Asosiy mavzular
2 aprel 2023

2 aprel kuni «Alash o‘rda» Kremldan muxtoriyat talab qilgan edi

1918 yilning 2 aprelida Turkistondagi qozoq milliy ozodlik harakati bo‘lgan «Alash o‘rda» partiyasi yetakchilari o‘sha davrda SSSR rahbarlari bo‘lgan Vladimir Lenin va Iosif Stalin bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri telegraf aloqasiga chiqib, hozirgi Rossiyaning bir qismi va Qozog‘iston hududidagi Alash o‘rda davlati uchun muxtoriyat talabini qo‘yishdi.

Qozog‘istonning Semipalatinsk (hozirgi Semey) shahrida qarorgoh qurgan Alash o‘rda partiyasi yetakchisi Alixon Bukeyxonov telegraf uskunasini tiqillayotgan aloqachiga qarata: “Biz «Alash o‘rda» uchun avtonomiya istaymiz”, deydi.

Gap Rossiya tarkibidagi cheklangan muxtoriyat haqida borgan bo‘lsa ham bu taklif bolsheviklarni cho‘chitgan.

Eltuz.com muxbiri gaplashgan tarixchilarga ko‘ra, Kreml «Alash o‘rda» liderlarining muxtoriyat bilan chegaralanib kolmasdan, navbatdagi qadam sifatida to‘la mustaqillik talab qilishidan xabardor bo‘lgan.

Lenin va Stalin boshchiligidagi iqtidor ham, Chor manfaatlarini qayta tiklash uchun urush olib borayotgan Kolchak ham «Alash o‘rda»ning mustaqil bo‘lishini istamagani bois, bu harakat ustiga chiziq tortildi.

Avvaliga harakat ichiga “Uch juz” partiyasi faollaridan iborat bolshevikparast unsurlar kiritildi.

Alash o‘radani ichdan yemirish uchun Nikolay Stepnov nomi bilan tanilgan leninchi bolshevik Alibiy Jangeldin safarbar qilinadi.

Tarixiy hujjatlarga ko‘ra, 1918 yilning yanvarida Alibiy Jangeldin To‘rg‘ay viloyatida bolshevik tashkilotini qurib, Alash o‘rdani yo‘q qilish masalasida Stalinga va'da bergan.

Pirovardida sovet komissariga aylangan Jangeldin 1918 yildan to 1920 yilgacha Alash o‘rdaga qarshi qurolli fitna va tajovuzlar uyushtirgani aytiladi.

1918 yilning mart oyida “Sari arka” gazetasi Alash o‘rdaning siyosiy organi bo‘lgan “Qozoq” gazetasi nashr qilingan tipografiya vayron etilganligini yozadi.

1917 yilning 5 dekabrida Orenburgdagi umumqozoq qurultoyida “Uyg‘on qozoq” shiori ostida tuzilgan Alash o‘rda davlati 1920 yilning 26 avgustida Qizil armiya tarafidan tor-mor qilindi.

Alash o‘rdaning yetakchisi Alixon Bukeyxonov hibsga olindi va 1937 yilnig 27 sentyabrida sud qilinib, “terrorchi tashkilotga mansublikda” ayblanib, Moskvada otib o‘ldirildi.

Alash o‘rdaning boshqa faollari ham o‘limga hukm qilindi.

Alash o‘rda faoliyatiga qarshi kurashgan Alibiy Jangeldin Kreml siyloviga erishib, Sovet Qozog‘istonining ilk rahbarlaridan biri bo‘ldi.

Botir Rajabov
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
4 may 2015
Shuhrat Bobojon Eltuz.com Bu partiya men orzu qilgan ikki maqsadni ko‘zlagan edi. Birinchisi Sovet Ittifoqidan butkul ajralib chiqib erkin ...
2 mart 2017
1 mart kuni jurnalist Jamshid Karimov ruxiy hastaxonadan ozod qilindi. 49 yashar Jamshid o‘tgan yili o‘lgan O‘zbekiston prezidenti Islom ...
13 fevral 2017
«Adolat» gazetasining yozishicha, shu nomdagi sotsial demokratik partiya deputatlari uyma-uy yurib, «joylarda muammolarni aniqlab, aksariyatini hal etyapti». Bu partiya ...
10 avgust 2018
Bugun Eltuz.com nashri O‘zbekistondagi korruptsion boshqaruv tizimini aks ettirgan rassom Elsevarning yangi hajviy suratini aqdim etadi. Bu kleptokratik inshootdan ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...