Multimedia
24 dekabr 2015

Yulduz Usmonova O‘zbekiston prezidentini “Podshox” deya atadi

Ulug‘bek Ashur,
Eltuz.com

Rasmiy OAV tomonidan yoritilmagan ushbu taqdimot marosimi O‘zbekiston poytaxtining xashamatli “Navro‘z” restoranida bo‘lib o‘tdi. Marosimga taklif etilgan mexmonlar orasida Toshkentdagi xorijiy diplomatik tashkilotlarining vakillari, O‘zbek san'atining yosh va keksa yulduzlari bo‘lgan.

“Men sen bilan qirolichaman” deb nomlangan yangi jamlamasidagi qo‘shiqlarni birma bir tomoshabinlarga jonli ravishda kuylab berayotgan Yulduz Usmonova, “Samarqand” deb nomlangan xonishini taqdim etishdan oldin, yig‘ilganlarga qarata shunday dedi:

  • Eng kerakli ko‘shiqlarimdan, sevimli qo‘shiqlarimdan bir bo‘lgan, tandirdan uzilgan, yangi qo‘shiqlarimdan birini yozdim…Xech o‘ylaganmisizlar….Birxilgilardan men xafa bo‘laman. Nolishdan oldin mundoq dunyoga qarang, xabarni yozsang, axborotni yozsang, butun dunyo ostin ustin deydi…Ko‘z tegmasin, a, bizga… davomli qarsaklar, xushtak ovozlari)..Bizga xaqiqatda ko‘z tegmasin! Baxt nimada, onajonim, buvijonim, (zaldagi bir keksa onaxonga qarab), bir dona bo‘lib o‘tiribsiz, menga ayting, baxt nimada? Xotirjamlikda, sog‘lik salomatlikda!. Qolgan latta chutta kelovradi, ketovradi, yirtilovradi, yangisini olaverasan xudo bersa..

Men aytmoqchi bo‘lganim, bu o‘z o‘zidan bo‘lmaydi. Sendan xarakat mendan barakat. Mana shu yurtimizni necha necha yillardan beri boshqarib, butun O‘zbekistonni janjal to‘palanglardan asrab Avval ollox,… borini, jonini fido qilgan, o‘sha, man bobo deymi, Otadan xam yoshlari ulug‘, yurtimizni otasi, bobosi bo‘lgan podshoyimizga qo‘shiq yozganman. (Zalda 18 soniya mobaynida qiyqiriq, gulduros qarsaklar va “Ofarin!” degan xitoblar yangraydi) Va, xamon mingdan ming minnatdorman. Shu Samarqandning tuprog‘iga xam, (yana gulduros qarsaklar) o‘shatdan shunday farzandlarni yetishtirib tug‘dirganlarga..Beshigingdan o‘rgulib ketay o‘zbegim!

Qo‘shiq Samarqand shaxri madxi bilan boshlanib, shu zaminda yana Amir Temur kabi bir soxibqiron dunyoga kelgani aytiladi.

Soxibqiron davlat tuzgan zamoni.
Olamning sayqali bo‘lgan Samarqand,
Yana shu yurtlaringa berdi daxoni,
Shu yerda tug‘ildi temuriy….

Qo‘shiq davomida Yulduz Usmonova o‘zbekiston prezidenti Islom Karimovni xalqning xaloskori sifatida madx etadi.

Ey, soxibqironga munosib voris,
Buyuk xalq boshiga kelganda balo..
Istiqlol bayrog‘in qo‘lga oldingiz,
Xurriyat olinur, berilmas aslo!

Qo‘shiq restoran zalida yig‘ilgan mexmonlar tomonidan gulduros qarsaklar bilan kutib olindi.

Bir qancha yillardan buyon O‘zbekistonda rasman kontsert berishdan va telekanallarda ko‘rinishdan maxrum qilingan xonanda Yulduz Usmonova O‘zbekistondagi erkin ijodiy faoliyatiga qaytish uchun xarakat qilib kelayapti.

O‘zbekistonni jannatga o‘xshatish va undagi cheksiz baxtiyorlikni tinmay madx qilish orqali maqsadga yetib bo‘lmasligini anglagan xonanda, malakatning birinchi oilasiga tegishli bo‘lgan shaxslar va ularning xizmatlarini ulug‘lovchi qo‘shiqlar yaratdi.

2013 yilda u O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaga bag‘ishlab “Gulisan” qo‘shig‘ini kuyladi. Keyinchalik esa xonanda, Gulnora Karimova nazoratida o‘tkaziladigan xashamatli bir xalqaro tadbir uchun maxsus “Asrlar sadosi” qo‘shig‘ini yozdi. Lekin, ikkala qo‘shiq xam sabablari aytilmas ta'qiqqa uchradi. Oradan ko‘p o‘tmasdan esa Gulnora Karimovaning o‘z xam mamlakat siyosiy saxnasidan sirli tarzda g‘oyib bo‘ldi.

Yulduz Usmonova O‘zbekistonda norasmiy ta'qiq ostida ijod qilayapti. Unga “O‘zbeknavo” tomonidan qo‘shiq aytishga lintsenziya berilgan, lekin mamlakat ichidagi katta kontsert zallari va maydonlar xonanda uchun xamon yopiq qolayapti.

Dunyoda “Sharq primadonnasi” deya atalgan Yulduz Usmonova bugun faqat O‘zbekiston ichidagi to‘y xashamlardagi chiqishlari va xorijdagi o‘zbek auditoriyasi oldidagi kontsertlaridan kelgan daromad bilan kun ko‘rayapti. Ma'lumot uchun: Yulduz Usmonova Qozog‘istondagi to‘y xasham va boshqa korporativ tadbirlardagi chiqishlari uchun 10 mingdan 15 ming dollargacha gonorar oladi.

Tag‘in o‘qing
2 oktyabr 2015
Karimovning muxolifi bo‘lgan Muhammad Solihning mashhur satrlari bor, – “Ozodlik – hayollarning eng go‘zalidir, orzularning eng yuksagidir” degan. Men ...
22 oktyabr 2022
Shu kunlarda Lixtenshteyn Knyazligida o‘tkazilgan madaniy tadbirda, “Yuzuk e.V.“ nodavlat notijorat tashkiloti ijrochi direktori Dilbar G‘afforovaning, «O‘zbekiston tasviriy san'ati» ...
15 may 2018
Toshkentlik turkshunos olim Andrey Kubatinga o‘tgan yilning dekabrida Harbiy sud tomonidan berilgan 11 yillik muddat, yaqinda besh yilga tushirildi. ...
14 sentyabr 2023
O‘zbekistondan Rossiyaga uchib kelgan 22 yashar Hasanboy Muhammadjonov bir kunda ikkita odamnining kallasini olishga ulgurdi. 12 sentyabr kuni u Moskvada hibsga olindi. Biroq ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...