Kundalik
23 oktyabr 2015

Yo‘qolgan ikki yigit MXX turmasidan topildi!

Ulug‘bek Ashur,
Eltuz.com

Shu yilning 4 sentyabr kuni Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida yashovchi 33 yoshli Aramais Avakyanning xonadoniga noxush xabar keldi. Uning qarindosh urug‘lari voqea sodir bo‘lgan Jizzax tumanining Samarqandquduq mavzesi xududiga yetib borganlarida, katta yo‘l yoqasida yonib bitib bo‘lgan yengil avtomobil turardi xolos.

O‘sha yerda xozir bo‘lgan viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari va fuqaro kiyimidagi o‘zini tanishtirmagan kimsalar, Aramais Avakyanning yaqinlariga, «O‘g‘lingiz Aramais va mana shu mashinada taksichilik qiladigan Dilshod Aliboevning taqdiri noma'lum. Tafsilotlarini o‘rganayapmiz. Ular katta jinoiy ishga aloqador degan taxminlar bor va ikkalasi til biriktirib, mashinani yoqib, respublika tashqarisiga chiqib ketishgan bo‘lishi mumkin» deb aytishadi.

G‘oyib bo‘lgan ikki yigitni izquvar itlar yordamida kechasi va kunduzi qidirishadi. Dala shiyponlari, tashlandiq uylar, mozorlar va xattoki Jizzaxdagi yengiloyoq qizlar maskanlarigacha reydlar o‘tkazilib, Dilshod va Aramaisning izini qidirishadi.

«Men xam qidiruvlarda militsiya xodimlari bilan birga yurdim. Xar soniyada, «Erimning murdasi chiqib qolsa, mening axvolim nima bo‘ladi?» degan qo‘rqinchli o‘y bilan yashadim» deydi Aramais Avakyanning rafiqasi Shirin. Qidiruvlar bir oydan ortiqroq davom etadi va natijasiz tugaydi.

Qidiruv ishlaridan ko‘ngli to‘lmagan Aramaisning onasi respublika prezidenti nomiga telegramma jo‘natadi va viloyat xuquq tartibot idoralari xodimlari ustidan shikoyat qiladi.

Telegramma egasiga yetib borganmi, yoki viloyat ichki ishlari xodimlariga insof bitganmi, 15 oktyabr kuni yo‘qolgan ikki yigitning daragi chiqadi.

Ma'lum bo‘lishicha, g‘oyib bo‘lganlarning ota onalari va militsiya xodimlari kechasiyu kunduzi qidiruv ishlari bilan yugurib yurishgan bir paytda, Aramais Avakyan va Dilshod Aliboev….viloyat Milliy Xavfsizlik xizmati idorasi zindonida yotgan bo‘lishgan!

“Hoxlaysanmi, eringni IShIDchi sifatida qamoqda chiritaman?”

Dilshod va Aramaisning yaqinlari, tabiiyki MXX xodimlariga o‘rinli savollar bilan chiqishadi. Masalan, yigitlar 4 sentyabrdan buyon xibsda ekanlar, nega u xolda viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari, yo‘qolgan yigitlarning yaqinlari bilan birga, ularni itlar yordamida kechasiyu kunduzi qidirishdi?

Nega Dilshodning shaxsiy avtomobili u g‘oyib bo‘lgan kuni yoqib yuborildi? Umuman, nega ularni o‘g‘irlashdi? Aramaisning rafiqasi Shirinning aytishicha, erini unga ko‘rsatishmayapti, advokat olishga xam ruxsat berishmayapti. Ularning ishini olib borayotgan MXXning yosh tergovchisi D. Bolbekov esa, Aramaisning yaqinlarini qo‘rqitish bilan ovora.

“Nega erimni berkitib o‘tiribsiz, uni nega ko‘rishimiz mumkin emas degan savollarimizga tergovchi Bolbekov bizni masxaralash va kamsitish bilan javob berayapti. “Xoxlaysanmi eringni Xizbutchi yoki IShIDchi sifatida qamoqda chiritib yuboraman? Istasam advokatniyam uning oldiga quymayman” deyapti tergovchi ” deydi Shirin. Bir necha kun avval, xibsdagi yigitlarni nima uchun yaqinlariga ko‘rsatmayotganliklari ma'lum bo‘ldi.

Aramaisning ota onasi o‘zlarining Toshkentdagi tanishlari vositachiligida MXX idorasi zindonidagi o‘g‘illari xolidan xabar olishga erishishdi. Ichkaridan ularga sizdirilgan xabar unchalik yaxshi emas edi: Aramais qattiq qiynoqlar natijasida yura olmaydigan axvolga kelgan ekan. Uni tergovchi xonasidagi so‘roqqa ko‘tarib olib kirib, sudrab olib chikib ketishar ekan.
Surishtiruvimiz natijasi, nima uchun aynan Aramais Avakyan va Dilshod Aliboev o‘g‘irlandi va qattiq qiynoqlarga solindi degan savolga biroz oydinlik kiritdi.

rasm433
Paxtakor tumani xokimi Qarshiboev G‘ofir Yaxshiboevich Aramaisning biznesiga ko‘z tikkan. Hokimlik saytidan skrinshot

 

Biznesini tortib olish uchun…

Aramais Avakyan bir necha yillardan buyon shaxsiy balikchilik xo‘jaligiga ega bo‘lib, uning 2 ta xovuzidagi baliqlar ko‘paygandan ko‘payib borayotgan ekan.

Aramais Avakyanning yaqinlari fikricha, xamma g‘avg‘o ana shu baliq xo‘jaligi tufayli chiqqan. Paxtakor tumani xokimi Qarshiboev G‘ofir Yaxshiboevich ana shu xovuzga ko‘z tikkan va bir yildan buyon Aramaisdan bu serdaromad xavzani tortib olishga bir necha marta uringan.

Aramais va xokim o‘rtasidagi so‘nggi janjal shu yilning fevral oyida bo‘lib o‘tgan. Baliq xo‘jaligidagi chayla oldidagi janjalda xokim Aramaisga qarab «Xa onangni ……..!!» deydi. Qoni qaynoq armani yigit esa bu xaqoratga munosib javob bergan: xokimga tik qarab «O‘zingni onangni ……!» degan.

Oradan 4 oy o‘tar o‘tmas Aramais va uni olib ketayotgan xususiy taksichi yerga kirib ketgandek g‘oyib bo‘lishadi. Aramais va taksichi Dilshodning yaqinlariga yonib ketgan avtomobil ko‘rsatiladi va izquvar itlar yordamida ularni qiliruvini boshlashadi.

MXX turmasidan chiqarilgan xabarga ko‘ra, taksichi Dilshod qiynoqlarga chidamasdan tergovchi Bolbekov istagan qog‘ozlarga imzo qo‘ygan. Lekin Aramais Avakyan xar qanday qog‘ozni advokatsiz imzolashdan bosh tortgan. Tergov ketayotgan idoradagi manbaamizga ko‘ra, Aramaisning baliq xo‘jaligi allaqachon tuman xokimi G‘ofur Qarshiboevning bir tanishiga sotib yuborilgan va oldi berdi qog‘ozlariga Aramisning imzo qo‘yishi qolgan xolos.

Lekin qaysar va to‘g‘ri so‘z Aramis Avakyan bunday qog‘ozlarga imzo chekmayapti. Xozircha. Aramaisning rafiqasi Shirin kuni kecha tergovchi Bolbekov xuzurida bo‘lganida, tergovchi unga qarab “Ering bugun bo‘yniga olmayaptimi, ertaga albatda oladi!

Ikki bolangni bolalar uyiga topshirtiraman va seni xam podvalga kallakesarlar kamerasiga qamayman. Ana shunda ko‘ramiz armani eringni xolini” deganini aytarkan, ovozida ilojsizlik va qo‘rquv belgilari bor edi…

Demak ertaga qiynoqlar yana davom etadi. Yanada noinsoniyroq va nomusni taxqirlovchi qiynoq usullari Aramais Avakyanni taslim qilarmikin? Voqealar rivojini kuzatib boramiz…

Tag‘in o‘qing
9 fevral 2024
15 asr jahon ma'naviyatining buyuk siymosi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy 1441 yil 9 fevralda Hirotda tug‘ildi. U turkiy tilni ...
12 mart 2018
Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga tashrifi aksariyat davralardagi gurungning mavzusi bo‘ldi. Zero, uzoq yillar bir-biridan uzib qo‘yilgan qardosh xalqlarning qayta yaqinlashuvi ...
17 iyul 2024
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Illinois shtati, Neypervil shahrida yashovchi asli o‘zbekistonlik 55 yoshli Zohir Qudratov o‘zining sobiq turmush o‘rtog‘i Rahimaxon ...
13 mart 2024
Salom qadrli muhlislar. Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta maktubni o‘qib eshittiramiz. Ular O‘zbekistonning Samarqand, Andijon, Qashqadaryo, Sirdaryo va Buxoro viloyatlaridan kelgan. Dastlabki maktub ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...