezib yuribdi. Bu Karimov arvohi. O‘zbekiston Karimov davridagi paranoyaga qaytib matbuotdagi «arvox» ...
8 avgust 2024
«Arabiston tuprog‘ida bola tug‘ish» maqsadidagi xotinlar va ularni yetaklab ketayotgan erkaklar. Arabistonda o‘qilgan sha'riy nikohga ...