chorshanba,
18 dekabr 2024
24 iyun 2018
O‘zbek hakamini «eshakning o‘g‘li» degan rus sharhlovchisini so‘kish urf bo‘ldi
Rossiyalik futbol sharhlovchisi Vasiliy Utkin Argentina-Xorvatiya o‘yini paytida xalqaro nufuzi baland bo‘lgan o‘zbekistonlik referi Ravshan Ermatovni «eshakning o‘g‘li» deya haqorat qildi.
Uning bu haqoratidan so‘ng ijtimoiy tarmoqda rus sharhlovchisidan o‘zbek futbol ishqibozlari uzr so‘rashni talab qila boshlashdi.
Ammo Vasiliy Utkin tvitter va telegramda qoldirgan chiqishlarida uzr so‘rash niyatida emasligini bildirgan va bu qarorini hakamlarni uyat so‘zlar bilan haqorat qilish (ehtimol ruslar uchun. tahr.) futbol ishqibozlari uchun an'naviy hodisa ekani bilan izohladi.
Ayni paytda u o‘zining so‘nggi chiqishlarida o‘z sha'niga o‘zbeklar tomonidan eng ko‘p haqorat yog‘dirilayotganini ham bildirgan.
Eltuz.com