Vaqt mashinasi
7 iyun 2022

7 iyun – Angliya qirolining yakkahokimligi cheklangan kun

Bu kun Angliya fuqarolik jamiyati tomonidan monarxiya zo‘ravonliklarini cheklash yo‘lida tub burilish yasalgan sanadir.

1628 yilning 7 iyunida ingliz qiroli fuqarolarning huquqlari to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. O‘sha yili Angliya parlamenti fuqarolarning huquq va erkinliklarini tasdiqlovchi “Huquqlar haqidagi petitsiya”ni qirol Karl I ga taqdim etadi.

Monarxiyaning o‘sha paytdagi zo‘ravonliklari aholiga majburiy zayomlar solinishi, sudsiz hibsga olishlar, harbiy sudlardagi qiynoqlar va tergovlardagi noqonuniy xatti-harakatlarida ko‘zga ko‘ringan edi.

Qirolning qarshiligiga qaramay, parlament millat tarixidagi bu o‘zgarishlarni qabul qildirishga erishdi. Petitsiya qirollik elitasini tashkil etuvchi jamoa palatasi va lordlar palatasi tomonidan tasdiqlandi.

“Huquqlar haqidagi petitsiya”ni qirol ustivor qonun sifatida imzolashga majbur bo‘ldi, qonun matni ulkan tirajda chop etilib, xalqqa tarqatildi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
4 fevral 2024
2019 yil Yusuf Xos Hojibning 1000 yilligi, «Qutadg‘u bilig»ning 950 yilligi Qozog‘iston va Turkiya tashabbusi bilan YuNYeSKO tomonidan dunyoda ...
25 may 2020
“Bi-Bi-Si” radiosi o‘zbek xizmati jurnalisti Muhammad Solihga: “Koronavirus pandemiyasi payti shunday chiqish qilishingiz o‘rinlimi? Buning mavridimi hozir?” qabilidagi savollar ...
22 iyun 2020
Yevropadagi eng nufuzli gazetalardan biri, Tsyurixda chop etiladigan Neue Zürcher Zeitung o‘tgan haftada o‘zbek paxtasi, majburiy mehnat va O‘zbekiston ...
15 dekabr 2015
Bunda pivo istisno qilingan. Yangi narxlar Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2015 yilning 3 dekabrdagi qo‘shma qarorida tasdiqlangan. ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...