chorshanba,
18 dekabr 2024
17 fevral 2016
Kanizaga to‘yini San'at saroyida o‘tkazish ruhsati berilmadi
Bundan ilgari Kaniza (Ahmedova Shahrizoda Farhodovna) o‘zining Porsche Cayenne mashinasining oynasi sindirilgani, qimmatbaho 12000 dollarlik Vertu mobil telefoni o‘g‘irlanganidan nolib, “Bu menga dars bo‘ldi” degan edi.
Biroq, xonandaning tug‘ilgan kuni bilan bir vaqtda, 28 aprel kuni “Istiqlol” sahnasida o‘tkazilishi e'lon qilingan to‘yiga “O‘zbeknavo” qarshilik qilayotganini dard ustiga chipqon bo‘ldi.
“Agar bu g‘oya amalga oshmaydigan bo‘lsa, to‘yni hamma qatori biror restoranda o‘tkazishdan boshqa choram qolmaydi”, – deydi honanda.
Xonandaning so‘zlariga ko‘ra, uning to‘y oqshomi dasturining bannerlari allaqachon tayyor bo‘lgan, unda bu tadbirning Istiqlol Saroyi sahnasida o‘tkazilishi aytilgandi.
Eltuz.com