Multimedia
26 oktyabr 2015

«Neandertalchilik»

Qudrat Bobojon
Eltuz.com

Ijtimoiy tarmoqda javlon urayotgan do‘stlarimdan biri yozg‘irib qoldi. “Gruppamda rosa “troll” ko‘payibdi, ikkiyuztachasini “blok” qildim!”

Bir yil burun men unga javoban “To‘g‘ri qilibsan, yasha ota o‘g‘il” degan bo‘lardim. Bu safar hech indamadim.

Shunchaki, uning fikriga qo‘shilmaganim, ijtimoiy jabhadan o‘zimni chetga tortganim yoki uning ro‘yhatida 201-nchi bo‘lishdan qo‘rqqanim uchun emas. Xayolimni buzgan boshqa narsa…

Karimovning xalq ichida obro‘si oshgani rost. Taxminan 98 foiz vatandoshlarimiz kelasi saylovlarda unga ovoz berishsa, buni ham soxtakorlikka yo‘yish kerakmas.

rasm445
Prezident Islom Karimov sobiq bosh vazir o‘rinbosari Ismoil Jo‘rabekov tiz cho‘kib, Tohir Yo‘ldoshni tinglab o‘tirishibdi.

U bir vaqtlar Tohir Yo‘ldosh yonida tiz cho‘kib, unga O‘zbekistondagi demokratik parlamentni tarqatish yuzasidan “qimmatli maslahati”ni bergan kimsa emas.

Mana so‘mning qadri bir kunda 20 foizga yo‘qoldi, dollarning kursi esa 6000 dan oshdi. Biroq, bu haqda ham hozir gapirmoqchimasman, mavzu ko‘plarning g‘ashini keltirishini yaxshi bilaman.

Gapni Karimovning mamlakatdagi iqtisodiy yuksalishlar haqidagi fikrlaridan boshlayman.

Ishonavering, banan shodasini ko‘rgan maymunlarday hursand to‘dani shu zahoti meni atrofimda ko‘rasiz.

Ular allaqachon maxsus xizmatlarning oylikka ishlaydigan trollari emas. Trolling degani mutlaqo boshqa narsa, bunisi endi oddiy neandertalchilik.

Har bayramda yurtvoshining raqsga tushib qolishi ham bejiz emas. Bir to‘da olomon bir maromda, tomonga qarab irg‘ishlarkan, o‘zing ham beixtiyor nog‘ora tovushiga mos eshila boshlaysan. Buni “simptom” deyishadi.

Notavon, turmushda qiynalgan, xo‘rlangan odamlar gipnozga ko‘proq moyil bo‘lishadi. Ayniqsa so‘fining “ashir tushishi” kabi tanish ohanglar, xonadonlardagi rangli va rangsiz ekranlardan uzluksiz kelib tursa.

rasm444
Kashpirovskiy O‘zbekiston xalqi uchun maxsus teleseanslar o‘tkazgan edi

Toxir Yo‘ldosh yonida tiz cho‘kkan Karimovning hayoliga 90 yillar boshida Kashpirovskiyni teleekranga chiqarish fikri bejiz kelgani yo‘q.

Beqarorliklardan abgor bo‘lgan xalqni, poda kabi o‘zi istagan joyga yetaklash uchun eng yaxshi chora, uni yanada trans holatiga tushirish edi.

Mana o‘sha yetaklangan xalqning yana bir vakili men bilan feysbukda “qizg‘in bahs yuritish”ga urinmoqda. “Yurtimiz tinchligini, osmonimiz musaffoligini ko‘rolmaydigan…” deya boshlanadi xonish.
Akkauntimda ularning blok qilinganlari soni, ya'ni do‘stlarim safidan o‘chirganlarim qisqa vaqt ichida 175 ta bo‘libdi.

Guruhdosh, siz nima deysiz? Ularni blok qilishda davom etaveramizmi yoki guras guras chayqalib kelayotganlarga qarshi Internetni to‘sishdan bo‘lak boshqa choramiz ham bormi?

Tag‘in o‘qing
13 oktyabr 2023
Mustaqil ravishda tekshirilgan ma'lumotlarning qabul qilinishi to‘g‘risidagi sud qarori O‘zbekistonda mehnat huquqlari bo‘yicha hisobot berish uchun uzoq davom etadigan ...
11 mart 2021
(Muhammad Solih audiokitobining davomi) 1970 yillarning o‘rtalarigacha biz kandakor rassom Omon Aziz ustaxonasida ulfatchilik qildik…Kamina ilk bora Turkiya qo‘shiqchilarini ...
15 fevral 2022
Bor ekanda yo‘q ekan, och ekanda to‘q ekan. Bo‘ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan. Qarg‘a qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ...
20 noyabr 2020
“Eltuz” ga yaqin va bir-biridan mustaqil manbalarining shu haftada yetkazgan xabarlariga ko‘ra, o‘tgan haftada Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) Oliy ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...