UzPoster
11 sentyabr 2019

Aktam Hayitov: «Biz ko‘p go‘sht yemoqdamiz!»

Toshkentda 10 sentyabr kuni o‘tgan matbuot anjumanida respublika fermerlar kengashi raisi Aktam Hayitov mamlakatda go‘sht qimmatlayotgani sababini go‘shtning ko‘p iste'mol qilinayotgani bilan izohladi.

«Go‘sht narxi nega qimmatlab ketyapti deb o‘ylaysizlar? To‘g‘ri, ozuqa yetishmasligi birinchi sabab, ikkinchidan, bugun biz juda ko‘p go‘sht iste'mol qilyapmiz. Shunchalik ko‘p go‘sht yemoqdamizki, buning natijasida ko‘pgina kasalliklar paydo bo‘lyapti. Buni «Amerika kasalligi» deyishadi, bu kasallik menda ham bor, hammamizning tanamizda ortiqcha go‘sht bor», dedi Aktam Hayitov.

Uning gapi feysbuk tarmog‘i faollari kulgusiga sabab bo‘ldi va memga aylandi:

Hamza Ali: «Mana bir «aqlli»…!😎 Biz go‘shtni kup istemol qilarkanmiz!??? Odamlar haftasiga oladigan ikki kilo gushti bir kiloga tushganiga ancha buldi. 🔉 Umuman go‘sht yemasak, Sizlar to‘yasizlarmi??? 😎🤣🤣🤣»

Anvar Mustafo: «Amaldorning «Biz juda ko‘p go‘sht yemoqdamiz» degan gapini o‘qib har qanday oddiy odam «Bizchi?!» desa kerak. Umuman olganda go‘shtning qimmatligi sababini shunga bog‘lash juda sharmandali holat. Istagan shifokordan so‘rang, qishloqlarda kamqon bo‘lmagan ayol yo‘q hisobi. Vitamin yetishmasligidan bolalar uchun davlat bepul multivitaminlar tarqatishga majbur bo‘lyapti. Bu kishim esa «ko‘p go‘sht yeyapmiz» deydiee».

Muyassarxon To‘xtasinova: «Bozorlarda go‘shtni narxini 38000- yozibdi ammo 55000-60000dan kamiga sotishmayapti. bu ko‘zbo‘yamachilik kimga, nimaga kerak??? Yuqoridagi amaldorlar hotirjam bo‘linglar go‘sht yemay qo‘yganmiz, chunki pulimiz yetmayapti. Sizlar tufayli non xam yeyolmasak kerak».

Oksana Rogojka: Balkim bizlar nafas ham ko‘p olayotgandirmiz, bo‘ynimizga schetchik qo‘yib bersin tarif bilan, oyiga qancha nafas olish kerak deb…»

Abduaziz Xikmatov: Shu hafta qaysi ahmoq chellendj qilarkana, deb kutgan edim…ISSLYeDUUYuYuЩЩIIIIYYY!!??»

Ijtimoiy tarmoqlar bo‘ylab yog‘ilayotgan ko‘plab izohlar orasidan «Eltuz» fermerlar kengashi raisi Aktam Hayitovni qo‘llovchilarni ham izladi. Lekin ularning o‘ta kamchilikni tashkil qilishi yoki rasmiyatchilikdan nariga o‘tishmayotgani ma'lum bo‘ldi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
25 aprel 2017
23 aprel kuni Stokgolm hujumchisi Raxmat Oqilovning sherigi deya gumon qilinayotgan uchinchi shaxs qo‘lga olindi. Chechen millatiga mansub 26 ...
18 dekabr 2020
Bundan roppa-rosa 100 yil oldin bolsheviklar qo‘mondoni Mixail Frunze avval Buxoroni, keyin uning shotirlari Xivani to‘plardan o‘qqa tutib, ikki ...
19 fevral 2018
Ichki ishlar vaziri, 57 yoshli Po‘lat Bobojonov o‘tgan yili «IIVning 230 nafar xodimi jinoiy javobgarlikka tortilgani, 8 ming 32 ...
20 noyabr 2023
Birinchi rahbarga hamma yoqni chiroyli ko‘rsatish uchun yasatilgan xo‘jako‘rsin hashamatga Potyomkin qishlog‘i deyiladi. Potyomkinskie derévni — bu 1787 yili Rus ...
Bloglar
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...
17 mart 2024
Rassom Tuz bir mavzu muhokamasini boshlasa ag‘dar to‘ntarini chiqarib barcha qirralarini o‘rganadi. Tanganing ag‘iniyam¸ bag‘iniyam¸ ...