17 aprel – Pol Makkartni o‘zining ilk solo albomini chiqardi
1970 yilning boshida «Bitlz»ni tark etganidan so‘ng Pol Makkartni (McCartney) o‘zining ilk yakkaxon albomini chiqardi.
Bu vaqtga kelib «Bitlz» tarqab bo‘lgan, uning muxlislari va san'at tanqidchilari Pol Makkartnining yakka ijrosini biroz sovuq ham qarshi olgan edi.
Shunga qaramay, «Bitlz»ning eng mohir bas gitarachisi Pol Makkartniga bu albom oxir-oqibat shuhrat olib keldi, uni Billboard 200 shohsupasiga ko‘tardi. Tez orada u «oltin albom» maqomini oldi.
Ayni albomga kirgan “Sevikli Linda” qo‘shig‘i
Albomga «The Lovely Linda», «That Would Be Something», «Valentine Day», «Every Night», «Hot as Sun/Glasses», «Junk», «Man We Was Lonely», «Oo You», «Momma Miss America», «Teddy Boy», «Singalong Junk», «Maybe I’m Amazed», «Kreen-Akrore» qo‘shiqlari kirgan.
Qo‘shiq matnlarini Pol Makkartnining o‘zi yozgan va kuyni ham muallifning o‘zi bastalagan.
Pol – «Bitlz» guruhidagi eng ziddiyatli, ekstraordinar fe'l-atvorga ega shaxslardan biri.
Bu uning da'fatan «Bitlz»ni tark etishi, sheriklariga qarshi mahkama da'vosi bilan chiqishi, giyohvandlikka ruju qo‘yishi, o‘ldi degan gap tarqalganidan keyin yana yorqin qo‘shiqlar bilan sahnada paydo bo‘lishida ko‘rinadi.
Biroq bu sifatlar uning qo‘shiqlari jozibasini zarracha so‘ndirmadi.
Eltuz.com